56. Milliy davlatchilik –.... ta’rifini ko‘rsating
A)muayyan millatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy qadriyatlariga, manfaatlariga asoslangan, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy rivoji natijasida shakllangan davlatning bir shakli.
B) har bir millat (elat)ning o‘z-o‘zini real sub’ekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarning egasi, yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib etishiga aytiladi.
C) demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurilishida umummilliy, umumxalq manfaati yo‘qlida mamlakatda yashayotgan hamma xalqlarni milliy jipslashtirishi, safarbar qilinishi tushuniladi.
D) muayyan jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixan tarkib topgan o‘ziga xos tafakkur darajasi, ma’naviy solohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati. U milliy an’analarda, rasm-rusumlarda, urf-odatlarda, e’tiqodda gavdalanadi.
57 «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 11 – moddasini ko‘rsating?
A) Murojaat etish huquqidan foydalanayotganda fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab kamsitish taqiqlanadi.
B) fuqarolarning, shaxsiy hayotiga doir, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan boshqa ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
C) Unga ko‘ra kafolat shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarida shaxsning daxlsizligi va himoyasi ta’minlanishi kabi konstitutsiyaviy kafolatning tarkibiy qismidir.
D) fuqaroning shaxsiga doir ma’lumotlarni surishtirib bilishga yo‘l qo‘ymasligi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |