O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish va xorijiy tajribalardan foydalanish
-rasm. Jamg’arilgan TTXIlar, 2018-2019 yillar uchun (20 ta eng yuqori reytingga ega b o‘lgan mamlakatlar misolida), mlrd. dollarda
Download 68.33 Kb.
|
O‘zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini oshirish va xor-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Global raqobatbardoshlik indeksi b o‘yicha eng yuqori reytinga ega b o‘lgan lider-davlatlar, 2019 yil(ball: 0-100 hisobida)
1-rasm. Jamg’arilgan TTXIlar, 2018-2019 yillar uchun (20 ta eng yuqori reytingga ega b o‘lgan mamlakatlar misolida), mlrd. dollarda
Jahon banki guruhi va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilinib kelinayotgan Doing Business indeksida Singapur 190 mamlakat orasida 2019 yilda 2 o‘rinni qayd etdi. 2008 yildan 2014 yilga qadar Singapur bu indekisda 1 o‘rinni egalab kelgan b o‘lsa, 11 yil mobaynida Singapur o‘rtacha 1,45 o‘rindan past k o‘rsatkichni qayd etmadi. Olib borilgan izlanishlar va o‘tkazilgan s o‘rovnoma natijalariga k o‘ra, Singapurda biznesni ochish va uni yuritish b o‘yicha yaratilgan sharoitlar va yuqori natijaga erishishda davlat siyosiy tizimining barqarorligi, samarali iqtisodiy siyosat, yuqori investitsion imkoniyatning mavjudligi va infrastrukturaning rivojlanganligi ta’sir k o‘rsatgan. Global raqobatbardoshlik indeksi 141 ta mamlakat b o‘yicha quyida berilgan sohalar yuzasidan 0 dan 100 ballgacha baholanib, uning o‘rtachasi chiqariladi. Bular quyidagilar: institutlarning sifati, infrastruktura, makroiqtisodiy barqarorlik, sog’liqni saqlash va boshlang’ich ta’lim, oliy ta’lim va qayta tayyorlash, tovar va xizmatlar bozorlarining samaradorligi, mehnat bozorining samaradorligi, moliya bozorlarining rivojlanganligi, texnologik taraqqiyot darajasi, ichki bozor k o‘lami, kompaniyalarning raqobatbardoshligi, innovatsion salohiyat bilan bog’liq k o‘rsatkichlardan iboratdir. 2-rasm. Global raqobatbardoshlik indeksi b o‘yicha eng yuqori reytinga ega b o‘lgan lider-davlatlar, 2019 yil(ball: 0-100 hisobida) 2-rasmdan biz k o‘rishimiz mumkinki, 10 ta eng yuqori reytinga ega b o‘lgan davlatlar ichida Singapur birinchi o‘rinni band etib kelmoqda. Aniq statistika ma’lumotlariga nazar soladigan b o‘lsak, sakkiz yildan buyon Singapur ushbu reytingning yetakchi o‘rinlaridan tushmay kelmoqda. Mazkur davlat global raqobatbardoshlik indeksining 12 ta k o‘rsatkichidan 4 tasi b o‘yicha 1 o‘rinni ya’ni bular: infrastruktura, sog’liqni saqlash va boshlang’ich ta’lim, oliy ta’lim va qayta tayyorlash, tovar va xizmatlar bozorlarining samaradorligi, 3 tasi ya’ni institutlarning sifati, mehnat bozorining samaradorligi, moliya bozorlarining rivojlanganligi b o‘yicha 2- o‘rinni egaladi. Ushbu natijalarni qayd etishiga mamlakatda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash b o‘yicha davlat tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar ta’sir k o‘rsatib kelmoqda. Yuqorida qayd etilgan tajribalarni o‘rganish asnosida aniq b o‘ldiki, Xitoy va Singapur davlatlarining xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsion muhit jozibadorligini oshirish borasidagi tajribalarini O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish, ulardan foydalanish kelajakda mamlakatning bundan-da yuqori sur’atlarda rivojlanishini, aholining daromad manbai k o‘payishini ta’minlashga xizmat qiladi. Jumladan, ushbu davlatlar kabi O‘zbekistonni ham xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan s o‘rovnomalarda faol ishtirok etishi, jahon mamlakatlarining investitsion jozibadorligini k o‘rsatadigan reytinglarning barchasida xususan, “Global raqobatbardoshlik indeksi”, “Global innovatsion indeks” va “Biznes muhiti hafi indeksi”larida ishtirokini ta’minlash b o‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kelajakda investorlarning investitsiyalarni kiritish b o‘yicha qarorlariga ijobiy ta’sir k o‘rsatadi. Sababi, xorijiy investor biror bir davlatga investitsiya kiritishdan oldin, o‘sha mamlakatning investitsion muhiti haqida ishonchli ma’lumotga ehtiyoj sezadi. Albatta, eng ishonchli manbalardan biri bu xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan yuritiladigan indekslar hisoblanadi. Bu indekslardan investorlar o‘zlariga kerakli va ishonchli ma’lumotlarni q o‘lga kiritishlari mumkin. Shunday ekan, yuqorida nomi keltirilgan indeklarda O‘zbekistonni ishtirokini ta’minlash, O‘zbekistonning investitsion muhitini xorijiy investorlarga namoyon qilishda ijobiy ahamiyatga ega. Shuningdek, Xitoy va Singapur davlatlari investitsion muhiti jozibadorligini oshirishga imkon bergan navbatdagi omil bu mamlakat hududlari t o‘g’risidagi investorlarga kerakli ma’lumotlarni investitsiya qabul qiladigan davlaning ma’sul tashkilotlari tomonidan rasmiy saytda O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini inobatga olgan holda, Davlat statistika q o‘mitasi tomonidan har bir hududning (viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston Respublikasi) investitsion muhit jozibadorligi b o‘yicha “Yillik statistik xarita” e’lon qilib borilishini y o‘lga q o‘yish maqsadga muvofiqdir. Ushbu xaritadan quyidagi k o‘rsatkichlar joy olishi maqbul hisoblanadi: ➢ hududning rivojlanish salohiyati; ➢ hududning tabiiy-geografik va infrastruktura salohiyati; ➢ fuqarolik indeksi. Bunda aholining ijtimoiy faolligi, boshqaruv samaradorligi, ta’lim olish va sog’liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, turli xildagi ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarga ega b o‘lishlik, ularning ochiqligi, mahalliy hokimiyatning aholi bilan yaqinligi va hamkorligi bilan bog’liq b o‘lgan tarkibiy k o‘rsatkichlar qamrab olinadi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda quyida ikki taklif etilayotgan tadbirni ham O‘zbekiston investitsion muhiti jozibadorligini oshirishga k o‘mak b o‘ladigan omil sifatida amaliyotga tatbiq qilinishi o‘z ijobiy samarasini k o‘rsatadi: Davlat budjeti xarajatlari va kiritilayotgan investitsiyalarni onlayn tarzda kuzatish imkonini beradigan platforma yaratish lozim; O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug’ulanadigan rasmiy muassasalar tomonidan investorlarga byurokratik t o‘siqlarni yuzaga kelishini oldini olish va ushbu muassasalar faoliyati shaffofligini ta’minlash maqsadida investorlarning murojaatlari uchun barcha muassasalarni jamuljam qilgan platforma yaratish kerak. Bunda, investor qaysi muassasaga murojaat qilishidan qat’iy nazar, ushbu murojat t o‘g’risida qolgan muassasalar bohabar b o‘lib turish imkonini beradi va bu byurokratiya va korrupsiyani oldini olish imkonini beradi. Xulosa Bugungi kunda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarning investitsion mablag’larini jalb etish b o‘yicha bir qator masala va muammolarning haligacha ochiq qolayotganligini ta’kidlash lozim b o‘ladi. Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davom etib kelayotgan past k o‘rsatkichning sabablarini aniqlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi (TIV) O‘zbekistonda ishlash tajribasiga ega xorijiy sarmoyadorlar, biznesmenlar va moliya tashkilotlarining ekspertlari o‘rtasida s o‘rovnoma o‘tkazgan. Ular O‘zbekistonga sarmoya oqimini t o‘xtatib q o‘yayotgan qator omil va sharoitlarning ba’zilari sifatida quyidagilarni sanab o‘tishgan: -bank-kredit tizimining takomillashmagani; -sarmoyadorlar huquqlarining zaif himoyasi va yetarli darajada samarali b o‘lmagan sud tizimi; -ma’muriy-byurokratik t o‘siqlar (k o‘plab xorijiy kompaniyalar o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsat olish tartib-qoidalaridan norozi); -past investitsiya reytingi. Yuqorida keltirilgan investitsion muhit jozibadorligini oshirish y o‘lida t o‘siq b o‘lib kelayotgan muammo va kamchiliklardan hamda 2011 yildan 2019 yilgacha iqtisodiyotga kiritilgan xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib chiqqanimizdan kelib chiqib quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz: Bizning fikrimizcha, investitsiya iqlimi barqarorligini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, investitsiya risklari sug’ug’rtasini yoki himoyasi tizimini keng rivojlantirish, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni t o‘la ma’noda amal qilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, investitsiya iqlimi barqarorligini, fikrimizcha, davlatning xorijiy investitsiyalarga b o‘lgan siyosiy munosabati, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi, davlat apparati boshqarmasining ishlash samarasi, davlatning siyosiy barqarorligi, iqtisodiyotning umumiy holati ( o‘sishi yoki inqiroz), inflyatsiya darajasi, valyuta kursining barqarorligi, soliq va bojxona imtiyozlari, ishchi kuchlarining qiymati va mexnat resurslarini ishlatilish tartibi, aniq tovar va xizmat turlariga b o‘lgan talab va taklifning mavjudligi, kredit bahosi, qolaversa jamiyat a’zolarining xorijiy kapital va xususiy mulkchilikni shakllanishiga b o‘lgan munosabati, jamiyatning ideologik bilimlari darajasi, ishchi kuchlarining tashkilotchilik va tadbirkorlik qobiliyati kabi omillarni chuqur o‘rganish va tahlil etish asosida ta’minlash mumkin. O‘zbekistonda qulay investitsiya iqlimi yaratilishi uchun keng harakat qilinmoqda, bu borada xorijiy investorlarga turlicha moliyaviy imtiyozlar va huquqlar berilgan, bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shuning bilan birgalikda quyidagi tadbirlar, bizning fikrimizcha, investitsiya iqlimini yanada yaxshilash imkoniyatini beradi: as o‘mning qadrini k o‘tarish; mulk dahlsizligini ta’minlash, investorlar haq huquqini himoyalashni yanada oshirish, bank foizi stavkalarini barqarorlashtirish; islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini hisobga olgan holda soliq tizimini ilmiy asoslangan holda takomillashtirish; ma’muriy buyruqbozlik holatlariga chek q o‘yish; O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyasi nufuzini va uning likvidliligini oshirish, xorijiy investorlarni ularga jalb eta bilish, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish. Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, bosib o‘tgan y o‘li, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash y o‘lida mamlakatning investitsion muhitni sog’lomlashtirish borasida qabul qilgan qonunlari, ishlab chiqqan qarorlarini o‘rganish, investitsiyalari kengroq jalb etish b o‘yicha ishlab chiqqan usul va uslublarining kerakli jihatlarini O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish muhim masalalardan hisoblanadi. Zero, t o‘plangan tajribalarni mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etilishi, tavakkalchilikni pasaytirishga, mavhumlikni oldi olinishiga, yuqori samaradorlikning ta’min etilishiga olib keladi. Download 68.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling