O‘zbekistonda havoiy ohak ishlab chiqarish tekshirdi: dots. To’raqulov b bajardi: jumanova d


Download 0.73 Mb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1614105
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JUMANOVA D. MUSTAQIL ISH

O‘ZBEKISTONDA HAVOIY OHAK ISHLAB CHIQARISH

TEKSHIRDI: DOTS. TO’RAQULOV B

BAJARDI: JUMANOVA D

REJA:


1. HAVOIY OHAK. XOM ASHYOSI, ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
2. GIDRAVLIK OHAK. XOM ASHYOSI, ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
3. OHAK TASNIFI.

Havoyi ohak

  • Ohak (gips kabi) - qadimiy bog‘lovchi moddalar. Uning bizning eramizdan qadar bir necha ming yillar burun qo‘llaganlar. havoda qotuvchi ohak kalsiyli - magniyli karbonat tog‘ jinslarini mo‘tadil kuydirish natijasida hosil bo‘lgan maxsulot.
  • Xom ashyo sifatida: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh, tarkibida 6% dan ortiq tuproq bo‘lmagan tog‘ jinslari xizmat qiladi. Agar 6% dan ortiq tuproq bo‘lsa kuydirilgan maxsulot suvda qotishi xususiyatiga ega bo‘lib, suvda qotuvchi gidravlik ohak deb ataladi.
  • Aktiv mineral qo‘shilmalar sifatida tabiiy yoki sun’iy xosil bo‘lgan nordon (kislotali) qo‘shilmalar: trepel, opoka, tuf, pemza, shlak, kul va boshqalar kiritiladi.
  • Havoda qotuvchi ohak keyingi kuydirilgan maxsulot xususiyatiga bog‘liq xolda so‘ndirilmagan (bo‘lakli va tuyilgan) va so‘ndirilgan gidratli (kukun ohak va ohakli xamiri)ga bo‘linadi. So‘ndirilmagan ohak ayrim xollarda qaynama ohak ham deb yuritiladi. U kalsiy oksidi CaO, so‘ndirilgan ohak Ca(OH)2 dan iborat. Ohak xamiri Ca(OH)2 bilan bir qator tarkibida birmuncha miqdorda mexanik aralashgan suv ham bo‘ladi.
  • So‘ndirilmagan bo‘lakli ohak — kuydirilgan bo‘lakli ohakni ifoda etadi. U asosan tarkibida ohak bo‘laklari va yongan yonilg‘i kullari aralashmalaridan iborat bo‘ladi. So‘ndirilmagan to‘yingan ohak - bo‘lakli ohakni tuyish bilan olingan kukunsimon maxsuloti. Gidratli ohak - yuqori dispersli kukunsimon maxsulot uni bo‘lakli yoki maydalangan ohakni so‘ndirib, quritish yo‘li bilan olinadi. Ohak xamiri tuyilgan yoki bo‘lakli ohakni so‘ndirilgan xamirsimon maxsuloti.
  • Tarkibi Mg(OH)2, Ca(OH)2 - 50-55% dan ortiq mexanik bog‘langan suv 50-45% dan iborat. So‘ndirish paytida ajralib chiqayotgan ohak haroratga qarab quyi termik (harorati 700S past) va yuqori termik (harorati 700S dan yuqori) bo‘ladi. So‘ndirish tezligiga qarab esa ohak tez sinuvchan (8 minutgacha) sekin so‘nuvchi (15 minutdan ko‘p) o‘rtacha so‘nuvchi 15 minutdan ko‘p bo‘lmaganlariga bo‘linadi.
  • Ohakning eng muhim sifat belgilari: aktivlik -so‘ndirilishiga moyil bo‘lgan CaO, Mg oksidlarning foiz miQdori; so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori, (o‘ta kuygan, chala kuygan) so‘nish vaqti.
  • Havoda qotuvchi ohak asosidagi qurilish qorishmalarining mustahkamligi past. Havoda qotgan ohakli qorishmalar 25 sutkada havoda qotgandan keyin siqilishga bo‘lgan mustahkamligi: so‘ndirilgan ohakniki 0,5-1 MPa, tuyilgan so‘ndirilmagan ohakniki 5MPa. SHuning uchun havoda qotuvchi ohakning navi mustaxkamligiga qarab emas, balki uning tarkibi xususiyati bo‘yicha aniqlanadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling