O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi


Download 62.09 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi62.09 Kb.
#1594351
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
monopolistik va oligopolistik bozorlar tushunchasi

Reja


I. Kirish……………………………………………………………………………3


II. Asosiy qism
2.1. Monopoliya bozori tushunchasining mazmun-mohiyati…………….6
2.2. Monopoliyalar paydo bo'lishining sabablari va turlari. ……………13
2.3. Oligopolistik bozor tushunchasi va xususiyatlari. ………………….23
2.4. Oligopoliyaning paydo bo'lishi shartlari va turlari…………………25
III. Xulosa……………………………………………………………………….36
IV. Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari ro’yxati…………………38


Kirish
O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida mulk egalari qo’liga topshirilgan taqdirda, ko’p tarmog’li iqtisodiyot va raqobatchilik muhiti vujudga keladi. Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlarning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bunday shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda mavjud bo’lishi mumkin.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini ham bildiradi. Iqtisodiy sub'ektlarning qulay mavqega ega bo’lish, daromad olishga intilishlari natijasida raqobat kelib chiqadi. Raqobat tarixiy taraqqiyot mahsuli bo’lganligi uchun uning ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari mavjuddir. Raqobatda inson manfaatini aks ettiruvchi barcha xususiyatlar, ya'ni ijtimoiy, siyosiy, huhuqiy, ma'naviy kabi qator boshqa jihatlar asos sifatida yuzaga chiqadi. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr mobaynida o’z-o’zidan, evolyusion yo’l bilan vujudga kelgan.Bunday holat asta-sekin erkin raqobat muhitining tashkil bo’lishiga olib keldi. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi.Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga qaratiladi .
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.” - deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rahbatlantrish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Jumladan, to‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlar tayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy to‘qimachilik komplekslarni rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi zarur.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbolari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olar ekanmiz,biz ichki ehtiyojning o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi,...shundan kelib chiqqan xolda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to‘lashni yanada oshirish xizmat ko‘rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va komunikatsiya loyixalarin amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”.1
Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu mavzu dolzarb
masalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Download 62.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling