O’zbekistonda ijtimoiy soxada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar mazmun va moxiyati
Download 236,68 Kb.
|
Azambekov Izzatillo 104 a 1
Bunda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi belgilab berildi. Bu masalalarni bevosita amaliyotga tatbiq qilish uchun “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot – pirovard maqsadimiz ” (2000yil.) risolasi xam 7 ta ustuvor vazifadan birinchi va ikkinchi vazifa qilib siyosiy sohada quyidagi masalalar belgilab berildi. 1. Siyosiy sohada; 1) siyosiy xayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish 2) ko’ppartiyaviylik muxitini ta’minlsh; 3) nodavlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish; 4) fikrlar xilma-xilligiga erishish. Ommaviy axborot vositalarini tom ma’noda “To’rtinchi hokimiyat” darajasiga ko’tarish; Bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o’zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xujalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishgakatta e’tibor berildi.
Ularning vakolatlarini bozor tamoillariga muofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko’zda tutildi. Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o’tkazish, O’zbekistonda mahalliy o’zini o’zi boshqarishning noyob shakli bo’lgan mahalla tizimini shakillantirish masalalariga katta axamiyat qaratildi. Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002- yil 27- yanvarda o’tkazilgan referendum yakunlari ba shu asosda “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’grisida”gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Download 236,68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling