Litsenziyalar reyestri. - 41. Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimi kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
- 42. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- a) litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- yuridik shaxslar uchun — tashkilotning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tashkiliy huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
- jismoniy shaxslar uchun — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid ma’lumotlari, uy manzili, telefoni;
- b) litsenziyalanadigan farmatsevtika faoliyati yo‘nalishi (uning bir qismi) amalga oshiriladigan manzil, ish telefoni, faks;
- v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
- g) litsenziyalarning amal qilish muddati;
- d) farmatsevtika faoliyatining litsenziyalanadigan yo‘nalishi (uning bir qismi);
- e) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
- j) litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilishining asosi va sanasi;
- z) litsenziyalarni bekor qilishning asosi va sanasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |