O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish davrida pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish


Download 217.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.02.2023
Hajmi217.16 Kb.
#1235084
1   2   3
Bog'liq
o-zbekistonda-iqtisodiyotni-rivojlantirish-va-liberallashtirish-davrida-pensiya-ta-minoti-tizimini-takomillashtirish

Keywords: sources of financing of the pension system, financial aspects, 
reforming the pension system, accumulative pension system, proposals for reforming 
the pension system, formation of a pension fund, formation of a non-state pension 
system. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1117


Jahonda pensiya ta’minoti muammolarini hal etishning hozirgi bosqichida 
pensiya tizimi va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqot 
ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada, ayniqsa, fuqarolarning ijtimoiy ta’minot 
huquqlarini ta’minlanishi va kelgusida ularni munosib pensiya bilan ta’minlash 
kafolatlarini yaratish hamda pensiya ta’minotiga oid qonunchilik normalarini qayta 
ko‘rib chiqish, pensiya sohasida ularga nisbatan ijtimoiy adolat printsiplarini 
buzilishini oldini olishga oid huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish, pensiya 
ta’minotiga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bilan 
bog‘liq masalalarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishning ilmiy-nazariy va 
amaliy echimini topish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda pensiya tizimini isloh qilish, xususan, xususiy pensiya fondlarini 
tashkil etishga ruxsat berish, pensiya fondlarini kapital bozorida ishtirokini ta’minlash 
O‘zbekiston moliya tizimini yanada rivojlantirishga yordam beradi. Umuman 2020 
yilning o‘zida davlat pensiya ta’minoti tizimi 3,3 mln.dan ortiq kishini yoki 
mamlakatimiz aholisining qariyb 10 foizini qamrab oladi. Shu jumladan, yosh bo‘yicha 
pensiya oluvchilar 2502,6 ming kishini, nogironlik bo‘yicha – 360,3 ming kishi, 
boquvchisini yo‘qotgani uchun – 168,5 ming kishi, ijtimoiy nafaqa oluvchilar – 294,1 
ming kishini tashkil etadi. Norasmiy sektorda ishlashga majbur bo‘layotganlar 
daromadlarini rejalashtirishda qiyinchilikka duch kelmoqda 
Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ortib 
borishi bilan “ishlab topding – to‘la” (pay as you go) tamoyiliga asoslangan pensiya 
tizimida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qiyinchiliklar davlat pensiya 
ta’minoti tizimini isloh qilishni talab etadi. 
Yosh bo‘yicha pensiya oluvchilarning soni oshib borayotgan sharoitda hozirgi 
mavjud davlat pensiya ta’minoti tizimi iqtisodiy faol aholi qatlamiga pensiya to‘lovlari 
yukining oshishiga olib kelmoqda. Shuningdek, xususiy pensiya fondlari kabi uzoq 
muddatli mablag‘larga ega jamg‘armalarning yo‘qligi kapital bozorini rivojlantirishga 
imkon bermayapti. 
Bundan tashqari, norasmiy sektorda ishlashga majbur bo‘layotgan ishchilar, 
o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlovchilar, chet ellarda faoliyat olib borayotgan fuqarolar, 
qishloqlarda farzand tarbiyasi va uy yumushlari bilan mashg‘ul ayollar o‘zlarining 
nafaqa hayoti uchun daromadlarini rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 
Mazkur omillarni inobatga olib, mamlakatimizda pensiya tizimini isloh qilish, 
xususan, xususiy pensiya fondlarini tashkil etishga ruxsat berish, pensiya fondlarini 
kapital bozorida ishtirokini ta’minlash O‘zbekiston moliya tizimini yanada 
rivojlantirishga yordam beradi. 
Mamlakatimizda 
pensionyerlarni 
ijtimoiy 
ko‘llab-quvvatlashni 
yanada 
kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1118


fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud 
muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi 
hamda ularni taqdim etishga mas’ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy 
axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz 
shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig‘ish jarayonini raqamlashtirishga 
to‘sqinlik qilib kelmoqda. [1] 
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarga qaramasdan hamon 
pensiya ta’minoti tizimida yetarlicha muammolar mavjud bo‘lib, bular pensiya 
qonunchiligini bugungi kun talablariga va xalqaro standartlarga mos emasligidan 
dalolat bermoqda. Bu esa, o‘z navbatida pensiya ta’minotiga oid qonunchilik bazasini 
yanada takomillashtirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro huquqiy 
hujjatlarni ratifikatsiya qilish, nodavlat pensiya jamg‘armalarini shakllantirish 
bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqish zarurligidan dalolat beradi.
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini 
kengaytirish, koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va 
ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning 
daromadlarini izchil oshirib borish maqsadida: 
2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, 
pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirilsin. [2] 
2021-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida: 
− mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori - oyiga 822 000 so‘m; 
− bazaviy hisoblash miqdori - oyiga 270 000 so‘m; 
− pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 289 000 so‘m; 
− yoshga doir eng kam pensiyalar - oyiga 565 000 so‘m; 
− bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa - oyiga 622 000 
so‘m; 
− zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz 
fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 440 000 so‘m; 
− ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori 
qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda - oyiga 440 000 so‘m; 
− belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha 
pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori - oyiga 
623 000 so‘m; 
Mamlakat davlat byudjetining asosiy qismi ijtimoiy-madaniy sohalarni 
moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Moliya organlarining vazifasi tasdiqlangan byudjetda 
nazarda tutilgan barcha tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlash 
hisoblanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlar 
to‘lovini to‘g‘ri tashkil qilish zarur.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1119


Moliyalashtirish 
jarayonlari 
avtomatlashtirilganda 
ijtimoiy 
ta’minot 
xarajatlarning bo‘limlari, bandlari, guruhlari va ob’ektlaridan foydalanish O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi markazi 
tomonidan ishlab chiqilgan maxsus kompyuter dasturlari yordamida bir vaqtning 
o‘zida mazkur moliya organining tarmoq bo‘limlari tomonidan va buxgalteriyalar 
tomonidan amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchi barcha byudjet tashkilotlari kabi, ijtimoiy ta’minot 
muassasalari ham tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 
yoki uning hududiy moliya organlariga taqdim etadilar. Tasdiqlangan smeta va shtatlar 
jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish va ilovalarni kelishish taqdim etilgan hujjatlarning 
tasdiqlangan byudjet xarajatlari limitlariga va normativlariga hamda byudjet 
parametrlariga muvofiqligi tahlili asosida tegishli moliya organlarida qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Xulosa o‘rnida pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biridir. Mamlakat iqtisodiy salohiyati 
va aholi ijtimoiy muhofazasi bilan bog‘liq ushbu masalada belgilangan qonun-
qoidalarga qat’iy amal qilinishini ta’minlash muhim ahamiya kasb etadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
daromadlarini ko‘paytirish va Pensiya jamg‘armasi daromadlarining mavjud 
manbalarini mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni izchillik bilan hal qilish 
zarur. Bugungi kunda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlar barcha jabhalarni
jumladan, pensiya ta’minoti tizimini ham qamrab oladi. Chunki barcha islohotlarning 
asl maqsadi, insonga munosib turmush sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Mazkur 
masalalarning ijobiy hal etilishi mamlakatda pensiya ta’minoti tizimini rivojlanishiga 
ham bog‘liqdir. 
Jahonda yuz beradigan demografik o‘zgarishlar, aholi sonining muttasil o‘sib 
borishi, iqtisodiy faol aholiga nisbatan pensioner qatlamning oshib borishi ko‘pgina 
rivojlanayotgan mamlakatlarning pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy muammolarni 
yuzaga kelishiga olib kelmoqda. 
Barcha rivojlangan mamlakatlarida kuzatilayotgan aholining keksayib borishi, ish 
bilan band aholiga nisbatan pensionerlar sonining doimiy oshib borishi, pensioner va 
ishlovchilar soni o‘rtasidagi o‘zaro nisbatning kattaligi pensiya ta’minoti tizimining 
moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, pensiya xizmati darajasini ko‘tarish, buning 
uchun qo‘shimcha zaxiralarni jalb etish, pensiya tizimlarining moliyaviy barqarorligini 
ta’minlash, ishchining pensiyasini bevosita uning o‘z mehnati bilan qo‘shgan hissasiga 
bog‘lash hamda nodavlat pensiya tizimini shakillantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni 
amalga oshirishni nazarda tutadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1120


O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini isloh qilsh bo‘yicha 
quyidagi xulosa va takliflarga kelindi: 
1. Fuqarolar qariganda ularni moddiy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida xorij tajribasini o‘rgangan holda xususiy pensiya fondlarini (davlat kafolati 
ostida) tashkil qilish maqsadga muvofiq; 
2. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksionerlik kompaniyalarida 
aholining ko‘pgina qismi bandligini hisobga olib, xorijiy tajribadan kelib chiqib, ushbu 
tizimda mehnat qiluvchi ishchi-xodimlarga ma'lum bir muddat ishlagandan so‘ng 
ularga davlat pensiyasiga qo‘shimcha ravishda har oylik ustamalar belgilash orqali 
korporativ pensiyani joriy qilish ayni muddao. Masalan, bir ishchi 5 yildan 10 yilgacha 
bir kompaniyada mehnat qilsa, oladigan pensiya miqdoriga nisbatan 10 foiz ustama 
haq qo‘shib berish yoki 10 yildan 15 yilgacha mehnat qilsa 15 foiz miqdorda va shu 
kabi yo‘l orqali amaliyotga tadbiq qilish kerak; 
3. O‘zbekistonda demografik vaziyat tahlili ko‘rsatishicha, kelajakda 
ishlayotgan fuqarolar soni bilan pensionerlar soni o‘rtasidagi nisbat kamayib boradi va 
ishlayotganlarning badallari pensiyalarni to‘lash uchun ham yetmaydi va Pensiya 
jamg‘armasi xarajatlarini qisqartirishni taqozo qiladi. 

Download 217.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling