O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati
Download 31.83 Kb.
|
1 2
Bog'liqМАДИНА ТАРИХ
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO‘LIM TEXNOLOGIK TA’LIM yo‘nalishi 1-bosqich 22.26-guruh talabasi Burxonova Madinananing O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Farg‘ona - 2023
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish II BOB. 2.1. Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. 2.2. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. Хулоса. Фойдаланилган адабиётлар Huquqiy-demokratik davlatning asosiy belgisi — bu, albatta, fuqarolarning qonun oldida tengligi, jamiyat hayotida qonunlar ustuvorligini ta’minlashdan iborat. Konstitutsiya barcha qonunlarning asosi sifatida yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yangilanish va demokratlashtirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro “El Vista” tadqiqotlar markazi tahlili natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha Yaponiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Italiyadan so‘ng 6-o‘rinni egallagani bejiz emas. Zero, azaldan xalqimiz jamiyat ravnaqi, el-yurt rivoji yo‘lida xizmat qilgan nuroniy otaxonu onaxonlarimizni qadrlab, hurmatini joyiga qo‘yishga odatlangan. Mehr-e’tibor, e’zoz topgan, ardoqlangan inson esa uzoq umr ko‘rishi tabiiydir. Ayni paytda qadriyat darajasiga ko‘tarilgan ushbu an’analar Asosiy Qonunimizda ham huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning 66-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishiga oid meyor mavjudligi buning tasdig‘idir. Inson borki, millati, yoshi, e’tiqodidan qat’i nazar, o‘z baxtini, avvalo, oilasi, yaqinlarining tinchligi, salomatligi, xavfsizligi bilan bog‘laydi. Oilaning mustahkamligi, barqarorligi esa jamiyat, davlatning taraqqiyotini belgilaydi. Shu bois Konstitutsiyamizda, u asosida qabul qilingan boshqa qonun va qonunosti hujjatlarida ham oila, inson huquq hamda manfaatlari oliy qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Download 31.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling