1-rasm. Ohaktosh tarkibida gil va boshqa qo‘shimchalar qanchalik kam bo‘lsa, ohakning aktivligi shuncha yuqori, so‘nish tez boradi, hamda ohak xamiri ko‘p xosil bo‘ladi. Quruq moddaga hisoblanganda aktiv (CaO-MgO) ning miqdori foiz hisobida: I - nav II - nav III - nav 90 80 70 Bo‘lakli ohakda so‘ndirilmagan zarralar miqdori % miqdorda: 7% 11% 14% Xom ashyo maxsulotlari olinishi - Havoda qotuvchi ohak ishlab chiqarishda tarkibida asosan CaCO3 bo’lgan hamma tabiiy moddalardan foydalanish mumkin. Ohakni nazariy tarkibi 56% CaO va 44% CO2 dan iborat. Ko’pincha zich ohaktosh va bo’r ishlatiladi. Ohaktoshlar ko’pchilik hududlarida uchraganligi uchun bog’lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi
- Ohak ishlab chiqarish texnologik jarayonini quyidagi asosiy qayta ishlovlardan xom ashyo qazish va uni tayyorlash, maydalash yoki so’ndirishdan iborat.
Ohaktosh kuydirish - Ajralib chiqishi CaCO ^ CaO - CO2 reaksiyasi asosida va keyinchalik bo’lakli ohakni qayta ishlash bilan hosil qilinadi. Havoda qotuvchi ohak karbonatli tog’ jinslarini 900-12000C da kuydirish yo’li bilan CO2 ni mumkin qadar to’liq Ohaktoshni shaxta pechlarida (bo’laklar o’lchami 20-80 mm) va aylanma pechlarda (5-40 mm) shuningdek «qaynama» qatlamli qurilmalarda kuydiriladi.
- CaCO3 ning termik parchalanish 900 0C da boshlanadi, xom ashyo xossalari (zichligi - bo’laklar o’lchamlari) hamda pech konstruksiyasiga bog’liq holda zavod korxonalarida kuydirish harorati 1100 - 1200 0C ga teng.
SHAXTALI PECHLAR - Shaxtali pechlar - bu vertikal shaxta ko’rinishdagi yumaloq yoki boshqa shakldagi kesimli ish bajarish joyi bo’lgan pech shaxtali pech deb ataladi (3.1-rasm). Shaxtali pechlar asosan ohak, kamroq sement, magnezit, dolomit olish uchun qo’llaniladi. Shaxtali pechlar qattiq, suyuq va gazsimon yonilg’ilarda ishlaydi.
- Qattiq yonilg’i xom-ashyo bilan birga pechning yuklash qurilmasidan, suyuq va gazsimon yonilg’ilar pechning pastki qismidan pechga kiritiladi
- Xom-ashyoni pishirishning asosiy jarayoni pechning tanasi 2-da amalga oshadi.
- Yukni ortish va tushirish yuk ortuvchi 3 va yuk tushiruvchi 4 qurilmalar orqali amalga oshiriladi.
- Xom ashyo va qattiq yonilg’i pechning yuqori qismidan uzatiladi, gazsimon yonilg’ini uzatish uchun maxsus gorelkalar pechning pastki qismida o’rnatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |