O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Xamidov Shukurullo Muqimjon o`g`li (1)
O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 12- SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 19.10.2022 1119 Ammo, xonlikdagi qirg`iz-qipchoqlar Koson va Chust atroflarida qo`zg`olon ko`tardilar va To`raqo`rg`onga hujum qildilar. Ular, hatto Toshkent atroflaridagi qabila boshliqlariga noma yuborib madad berishni so`radilar. Oqibatda Toshkent atrofida qozoqlar qo`zg`olon ko`tarib, Toshkentni qamal qildilar. Xudoyorxon tomonidan yuborilgan qo`shinlar bu isyonlarni bostirishga muvaffaq bo`ldilar. Ammo, mag`lubiyatga uchragan qirg`iz-qipchoq boshliqlari taxt uchun kurashni davom ettirdilar. Xususan, Shodmonxo`ja, Said Mahmudxonto`ra, Aliqulilar Sulton Saidxon boshchiligida Marg`ilon tomondan kelib Andijonni bosib oldilar va uning atroflaridagi Baliqchi, Quva, Asaka, Shahrixon, O`sh, Poytug` mavzelarini talon-taroj qildilar. 1863- yil 26-aprelda Sulton Saidxonning qo`shini Mingtutga kelib, Qo`qonni qamal qildi. Amir Muzaffarning Xudoyorxonga yordami tufayli qirg`iz-qipchoq lashkari Asaka tomonga ketib, Qo`rag`ulcha darasida himoyaga o`tdi. Qattiq kurashlardan so`ng 1863 yilning 24 iyulida Sulton Saidxon Qo`qon taxtini (1863-1865 yillar) egalladi. Xudoyorxon esa yana Buxoroga qochdi. Xonlikdagi ichki nizolar tashqi dushmanlarga nihoyatda qo`l kelgan edi. Bunday vaziyatdan unumli foydalangan chor Rossiyasi qo`shinlari 1864-yilda Turkiston va Chimkentni bosib oldi. 1865-yil bahorida ular Toshkentga yaqinlashib, Niyozbek qal`asini egalladilar. Uzoq qamaldan so`ng 17 iyunda Toshkent egallandi. Qo`qondagi sarosimaliklardan foydalangan Xudoyorxon 1865-yilning yozida amir qo`shinlari yordamida so`ngi marta Qo`qon taxtini qo`lga kiritdi. Shundan so`ng u amirning talablariga boshqa itoat etmay qo`ydi. Xudoyorxon 1867-yil yanvar oyida Rossiya bilan savdo bitimini, 1868-yil 13-fevralda Qo`qon va Rossiya shartnomasini imzoladi. Xudoyorxon 1868-1873 yillar oralig`ida Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash maqsadida Toshkentga ko`plab sovg`a-salomlar yubordi. Shuningdek, Rossiya savdogarlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi. Natijada Qo`qon xonligi amalda Rossiyaning vassaliga aylanib qoldi. Xonlik hududida hukm surgan nisbiy osoyishtalik 1873-yilgacha davom etgan bo`lsa ham, hukmdor, uning yaqinlari va mahalliy hokimlarning jabr-zulmi hamda qirg`iz-qipqoqlarning qayta bosh ko`tarishi natijasida bu yerlarda o`zaro nizolar, xalq chiqishlari boshlandi. Hususan, 1873-yilda Po`latxon (asli ismi Mulla Ishoq Hasan o`g`li) qirg`izlar tomonidan xon qilib ko`tarilib, u boshchiligida qo`zg`olon ko`tarildi. Saroydagi nufuzli amaldorlardan biri Abdurahmon oftobachi Xudoyorxonni taxtdan ag`darish va uning o`g`li Sayid Nasriddinbekni xon taxtiga o`tqazish maqsadida Po`latxon bilan til biriktirdi va O`rdada isyon ko`tardi. Sayid Nasriddinbek Abdurahmon oftobachi ko`magida xon deb (1875-1876 yillar) e`lon qilindi. Xudoyorxon Nasriddinbek foydasiga taxtdan voz kechib, avval, Xo`jandga, undan Toshkentga qochdi. Nasriddinbekning hokimiyat tepasiga kelishi ham mamlakatdagi siyosiy vaziyatning keskinligini bartaraf eta olmadi. Buni tushunib yetgan Abdurahmon oftobachi xonlik aholisini Rossiyaga qarshi kurashga safarbar qilmoqchi bo`ldi. Ammo, ruslarning qattiq qarshiligiga duch kelib Mahram yaqinidagi jangda ulardan yengildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling