O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi


Ijtimoiy pedagogikaning yurtimizdagi rivojlanish tarixi


Download 110.89 Kb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi110.89 Kb.
#254657
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5364266139541048156

Ijtimoiy pedagogikaning yurtimizdagi rivojlanish tarixi

  • Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi, qadimgi zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shaklllanishida madaniyat va dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Shark uyg‘onish davri (9 –11asrlar) komusiy olimlari Abu Nasr al Forobiy (873 –1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani ayni go‘daklik chog‘idanok tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga tabiat atrof-muhitning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. 15 –16 asrlarda Markaziy Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan qarab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bo‘lar qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 –1492), Jaloliddin Davoniy( 1427 –1502), Alisher Navoiy (1441 –1501), xusayn Boiz Koshifiy (1440 –1505) o‘z asarlarida inson akli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida axloqiy hislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy kadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi buyuk alloma, musiqachi, davlat arbobi Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga kuvonch, ham baxt keltiruvchi mukaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o‘z farzandigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart deb yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar Maxmudxuja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar kori Abdurashidxonov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir Shako‘riy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi XX asrning 20-30 yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shakuriy, M.Qori Abdurashidxonov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensov, N.P.Arxongelskiy, O,Sharofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashqil etgan maktablar shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy nomidagi Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar. Birok O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalgi yangi ittifok sovet pedagogikasi va o‘sha davr pedagogikasi o‘rtasida ajralish yuzaga keldi. Uzok yillar mobaynida o‘zbek marifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to‘plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior tarqalgandi “Olam zo‘ravonlikdir, biz uni ildizi bilan qo‘paramiz”.

Download 110.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling