O’zbekistonda iste’mol savatchasi, uning tarkibiga kiruvchi mahsulot turlari va ularning narxlari S12-22 BHA guruhi talabasi: Akbarova Dilnoza
Farg’ona 2022
Iste’mol savatchasi o’zi nima? - Iste‘mol savati - bu shaxs yoki oilaning iste‘mol darajasi va tuzilishini tavsiflovchi mahsulotlar va xizmatlar to‘plami. Bu atama ikki asosiy ma‘noda ishlatiladi:
- Rossiyada va ba‘zi MDH mamlakatlarida "iste‘mol savati" atamasi qonun hujjatlarida rasman mustahkamlangan, iste‘mol savatining eng kam miqdori - "inson salomatligini saqlash va ularning hayotiy faolligini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining minimal to‘plamini, shuningdek nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar, ularning qiymati oziq-ovqat mahsulotlarining minimal to‘plami narxiga qarab belgilanadi.
- Soddaroq aytganda, “isteʼmol savati”ga kiritilgan mahsulot va xizmatlar yashash uchun zarur bo‘lgan eng muhim ehtiyojlaringizni qondirishga yetishi kerak.
- Aksariyat taraqqiy etgan mamlakatlarda aholiga beriladigan ijtimoiy nafaqalar aynan “isteʼmol savatchasi”ga, unda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga ko‘ra belgilanadi.
- Minimal iste'mol savati eng kam yashash minimumini hisoblash uchun ishlatiladi. O'rtacha iste'mol savati iste'mol narxlari indeksi va inflyatsiyani hisoblash uchun ham ishlatiladi.
Non
Go‘sht
Sut mahsulotlari
Poliz va mevalar (sitruslar va ziravorlar
Sabzavotlar
Yorma va dukkakli mevalar
Iste’mol savatchasi tarkibiga kiruvchi mahsulotlar turlari - Iste’mol savatiga kiruvchi nooziq-ovqat mahsulotlari turlari
Dorilar
Qo‘shimcha o‘quv kurslari
Transport xarajatlari
Kommunal xizmatlar
Uy-ro‘zg‘or buyumlari mahsulotlari
Kosmetika
Iste’mol savatchasi mahsulotlari narxi - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi №PF5308-sonli “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol Tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risidagi” farmoniga asosan O’zbekistonda “Iste’mol savatchasi” aniqlash va uni davlat dasturi miqyosida tadbiq qilish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
- Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi 2020 yil dekabr oyida o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etmoqda.
- Unga ko‘ra, bir kishi oy davomida 10 dona non, 3 kg un, 8 kg mol, qo‘y va tovuq go‘shti, 1 kg kolbasa iste’mol qiladi. Shunindek, 3 kg baliq mahsulotlari, 2 litr sut, 18 dona tuxum, 1 kg shakar va 1 litr o‘simlik yog‘i hamda 2 kg guruch ro‘yxatdan o‘rin olgan.
- Qolaversa, 8 kg kartoshka, 6 kg piyoz, 2 kg sabzi, 4 kg pomidor, 2 kg bodring, mevalar esa 1 kilogramdan iste’mol qilinishi qayd etilgan. Oziq-ovqat mahsulotlariga jami — 1 mln 299 ming so‘m, nooziq-ovqat mahsulotlariga esa — 858 ming so‘m sarflanishi belgilangan
Iste’mol savatchasi mahsulotlari narxi - https://www.gazeta.uz/oz/2021/02/03/consumer/
- https://depozit.uz/news/istemol-savatchasi-nima
- https://nrm.uz/contentf?doc=529180_o%E2%80%98zbekiston_respublikasi_prezidentining_22_01_2018_y_pf-5308-son_2017-2021_yillarda_o%E2%80%98zbekiston_respublikasini_rivojlantirishning_beshta_ustuvor_yo%E2%80%98nalishi_bo%E2%80%98yicha_harakatlar_strategiyasini_faol_tadbirkorlik_innovacion_g%E2%80%98oyalar_va_tehnologiyalarni_qo%E2%80%98llab-quvvatlash_yilida_amalga_oshirishga_oid_davlat_dasturi_to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi_farmoni&products=1_
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |