O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar


ma'muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy qilish


Download 286.61 Kb.
bet3/3
Sana06.04.2023
Hajmi286.61 Kb.
#1333884
1   2   3
Bog'liq
O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar

  • ma'muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy qilish.
  • Ikkinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan quyidagi masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi:

    • rivojlanish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligi va rolini oshirish;
    • maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial yangi tizimini joriy qilish;
    • xalqaro amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan, shu jumladan, sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing kabi ishni tashkil etishning zamonaviy uslublaridan foydalanish;
    • rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishda jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakllarini joriy etish.

    Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda quyidagilar rejalashtirilmoqda:

    • xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishni cheklash va amaldagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish;
    • iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;
    • ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;
    • ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish

    . O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishning yangi bosqichga ko’tarilishi

    • hokimiyat barcha tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash;
    • nodavlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish

    O’zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat boshqaruvini, jamiyat xayotini demokratlashtirish yo’lini tutdi. Lekin barcha sohalardagi islohotlar kabi, bu borada ham Birinchi prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini, shart-sharoitlari, tarixiy an’analari va xalqimiz mentalitetini xisobga olish lozim, degan ishonchdan kelib chiqdi. Jamiyat rivojlanishining, axoli ongi, tafakkuri o’sishining darajasiga mos holda demokratlashtirish jarayonini bosqichma- bosqich o’tkazish g’oyasini ilgari surdi. Demokratiya-xalq hokimiyati. U yetuk holda birdaniga qaror topib qolmaydi. Bunga davlat va jamiyat xam, axoli va aloxida fuqarolar xam tayor bo’lishi lozim.
    1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bu jarayonga qonuniy yo’nalish berdi va uning huquqiy asoslarini, kafolatlarini yaratdi. Demokratlashtirish mamlakatimiz rivojlanishining konstitusiyaviy talabiga, me’yoriga aylandi.
    2010-yil 12-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatning qo’shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o’ta dolzarb axamiyatga ega bo’lgan muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.
    Ma’ruzada ta’kidlab o’tilganidek, o’tgan vaqt mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohatlar juda muhim bir maqsadga,ya’ni hokimiyatlar bo’linishi konstitusiyaviy prinsipini xayotga tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakillantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakilatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha goyat dolzarb chora-tadbirlarni ko’rishga qaratilgan edi.
    Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” (1999- yil.) asari mamlakatimizning yangi asrdagi taraqqiyoti uchun 6 ta ustuvor yo’nalishni belgilab berar ekan, avvalo siyosiy, iqtisodiy xayotni, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni birinchi ustuvor vazifa qilib quyilgan edi. Bunda siyosiy sohani erkinlashtirish bilan birga davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakillantirishda asosiy e’tibor kutidagi masalalarga qaratilgan edi.
    Xizmatlar ko’rsatilayotgan shaxslarda mijozning ijtimoiy ishchi bilan o’zaro ijtimoiy munosabatlarini tadqiq etishning bir usuli sifatida murakkablashib boruvchi tahlil usulini qo’llagan holda mijozlilikning xissiy imkoniyatlari va ijtimoiy-psixologik mohiyati haqida tasavvurlarini rivojlantirish mumkin. Bunda intervyuni shunday shakllantirish kerakki, toki uni yordamida mijozlilikning ekzistensional fenomeni haqida ma’lumot olish hamda maslahat berish, terapiya va kasbiy yordam amaliyotidagi salbiy va ijobiy tajribani tahlil qila olish imkoni bo’lsin. Mijozlilikning dastlabki tushunchasi bilan cheklangan holda mazkur hodisaning ijtimoiy tavsifiga alohida e’tibor qaratamiz. Bir tomondan ko’pgina man’anaviy qadriyatlarning buzilishiga olib kelgan sobiq Sovet hududi jamiyatining global ijtimoiy-iqtisodiy krizisi ishsiz, uysiz insonlar, qochoqlar sonining ortishiga olib kelmoqda. Bu o’z o’rnida oilaning kabi boshqa ijtimoiy institutlar barqarorligining buzilishiga va insonlar ruhiy hamda somatik sog‘lig‘i buzilishining ortishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Shu asnoda butun bir ijtimoiy guruh va mamlakatlarni ijtimoiy ish mijozi toifasiga kiritib qo’ymoqda. Boshqa tomondan esa ijtimoiy qadriyatlarning insonparvarlashuvi jamiyatdagi har bir insonning turli xil ijtimoiy va individual ehtiyojlarining qondirilishiga yo’naltirilgan xizmatlarning rivojlanishiga olib keladi. Shunday qilib, ijtimoiy ishda mijozlilk tushunchasini belgilash uchun mazkur tushunchaning ikki darajada rivojlanishi jarayonini tushunmoq zarur.
    Download 286.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling