“O„zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli”


Ta‟lim tizimini tartibga solish maqsadida kadrlar tayyorlash


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/51
Sana14.10.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1703713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
Bog'liq
ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli

 
1.2. Ta‟lim tizimini tartibga solish maqsadida kadrlar tayyorlash 
milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari 
YUrtboshimiz olg‗a surgan O‗zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
beshta tamoyili asosida, ularning barida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga 
oshirish belgilangan bo‗lib, milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-
bosqich amalga oshiriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini mazkur prinsipga 
asosan, uch bosqichda amalga oshirish mo‗ljallangan. Har bir bosqichning o‗z 
oldiga qo‗ygan aniq vazifalari bor. Ularning sifatli bajarilishi keyingi 
bosqichning muvaffaqiyatiga sabab bo‗ladi. 
O‗tish davrini o‗ziga qamrab olgan mazkur birinchi bosqich 1997-2001 
yillarni o‗z ichiga oladi. Milliy dastur qabul qilinganidan keyin o‗tgan davr 
mobaynida unda belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etish borasida muayyan 
ishlar amalga oshirildi ham. Jumladan, ta‘lim boshqaruvchi organlari, o‗quv 
muassasalari 
rahbarlari 
va xodimlarining 
e‘tibori ta‘lim 
mazmunini 
takomillashtirishga hamda yangi, ilg‗or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga 
qaratildi.
Birinchi bosqichda kunduzgi umum ta‘lim maktablari asosida 2 o‗quv 
yilini o‗zida 600 yaqin litseylar vujudga keldi va umumiy o‗quvchilar soni 165 
ming talabaga etdi. 
Bundan tashqari yangi tizimning huquqiy asoslari yaratildi. Umumiy o‗rta 
ta‘lim, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi to‗g‗risidagi nizom, umumiy o‗rta 
ta‘limning davlat standartlari, o‗quv dasturlari bo‗yicha zamonaviy talablarga 
javob beruvchi dasturlar va boshqa bir qator me‘yoriy hujjatlar amalda qo‗llash 
uchun kiritilgani ana shu ishlar jumlasidandir. 


Birinchi bosqichda amalda oshiriladigan eng asosiy ishlardan biri - bu 3 
yillik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tizimiga zamin tayyorlashdan 
iboratdir. Har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va 
ehtiyojlari hisobga olingan holda ana shu yo‗nalishlarni kadrlar bilan 
ta‘minlovchi mazkur ta‘lim muassasalarining joylashtirilishi, ularni moddiy va 
moliyaviy ta‘minlashning dasturi ishlab chiqildi va hukumat qarori bilan 
tasdiqlandi. Har bir yangi tashkil etiladigan litsey va kollejlarning yo‗nalishlari 
bo‗yicha o‗ziga xos maxsus loyihalari ishlab chiqildi. Bunda mahalliy sharoitlar 
hisobga olinib, har bir tumandan tanlab olingan o‗ziga xos loyiha bo‗yicha litsey 
va kollejlarining tashkil etilishi rejalashtirilgan. 
Ushbu dasturda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini qayta ta‘mirlash, 
rekonstruksiya qilish, yangidan qurish zaruriyatidan kelib chiqqan holda (har bir 
viloyat, tuman, qishloq miqyosida) ularning moddiy bazasini ta‘minlash 
masalalari o‗z echimini topgan. Bu borada davlatimizning barcha tuzilmalari, 
resurslari, iqtisodiy imkoniyatlari ishga solindi. 
Ikkinchi bosqichda, ya‘ni 2005 yilda milliy dasturda belgilangan vazifalar 
to‗liq amalga oshirildi.
Uchinchi bosqichda (2005 yildan keyin) kadrlar tayyorlash tizimini 
takomillashtirish va yanada rivojlantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ta‘lim-
tarbiya kadrlar tayyorlash tizimini tarkibiy bir qismidir. Talim-tarbiya tizimi 
kadrlarning yangi avlodi tafakkurini, ongini shakllantirishga xizmat qiladigan 
zarur bir sohadir.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling