O’zbekistonda dori vositalarini registratsiyasi
Litsenziya talablari va shartlari
Download 0.74 Mb.
|
Abdubanno
Litsenziya talablari va shartlariDori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga, dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga majburiy rioya qilish, shuningdek, farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimiga ulanish va ma’lumotlarni ular muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab kiritish hamda litsenziyalovchi organga har oyning beshinchi kunidan kechiktirmay o‘tgan oy uchun ushbu nizomga 4-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni taqdim etishdori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish bilan shug‘ullangan taqdirda shtatida farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan, shuningdek lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi to‘g‘risida sertifikatga va ish tajribasiga ega bo‘lgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilot omborxonasi mudirining mavjudligi faoliyatni litsenziyada ko‘rsatilgan doirada, shuningdek litsenziya bitimiga muvofiq manzilda (manzillarda) amalga oshirish; faoliyatni litsenziyada ko‘rsatilgan doirada, shuningdek litsenziya bitimiga muvofiq manzilda (manzillarda) amalga oshirish dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullangan taqdirda yuridik shaxs shtatida oliy farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan, shuningdek lavozim majburiyatlariga muvofiq malakasini oshirganligi to‘g‘risida sertifikatga va ish tajribasiga ega bo‘lgan dorixona mudirining mavjudligi Ushbu Nizomning 8-bandi talablariga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha moddiy-texnika baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar va xodimlarning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 11. Litsenziyalovchi organ farmatsevtika faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalashda ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlardan tashqari boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan litsenziya berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni mustaqil ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, jumladan elektron shaklda elektron axborot hamkorligi tizimiga muvofiq oladi. Litsenziya talabgori litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda markazga o‘zi kelgan holda yoki Yagona portal orqali beradi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda Yagona portal orqali elektron shaklda berilganda, ariza litsenziya talabgorining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya talabgori arizada u tomonidan berilgan arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabarnoma olish shaklini ko‘rsatadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling