O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati


KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT KONSEPSIYASINING SHAKLLANISHI, BOSQICHLARI VA RIVOJLANTIRILISHI


Download 31.83 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi31.83 Kb.
#1496724
1   2
Bog'liq
МАДИНА ТАРИХ

KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT KONSEPSIYASINING SHAKLLANISHI, BOSQICHLARI VA RIVOJLANTIRILISHI.
Asosiy Qonunimiz jamiyat hamda davlat, qolaversa, har bir inson, har qaysi oila hayotida muhim o‘rin tutadi. Vaholonki, hech bir davlatda hech qaysi fuqaro o‘z hayotini, kundalik turmush tarzi va kelajagini Konstitutsiya hamda qonunlarsiz tasavvur qilolmaydi. Konstitutsiyamizda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilaga alohida bob ajratilishi, har bir oila jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga egaligi kafolatlangani, onalik hamda bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishiga oid meyor qayd etilgani bolajon, bag‘rikeng va oilaparvar xalqimizda faxr hissini uyg‘otadi. Mazkur normalar xorijlik ekspertlar tomonidan ham yuksak e’tirof etilayotir. Uni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos jihati, o‘zbekona qadriyatlarning qonunchilikdagi ifodasi sifatida baholamoqdalar. Zero, ona hamda bola salomatligi, keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oilalar barqarorligini ta’minlash istiqlolning dastlabki yillaridayoq belgilangan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”da mavjud besh tamoyilning biri — kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning amaliy ifodasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda bunday oqilona siyosatning amalga oshirilishi natijasida aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi yuksaldi, turmush sharoitlari, salomatlik ko‘rsatkichlari yaxshilandi. Muhimi, Konstitutsiyamizda belgilangan qoida va tamoyillarning ijrosi, huquqiy asoslarimizning milliy urf-odatlarimiz, an’ana hamda qadriyatlarimiz bilan mushtarakligi ta’minlandi. Kattaga hurmat, kichikka izzat tushunchalari asosida farzandlarini tarbiyalayotgan yurtdoshlarimizning istak-xohishi davlatimiz rahbari tomonidan 2015 yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan Davlat dasturida nuroniylar hayot darajasi hamda sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish maqsadi ustuvor ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, Davlat dasturi ijrosi doirasida urush hamda mehnat fronti faxriylari, shuningdek, yolg‘iz va ijtimoiy ko‘makka muhtoj qariyalarning yashash sharoitlari yaxshilandi, kommunal xizmatlar bo‘yicha 2,6 milliard so‘mlik kompensatsiya to‘lovlari to‘landi. Umuman, joriy yil boshidan buyon unda belgilangan, keksalarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manba hisobidan 2 trillion so‘mlikdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgani nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak e’tirof etilmoqda.
Dunyoda shunday davlatlar borki, ularda hatto oy-kuni yaqinlashib qolgan ayollarga ham sug‘urta to‘lovisiz tibbiy xizmat ko‘rsatilmaydi. Har qanday tibbiy, huquqiy yordam moddiy vosita orqali amalga oshiriladi. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritilayotgan yurtimizda har bir insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlab qo‘yilgan. Nafaqat bolalar va homiladorlarga yoki shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda, balki sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inlarida hamda bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda, qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy yordam davlat tomonidan bepul ko‘rsatiladi. Bu boradagi islohotlar haqida so‘z yuritilganida, keyingi yillarda mamlakatimiz davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilayotganini alohida qayd etish o‘rinlidir.
2.Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi
Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari milliy modelining eng muhim prinsipi hisoblanadi. U keng doiradagi masalalarni, jumladan aholi daromadlarini tartibga solish, bandlikni ta’minlash va yangi mehnat munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy himoya va aholining ayrim toifalari va guruhlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim masalalarini o‘z ichiga oladi. Muhtojlarga moddiy va tashkiliy yordam berish, Pensiya ta’minoti tizimi, byudjet mexanizmi va davlat kafolatlari orqali talabalarni, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoyani ta’minlash mexanizmlariga kiradi. O‘zbekistonda yetim bolalar, ota-ona qaramog‘isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi PQ–3268- sonli «Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, valyuta siyosatini erkinlashtirish yo‘llarini yumshatish chora-tadbirlaridan biri sifatida nazarda tutilgan. Shu bilan birga, aholining muhtoj qatlamlariga manzilli ijtimoiy yordam berishga ehtiyoj saqlanib qolmoqda.
Yaqin o‘n yillikda, eng avvalo, sog‘liqni saqlashda, ijtimoiy ta’minotda va bandlikni himoya qilish sohasida sug‘urta prinsiplari va mexanizmlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish chora-tadbirlari, «Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilish dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi. Tibbiy sug‘urta sog‘liqni asrashda aholi manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish shakli hisoblanadi va bugungi kunda ixtiyoriy sanaladi va bu sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi shaxs o‘rtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Tibbiy sug‘urtaning ixtiyoriy tizimi o‘tkir, surunkali kasalliklarga va boshqa kasalliklarga chalinganda xodimning O‘zbekiston Respublikasining eng yaxshi klinikalarida maslahat olish, davolanish va boshqa yordam olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplashi kerak. O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta hali kuchga kirmagan va ishlab chiqish bosqichida turibdi. taklif etilgan bu va boshqa tavsiyalar O‘zbekistonda kam ta’minlanganlikni 2030 yilga kelib 9 foizga kamaytirish doimiy ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Bu esa inson kapitali, va umuman, iqtisodiyotning rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Kuchli ijtimoiy siyosat olib borish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari milliy modelining eng muhim prinsipi hisoblanadi. U keng doiradagi masalalarni, jumladan aholi daromadlarini tartibga solish, bandlikni ta’minlash va yangi mehnat munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy himoya va aholining ayrim toifalari va guruhlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim masalalarini o‘z ichiga oladi. Muhtojlarga moddiy va tashkiliy yordam berish, Pensiya ta’minoti tizimi, byudjet mexanizmi va davlat kafolatlari orqali talabalarni, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoyani ta’minlash mexanizmlariga kiradi. O‘zbekistonda yetim bolalar, ota-ona qaramog‘isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi PQ–3268- sonli «Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash valyuta siyosatini erkinlashtirish yo‘llarini yumshatish chora-tadbirlaridan biri sifatida nazarda tutilgan. Shu bilan birga, aholining muhtoj qatlamlariga manzilli ijtimoiy yordam berishga ehtiyoj saqlanib qolmoqda. Istiqbolda kam ta’minlanganlik darajasini kamaytirishni aholining turli qatlamlari orasida daromadlar bo‘yicha notenglikni kamaytirish bilan birga olib borish kerak, bu esa barqaror taraqqiyot prinsiplari nuqtai nazaridan qonuniy hisoblanadi. Yuqorida taklif etilgan bu va boshqa tavsiyalar O‘zbekistonda kam ta’minlanganlikni 2030 yilga kelib 9 foizga kamaytirish doimiy ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Bu esa inson kapitali, va umuman, iqtisodiyotning rivojlanishiga ko‘maklashadi.
3.Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish
Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiY. stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori mikdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Farmoni asosida muntazam oshirib boriladi.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.

2016 yil - «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi.


Davlat dasturida belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 millionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ana shunday ishlar qatorida 700 ming nafar bola pnevmokok infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi .


Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi izchil islohotlar tufayli «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi umummilliy harakatga aylandi. Shu boradagi ishlar izchil amalga oshirilayotgani tufayli keyingi besh yilda mamlakatimizda har 100 ming chaqaloqqa nisbatan onalar o‘limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‘limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishdi. Nufuzli xalqaro institutlarning e’tirof etishicha, Uzbekiston dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mamlakatimiz xotin- qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, xalqaro ayollar harakati hamda boshqa nufuzli tuzilmalar bilan keng hamkorlik qilib kelmoqda. Uzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991 yilda tashkil topgan mazkur tashkilot oxirgi yillarda xalqaro maydonda o‘z obro‘-e’tiborini kuchaytirdi. Ayniqsa, Birinchi Prezidentimizning 2004 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qo‘mita tizimining yana bir bosqich ko‘tarilishiga asos bo‘ldi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, oila, onalik hamda bolalikni muhofaza qilishda Uzbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, o‘nlab qonunlar, saksonga yaqin farmon va qarorlar, davlat dasturlari huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunonchi, Asosiy Qonunimizning 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi belgilab qo‘yilgani ularning davlat hamda jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, yurtimiz ravnaqi yo‘lida bor salohiyat va imkoniyatlarini ishga solib, mehnat qilishlariga sharoit yaratmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimiz sohaga oid turli konvensiya, bitim hamda shartnomalarga qo‘shilgan.
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faolligini yangi bir pog‘onaga ko‘tarish maqsadida 2004 yili O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotin- qizlar uchun 30 foizli kvota joriy etildi.
Ayollarning 13 nafariga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, 64 nafariga «Nihol» mukofoti berilgan bo‘lsa, ular Konstitutsiyaviy sud tizimida 20 foizni, Oliy sud sohasida 14,6 foizni, ishlab chiqarish tizimida 42,8 foizni, qishloq xo‘jaligida qariyb 43 foizni, ta’lim, madaniyat va ilm-fan sohasida 72,9 foizni, sog‘liqni saqlash tizimida 75,3 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, xotin-qizlar tomonidan 300 dan ortiq doktorlik, 3 mingga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 4 martda, Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasidagi mamlakatimizning yetakchi xotin-qizlar vakillari bilan uchrashib, ularni, butun yurtimiz ayollarini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda mustaqillik yo‘llarida xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, bu boradagi dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtab o‘tdi. Prezidentimizning O’zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qarori bu yo‘ldagi katta amaliy qadam bo‘ldi.
Shu bilan birga «Republikamizda jadal sur’atlar bilan zamonaviy yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil qilinmoqda. Jumladan, Qamchiq dovonidan o‘tadigan, noyob tog‘ tunelini o‘z ichiga olgan Angren - Pop temir yo‘l tarmog‘i, Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li qurildi. Toshkentdan Samarqand, Qarshi va Buxoroga yo‘lovchi tashiydigan yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovi ochildi. Xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro logistika markazi tashkil qilindi va Uzbekiston milliy avtomagistrali barpo etildi».
Erishilgan yutuqlar bilan birga aholining o‘sib borayotgan talab-ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, ularning samarali ishlashi hamda hayoti uchun munosib sharoitlar yaratish xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim zaruriyatga aylanmoqda va bu O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu ustuvor vazifalarni hal etish bo‘yicha «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirishga oid Davlat dasturida kompleks tadbirlar ishlab chiqilgan. Ularga ko‘ra, 2017 yilda aholiga qishloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida 15000 ta arzon uy-joy quriladi. Buning uchun davlat byudjeti va aholining mablag‘lari hamda tijorat banklar kreditlari hisobidan 2121526,6 million so‘m sarflanadi. Shundan 350000 million so‘mi davlat byudjeti, 1292575,1 million so‘mi bank kreditlari va 478951,5 million so‘mi aholining badal mablag‘lari hisoblanadi.
Shuningdek, 2017 yil davomida qishloq joylarda namunaviy uy-joy massivlariga 415,3 kilometr elektr va 316,9 kilometr tabiiy gaz tarmoqlari, 291 kilometr ichki yo‘llar qamda 134 ta bozor infratuzilma ob’ekti quriladi.
Shaharlarda esa joriy yilda aholining hayoti darajasi va sifatini yaxshilash uchun namunaviy loyihalar asosida 191 ta arzon va qulay ko‘p qavatli uy quriladi va buning uchun aqoli badal mablag‘- lari va banklarning 897100 million so‘m kreditlari sarflanadi.
Shu bilan 8121 ta oila arzon uy-joylar bilan ta’minlanib, aqoliga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiladi.
Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag‘lar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan xarajatlar hajmi mamlakatimiz YaIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, kapital rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jihozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak e’tibor qaratilmoqda.

Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish


Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.
Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli davom etmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini har tomonlama qo‘llab quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.
Bugun ilm-fanga qaratilayotgan e’tibor ham uzoqni ko‘ra bilish, yorug‘ kelajak sari tashlangan qadamdir.
Jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish» deb nomlangan alohida band (4.5-band)da aks ettirildi va ijtimoiy sohani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan birining tarkibida o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoevning tashabbusi bilan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb atalgan 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida jiddiy ishlar qilinishi - 25 ta topshiriqning bajarilishi aniq qilib belgilab qo‘yildi.
Ma’lumki, 2016 yilning 14 sentabrida O‘zbekiston Respublikasining 33 moddadan iborat «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘RQ-406-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi 429-XP-son Qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Qonunlarni qabul qilish masalaning bir jihati bo‘lsa, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish uning boshqa bir jihatidir. Shu o‘rinda «yoshlarga oid davlat siyosati» tushunchasi nimani anglatishini bilib olishimiz lozim. Yoshlarga oid davlat siyosati deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart- sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 6-moddasining 1-qismida «yoshlarga oid davlat siyosati davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin»,deb belgilab qo‘yilgan. Usha moddaning ikkinchi qismida «Davlat dasturlari, hududiy va boshqa dasturlar yoshlarni ijtimoiy kullab-kuvvatlash, yosh fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy xukukdari, erkinliklari va qonuniymanfaatlarinihimoya qilshi varo‘yobga chiqarishii ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularningo‘rni va faolligini oshirish, soglom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi»,deyiladi. Shundan kelib chiqib, 2017 yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi qo‘yildi.
Mazkur dasturning ijrosi bo‘yicha davlat hokimiyati mahalliy organlarining mutasaddi xodimlari Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi ijrosini joylarda sifatli ta’minlashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladigan davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazadi. Bunday ishlarni butun yil davomida amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Yoshlarni tarbiyalashdagi muhim 5 ta tashabbus:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020 yil 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo‘ladi. Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Ana shu ezgu g‘oya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Mazkur hududdagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va san’at maktablari cholg‘u asboblari, sport ob’ektlari jihozlar bilan ta’minlandi.
Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Ma’rifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazi, 312 ta musiqa va san’at maktabiga atigi 130 ming nafar o‘g‘il-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati o‘quv qo‘llanmalari, notalar to‘plami, musiqa asboblari va jihozlar bilan yetarli darajada ta’minlanmagani qayd etildi.Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini o‘rganib, faoliyatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.
Atoqli san’atkor va iste’dodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga ko‘makchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olib, bu tajribani butun mamlakatga yoyish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, o‘sha joylarda madaniyat va san’atni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.
Musiqa va san’at sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi.
Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, yurtimizda 12 mingdan ziyod sport inshooti borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumta’lim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 56 foizni tashkil etgani holda, Surxondaryo viloyatida atigi 12 foiz, Xorazmda 14 va Qoraqalpog‘istonda 15 foiz, xolos.
Yig‘ilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini o‘rganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar manbasini aniqlash vazifasi yuklatildi.
Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun’iy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari barpo etish uchun yer ajratish zarurligi ta’kidlandi. Bunday tadbirkorlarga Milliybank tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Joylardagi sport maktablariga taniqli xalqaro musobaqalar g‘oliblarini rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi bo‘limlarida maqsadli o‘qitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari sonini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Videoselektor yig‘ilishida yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha shaharlarda va tumanlar markazida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar shakllantiriladi, “startap” loyihalarga yordam ko‘rsatiladi.
Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari bo‘lishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter o‘yinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Yoshlarda bolalik chog‘idan kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin bo‘ladi. Lekin ko‘plab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi kutubxonalar o‘rnida tashkil etilgan Axborot-resurs markazlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi.
Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qo‘shimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Keyingi besh yilda mamlakatimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va bu davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassam. Barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz: majburiy mehnatga chek qo‘yildi, aholi murojaatlari bilan ishlovchi samarali tizim yaratildi, odamlarni uy-joy bilan ta’minlash borasida salmoqli ishlar qilindi, talay qishloq va mahallalarda yashash sharoiti yaxshilandi, ishsizlik kamaytirildi, bir qancha sohalar vakillarining maoshi oshirildi... Ijobiy o‘zgarishlarni yana uzoq sanash mumkin. Eng muhimi, O’zbekiston tarixida ijtimoiy soha bo‘yicha hech qachon bo‘lmagan bunday ko‘lamdor yangilanishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi. 
Фойдаланилган адабиётлар:


Download 31.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling