O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini yanada takomillashtirish: qiyosiy-huquqiy tahlil
Download 0.51 Mb.
|
mahalla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahallalarni rivojlantirish yo‘nalishlari
- Xorij tajribasini o‘rganish
- Anglo-sakson modeli
- Latviya Respublikasi
- Germaniya Federativ Respublikasi
- Fransiya respublikasi
- D.Anvarova, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas’ul xodimi
ЎЗO‘Z 18:30 / 12.11.2019 1 815 Jamiyat O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini yanada takomillashtirish: qiyosiy-huquqiy tahlil Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha tahlil-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi PF-5700-son Farmoniga muvofiq fuqarolar yig‘inlari organlarida «zamonaviy menejment» tizimini joriy etish hamda ularning faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilash, 2019 yil 7 martdagi PQ-4731-son Qaroriga muvofiq hududlarning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olib, «bir mahalla — bir mahsulot» tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirish nazarda tutilgan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari - shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlaridir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun hujjatlari bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi. Mahallalarni rivojlantirish yo‘nalishlari O‘zbekiston respublikasida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tizimini yanada takomillashtirishdan maqsad – mahalalarning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar yig‘inlari ishini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishdir. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashda quyidagilarni inobatga olinishi muxim: Birinchidan, mahallalarda va oilalarda ijtimoiy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish borasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini rivojlantirish; Ikkinchidan, hududlar infrastukturasini rivojlantirishda avvalo har bir mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolar bandligini ta’minlash, ya’ni dehqon, fermer xo‘jaliklarining va tomorqa yer egalarining faoliyatini, tadbirkorlik, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish; Uchinchidan, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan xorijiy mamlakatlar munitsipal boshqaruv organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni shakllantirish; To‘rtinchidan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish. Xorij tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, aksariyat mamlakatlarda fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati maxsus qonunlar bilan tartibga solinib, har bir munitsipal boshqaruvning o‘z byudjeti shakllantirilgan. Xususan: Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning ikkita asosiy modeli mavjud bo‘lib, ular – Anglo-sakson modeli va Yevropa modeli. Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi davlatlarda keng tarqalgan mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning Anglo-Sakson modeli fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarishning mustaqilligi birinchi navbatda aholi tomonidan boshqarilishi, mahalliy davlat organlari va davlat ma’muriyati vakillarining ishtirok etmasligi bilan ajralib turadi. Mahalliy boshqaruvning asosiy prinsipi - "ijobiy tartibga solish prinsipi" bo‘lib, qonun doirasida va berilgan vakolatlar doirasida mustaqil harakat qilishni bildiradi. Munitsipal boshqaruv organi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning Yevropa modeli Fransiya, Italiya, Ispaniya, Belgiya va Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va fransuz tilida so‘zlashadigan Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning xususiyatlari: mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning mustaqilligi cheklangan, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuqori turuvchi ma’muriy organga bo‘ysungan xolda faoliyat yuritadi. "Nazorat qilish prinsipi" ustunlik qiladi - mahalliy hokimiyat organlari qonunlarda aniq taqiqlanmagan barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar, quyi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini nazorat qilib boradi. Shvetsiyada 290 ta mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv organi bo‘lib kommuna deb nomlanadi. Kommunalar uyushmasi Svenska kommunfurbundet deyiladi. “Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq kommunalar xudud infratuzilmasini shakllantirishda autsorsing xizmatlaridan foydalanishadi. Kommunalarda 18 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishlashi mumkin bo‘lib, xudud infratuzilmasi kommuna byudjeti asosida rivojlantiriladi. Latviya Respublikasida “O‘zini-o‘zi boshqaruv to‘g‘risida” gi Qonun 1994 yilda qabul qilingan bo‘lib, 100-moddasida o‘zini-o‘zi boshqaruv organlarining davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi kelishuv asosida amalga oshirilishi belgilangan. O‘zaro hamkorlik kelishuvida quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) hamkorlik maqsadlari; 2) hamkorlik shakli; 3) umumiy maqsadga erishishda har bir o‘zini o‘zi boshqarish organining moliyaviy va mulkiy ishtiroki; 4) hamkorlik kengashini tuzish va vakolatlarini belgilash; 5) hamkorlik shartnomasini bekor qilish tartibi. Germaniya Federativ Respublikasida o‘zini-o‘zi boshqaruv munitsipal jamoat boshqaruviga asoslanib, 1982 yilda qabul qilingan “Jamoat boshqaruvi to‘g‘risida”gi qonunga asoslanadi. Xududlardagi o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari o‘zaro shartnomalar asosida sohalararo xamkorlik olib borishadi. Fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari o‘z byudjetiga ega bo‘lib hududlariga qarashli yerga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshiradi. Fransiya respublikasida o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari kantonlar 1838 yildan beri mavjud. Kanton aholisi tomonidan 6 yil muddatga saylanadigan umumiy kengashdir. Kantonlar bir necha jamoalarning birlashmalari bo‘lib, ular mahalliy hokimiyatning idoraviy organlarini saylaydigan saylov okruglari hisoblanadi. Har bir kantondan bitta bosh maslahatchi saylanadi. Kantonlarda quyidagi yo‘nalishlar rivojlantirilmoqda: - sotsial sohalarga innovatsiyalarni xalqaro grandlar orqali jalb qilish; - uy-joy qurilishi, kasb-hunar ta’limi, arxiv ishi va sanitariya kabi sohalarni modernizatsiyalashtirish; - hudud ekotizimi tabiiyligini saqlab qolish. Yuqoridagi tahlillarga hamda xorijiy mamlakatlar tajribasiga asoslanib, O‘zbekiston respublikasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni taklif etamiz: - Prezidentning Xalq qabulxonalari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro faoliyat yuritish; - Mamlakatda turizm rivojini jadallashtirish, turistlar oqimini ko‘payishiga erishish maqsadida 20 dan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylariga ega bo‘lgan va sayyohlar uchun kamida 5 turdagi xizmat ko‘rsatuvchi "Turistik mahalla", "Turistik qishloq" yoki "Turistik ovul" maqomidagi maxallalarning milliy-zamonaviy qiyofasini shakllantirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Turistik maxallalarda fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari — turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimini kiritish; - davlat organlari bilan xamkorlikning elektron axborot almashish tizimiga o‘tish; - hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini, hunarmandchilikni rivojlantirishga oid ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish va ularning ijrosini ta’minlashda hamkorlik o‘rnatish. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini yanada takomillashtirishda maxalla fuqarolar yig‘inlari raislari huquqiy maqomini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yig‘ini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun qonunchiligimizga ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi normani kiritish zarur. D.Anvarova, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mas’ul xodimi o‘zini o‘zi boshqarish fuqaro organ “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring Ctrl Enter Xato topdIngizmi? Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Xatcho‘pga qo‘shish Fikrlar (0) Мы в Yoqdi 0 Yoqmadi 0 Boshqa yangiliklar Millat xoinlarini tanib oling! «O‘zbekkonsert»ga murojaat: Bu tuturuqsiz qo‘shiqlarga qachongacha chidash mumkin? Novosibirskdagi shahrixonlik yigit: «Avvaliga uylanish uchun Rossiyada ishladim. Endi oilamni boqish uchun Rossiyadaman» (video) Shahramga Gentra, Xasanboyga televizormi? “Osmonga chiqsang ham xuddi yulduzdek, nega Oxun aytgan qo‘shiqni aytding?” Xonanda bu orqali kimga murojaat qildi? (video) Xalq bankining «Omad kulganda» lotereyasi natijalari 13 fevral kuni e’lon qilinishi haqida xabar berildi Mavzuga oid yangiliklar Hokim mahalla raisining rahbarimi? 15.03.20, Jamiyat Xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi 19.02.20, Jamiyat Prezident farmoni bilan yangi vazirlik tashkil etildi 19.02.20, Jamiyat FHDYOlar Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tadi 18.02.20, Jamiyat Ichki ishlar organlari xalqqa xizmat qiladigan professional tuzilmaga aylantiriladi 11.04.17, Jamiyat O‘zbekistonda qaysi tashkilotda ishlayotgan pensionerlarga pensiyalari to‘liq to‘lanishi ma’lum bo‘ldi 06.02.17, Jamiyat Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling