O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari maxalliy o’zini o’zi boshqarish Savollarga javoblar: O’zbekistonda ko’p partiyaviylikning rivojlanishi
NNTlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni
Download 29.73 Kb.
|
11-Mavzu O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shaklla
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratiyalash jarayoni
4.NNTlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari milliy qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini amalga oshirish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mustahkam huquqiy asos va noyob mexanizm bunda muhim ahamiyat kasb etayotir. Mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatining mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani viloyatda sohani izchil rivojlantirish, NNTlar sonining ko‘payishida muhim omil bo‘lmoqda. 2012-yili viloyatda 286 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 552 taga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi e’lon qilayotgan grant tanlovlari viloyatdagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2011-yil viloyatdagi beshta NNT mazkur tanlovlarda qatnashib, fondning 6 million 800 ming so‘m grant mablag‘ini olgan bo‘lsa, o‘tgan yili yigirmadan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti qariyb 267 million so‘m grant mablag‘ini qo‘lga kiritdi. Bu mablag‘lar, asosan qishloq yoshlarining ekologik bilimi, tibbiy, huquqiy madaniyati, kasb mahoratini yuksaltirishga, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrashga yo‘naltirilmoqda. 5.O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratiyalash jarayoni Demokratik jamiyat qurishga doir islohotlar siyosiy partiyalarning mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini oshirishga yo’naltirilgan. 2004 yil dekabrda bo’ladigan saylovlarda siyosiy partiyalarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko’rsatishning to’la huquqlari berilishi, xalq deputatlari kengashlari - vakillik organlaridan esa bu kabi huquqning olib qo’yilishi partiyalarning jamiyatda tutgan o’rnini yanada yuksak ko’tarishga qaratilgandir. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish omillaridan biri siyosiy maydonda demokratik mamlakatlarga xos bo’lgan partiyaviylik tizimini qaror toptirishdir. Faqat ko’p partiyaviylikka asoslangan ijtimoiy-siyosiy munosabatlar majmuasigina fuqarolik jamiyatini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Har bir mamlakatdagi davlat, hukumat va parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalarning qanday mavqega egaligi, bu jarayonlardagi ishtirokining qanday kechishi, xalqning partiyaviylik tizimi asosida kechgan saylovlardagi faollik darajasi hozirgi davrga kelib demokratiya me'yorlarini belgilab bormoqda. O’zbekistonda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo’lgan siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha huquqiy asoslar Konstitutsiya va qonunlarda o’z ifodasini topdi. Jumladan, «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi qonunda siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko’rsatish printsiplari, partiyaga a'zolik, siyosiy partiya faoliyatining kafolatlari, ustavi, ro’yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha huquqiy maqomlarning mujassamlashgani O’zbekistonda ko’p partiyaviylik tizimini qaror toptirishning kafolatlaridan biriga aylandi. Mazkur qonunlarga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy irodalari shaklanishini ta'minlash uchun erkinlik huquqiga ega bo’ldilar, partiyalarning o’zaro huquqiy tengligi, shuningdek, ularning jamiyat oldidagi mas'uliyati qonunlashtirildi. Shuningdek, respublikada ko’p partiyaviylik tizimi qaror topib, saylovlarni ko’p partiyaviylik asosida o’tkazish oddiy bir demokratik qadriyatga aylandi. Davlat hokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining taklif va istaklarini inobatga olish ham siyosiy hayot tarziga aylanib bormoqda. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroklarini ta'minlash va avj oldirish uchun ham barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Download 29.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling