Sho‘rolar zamonida yashirin faoliyat yuritgan diniy saboq olishga qaratilgan hujralar ta‘qibga uchragan. - Sho‘rolar zamonida yashirin faoliyat yuritgan diniy saboq olishga qaratilgan hujralar ta‘qibga uchragan.
- "Bizdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi" qonunimizga ko‘ra noqonuniy tartibda diniy ta‘lim berish ma‘n etilgan. Shunga ko‘ra bunaqa hujralarning faoliyatini qonun bilan taqiqlangan, shuning uchun yo‘q", - deydi O‘tkir Hasanboyev.
- Butun SSSRning islomiy saboq markazi
- O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillarda mamlakatda jome‘ masjidlar soni keskin ko‘paygan, lekin 1999 yilgi Toshkent portlashlaridan keyin ularning soni kamayib ketdi.
- Shunga qaramasdan, hukumat mulozimlari O‘zbekistonda diniy erkinliklar ta‘minlangan, deb aytishadi.
- Sovet Ittifoqi vaqtida ham O‘zbekiston Markaziy Osiyoning diniy savod chiqarish markazi bo‘lib kelgan. Yashirin tashkil qilingan hujralarda Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan toliblar kelib saboq olishgan.
- Hozirda Qozog‘istonda masjidlarning birida bosh imomlik qiluvchi ismi o‘zgartirilgan Abdumutollib aka ham 1990 yillarda Farg‘ona vodiysiga borib hujralarning birida diniy ta‘lim olgan.
- "O‘zbekiston fuqarolari, asosan vodiy tomonlarda iymondan ta‘lim berishni eng asosiy musulmoniy vazifalaridan deb bilishardi. Hozirgi MDH davlatlaridan bolalarni tekin o‘qitishga harakat qilishdi. Odamlar o‘zlarining uylari va hovlilarida bolalarga hujra tashkil qilib dars berishdi", - deydi Abdumutollib aka.
- Bunday hujralardagi saboqlarda mumtoz arab tili va aqida darslari o‘rgatilgan. Hadislar va Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) hamda sahobalarning hayotidan darslar o‘tilgan.
- Garchi Sovet mulozimlari musulmonlarning diniy erkinligi uchun barcha sharoit muhayyo qilinganini ta‘kidlasalar ham, ushbu darslarning barchasi yashirin tarzda tashkil qilingan.
- Sho‘rolar hukumati hali tarqab ketmagan vaqti diniy saboq olgan Abdumutollib aka sovetlarning erkinlik haqidagi gaplarini yolg‘on, deydi.
- "Sovet davrida ruxsat bo‘lmas edi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston diniy idorasiga faqat bir joy - Buxoro shahrida diniy saboqqa ruxsat berishgan. Keyin Toshkent shahrida ochildi. O‘quvchilarni kam qabul qilardi. Ko‘pchilik asosan hujralarda ta‘lim olardi", - deydi Abdumutollib aka.
Do'stlaringiz bilan baham: |