O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi Yarmatova Sanobar Xamrayeva Umida 204 guruh talabalari O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi Reja: 1.O’zbekistonda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari 2.Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari 3.Ijtimoiy pedagogikaning yurtimizda rivojlanish tarixi O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. - Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istiqbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashviqot ishlarining ko‘lamini kengaytiradi,o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormoqda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish extiyojini qondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chuqur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |