O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va


Download 67.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana02.06.2024
Hajmi67.02 Kb.
#1834286
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raxmonjonov Xasanboy Akbarovich



O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
757 
ZAMONAVIY ELEKTR JIXOZLARINI O‘QITISHDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
 
Sh.Sh.Shuxratov
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD., 
Raxmonjonov Xasanboy Akbarovich
Texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs magistranti. 
Farg‘ona davlat universiteti
 
Annotasiya: Ushbu maqolada zamonaviy elektr jihozlari, elektr jihozlarining 
hayotimizda muhimligi, ulardan foydalanish qonun qoidalari, elektr jihozlaridan 
foydalanishda ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish, elektrodrellar to‘g‘risida so‘z 
yuritilgan. 
Kalit so‘z va iboralar: drel, bolgarka, shurupovyort dastgohlar, elektrodvigatel, 
tramvay, traleybus, elektrovoz, elektrokaro, elektromobillar, sinxron, asinxron 
dvigatellar, elektrodrel, perforator, stator, rotor. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim uyg‘onish jarayoni kechmoqda. 
Shuning uchun “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so‘zlari hayotimizda 
o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari 
ruhlantirmoqda. 
Anashunday muhim tarixiy davrda ta’lim ham shahdam qadam bilan 
rivojlanmoqda. Buning yaqqol misoli, erishilayotgan yutuqlar va siyosiy islohotlarda 
ko‘rish mumkin. Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda ilm-fan ham 
rivojlanib, yangiliklar yaratilishi lozimdir va shunday bo‘lmoqda ham. 
Ta’lim sohasida axborot texnologiyalari yordamida ancha yuqori natijalarga 
erishib pedagog ustozlarning ish faoliyati sifatini oshirib bormoqda. Bugungi davrda 
ananaviy darslardan zerikib borayotgan o‘quvchilarni darsga bo‘lgan e’tiborini jalb 
etish qiyin. Buning uchun o‘qituvchi doimiy izlanishda bo‘lishi, kreativ, ijodkor bo‘lishi 
darkor. O‘quvchilar o‘zlari qiziqadigan (SMART doskasi, videoproyektor, kompyuter
telefon va boshqalar) axborot texnologiyalari yordamida o‘tiladigan noananaviy 
darslarga almashtirish yuqori natijalarni beradi. Vaholanki inson o‘zi yoqtirgan 
mashg‘uloti bilan yangiliklar yaratishga, erkin fikrlashga va mustaqil izlanishga 
harakat qiladi. Bu esa kelajakda o‘quvchilarni olim bo‘lib yetishiga yordam beradi. 
Hozirgi zamonda hayotimizni elektr jihozlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har bir 
javhada elektr jihozlari alohida va muhim ro‘l o‘ynaydi. Elektr jihozlarsiz ham yashab 
kelinganku degan savol berilishi mumkin. To‘g‘ri elektr jihozlarsiz qo‘l asbob 
uskunalardan ham foydalanish mumkin. Lekin shiddat bilan rivojlanayotgan 
zamondan ortda qolmaslik uchun u bilan birga harakatlanish, kerak bo‘lsa undan ham 
o‘zib ketish lozim. Elektr jihozlarini qanchalik muhimligini bilish uchun qo‘l asbob 
uskunalari bilan taqqoslab ko‘rib chiqamiz. 



Download 67.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling