O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan


Download 9.21 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi9.21 Kb.
#1500842
Bog'liq
tarix 1


O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan
o’zgarishlar mazmun va mohiyati
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining muvofiqlashtirilgan va kelishilgan faoliyatini ta’minlash mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi bosqichida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, davlat organlari ayrim rahbarlari tomonidan boshqaruvga oid qarorlar qabul qilishda mas’uliyatni zimmasiga olmaslik yoki vakolat doirasidan tashqariga chiquvchi, ko‘pincha amaldagi qonunhujjatlari normalariga zid qarorlar qabul qilish holatlarining saqlanib qolishi ko‘zlangan islohotlarning to‘liqamalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmoqda.Yuzaga kelgan holat ishonib topshirilgan sohada aniq natijalarga erishish uchun vazifalar, vakolatlarva javobgarlikni aniq belgilash, boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilishda davlat organlarining to‘liq mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, yuqori turuvchi tuzilmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatiga asossiz aralashuviga chek qo‘yish zaruratini taqozo etadi. Huquqiy tartibga solishning tizimliligi va barqarorligini, davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda sud-huquq sohalarini isloh qilish bo‘yicha qonun hujjatlari normalarining bir xil qo‘llanilishini ta’minlash, ekspert-huquqiy ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi uchun barcha darajadagi rahbarlarning harakatlarini birlashtirish va shaxsiy mas’uliyatini oshirish maqsadida:1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish.
O’zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirilayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir davrda ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor qaratilmoqda. o’zbekistonnning o’z tiklanish va taraqqiy etish yo’liga asoslangan tamoyillardan biri ham bu kuchli ijtimoiy siyosatdir. Kuchli ijtimoiy siyosat deganda “o’zbekistonning har bir fuqarosi millati, dini va e’tiqodidan qat’iy nazar shaxs sifatida shakllanishi, o’z qobiliyatini namoyon etishi, hayotini yanada farovon, munosib, ma’naviy boyroq qilishi uchun”1 zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha ijtimoiy kafolat va choralarning ta’minlanishi tushuniladi. Fuqarolarga natijali ijtimoiy ko’makni ko’rsatish imkonini beruvchi aholini ijtimoiy himoyalash tizimining vujudga kelishi ushbu yillardagi ijtimoiy siyosatning tabiiy yutuqlaridan bo’lib hisoblanadi. Mustaqillik yillari mobaynida mavjud real iqtisodiy va demografik vaziyatni inobatga olgan holda bozor iqtisodiyoti sari bosqichma bosqich o’tish asnosida aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratildi. Dastlabgi bosqichlarida bu barcha aholini ijtimoiy himoyalanishini ta’minlovchi yo’li bo’lib, u o’z o’rnida insonlar hayoti darajasining keskin ravishda tushib ketishini oldini olish, mamlakatda turĝunlikni saqlab qolish imkoniyatini berdi. Islohotlarning chuqurlashib borishi barobarida aholiga manzilli yordam ko’rsatilishiga katta e’tibor qaratildi. Barcha nafaqa va yordam trurlari oilalarga berila boshlandi, bunda asosiy e’tibor kam ta’minlangan oilalar, qariyalar va bolalarga qaratildi. Aholining turli qatlamlariga differensial yondashish zamonaviy ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tomonlaridan biridir. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanishining zamonaviy bosqichi barqaror iqtisodiy o’sish, aholi hayoti tarzining sifat jihatidan yaxshilanilishiga asoslangan.
Download 9.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling