O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanish xususiyatlari


Download 65.5 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1236674
  1   2
Bog'liq
O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanish tarixi .O’zbekiston mustaqilligi davrida(1991-2005)jismoniy tarbiya va sport taraqiyotining tarixiy hususiyatlari


O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanish tarixi .O’zbekiston mustaqilligi davrida(1991-2005)jismoniy tarbiya va sport taraqiyotining tarixiy hususiyatlari

Reja:



1. Ommaviy jismoniy madaniyat va sportni rivojlanishi.
2. Jismoniy tarbiya va sport to`g`risidagi konun va karorlarni moxiyati.
3. Uzbek sportchilar Olimpiya va Osiyo o`yinlarida.
4. O`zbekistonda milliy sport turlari.
5. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash.
6. Xulosa
7. Foydalangan adabiyotlar

Mustaqil O`zbekistoning jismoniy madaniyat va sportning yanada rivojlantirishga asos buluvchi eng muxim tadbirlar kurilmokda O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi konuni (1992 yil 14 yanvar) barcha axolining sogligini mustahkamlash uning jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishiga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi.


SHu bilan birga maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va ukuv yurtlari xar yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning ham O`quvchi yoshlarning jismoniy tayorgarlik darajasini kurishdan utkazadilar. Umumta`lim maktablarida boshva ukuv yurtlarida jitsmoniy tarbiya buyicha imtixonlar utkaziladi - deb kursatilgan. Bu esa O`quvchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish ularni mexnat va mudofaa ishlariga layokatli kishilar kilib yetishtirishga qaratilgandir. CHunki bu tadbirlar Respublika axolisini madaniy turmush darajasini oshirish, O`quvchi yoshlarni tarbiyalash ularning mexnat va mudofaaga tayyorlashda (jismoniy tarbiyaning moxiyati) yuksak baxolangan edi.
CHorizm O`rta Osiyeni bosib olgandan boshlab, maxalliy axolini zuravonlik bilan ruslashtirishga intildi.
Turkiston ulkasida qadimiy xalq o`yinlari, jismoniy mashqlar va musobakalar fizkulturaning vositalari sifatida saklanib koldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda yangi tildagi maktablarda jismoniy tarbiya mashgulotlarini utkazishga urinib kurildi. Erlar va kizlar gimnaziyalarini ba`zilarida jismoniy tarbiya darslari joriy etildi.
1890 yillarda maktablarda jismoniy tarbiya darslari jonlandi. Toshkent, Fargona gimnaziyalarida, Xarbiy maktab va bilim yurtlarida gimnastika, kilichbozlik, otish va turli o`yinlardan mashgulotlar utkazila boshladi.
XX asr boshlarida Laun-tennis, kryuket, gimnastika, yengil atletika, kilichbozlik anchagina tarkalib Toshkentda sport jamiyatlari tashkil etildi. Masalan: 1904 yil “Toshkent gimnastika va jismoniy xavaskorlari jamiyati”, 1906 yilda esa “SOKOL” yengil atletika guruxi tashkil etildi.
1913 yilda tashkil etilgan “Toshkent sport xavaskorlar jamiyati” Turkistonda eng yirik sport jamiyati edi. 1908 yildan boshlab, Turkistonda professional polvonlarning chempionatlari utkazila boshladi. Bu musobokalarda dunega mashxur polvonlar, Zaikiy, Potdubnыy, Vaxturov, SHeval kabi polvonlar katnashgan.
Avvalgi manbaalarda O`rta Osiye CHor Rossiyasiga uz ixtiyeri bilan kushildi, degan iboralar urniga, endi O`rta Osiye CHor Rossiyasi tomonidan bosib olndi. Deb yuritila boshladi. Xakikatdan ham CHor Rossiyasi xukumronlik qilgan davrlarda tayerlangan rasmiy xisobot, ma`lumot va boshqa xujjatlarda, Rossiya generallari tomonidan qilingan taziklar, boskinchilik urushlari aynan guvox beradi.
1864 yilda Turkiston , CHimkent, Avliyo ota, 1865 yilda Toshkent bosib olindi. 1867 yilda yettisuv viloyati tashkil etilidi. 1868 yilda Samarkand, 1876 yilda Fargona, 1884 yilda Marv Rossiya tasarrufiga utdi. 1876 yl 17 fevralda podsho Aleksandr II Kukon xonligini tug`atib, urniga Turkiston General gubernatorining Fargona viloyati tashkil etilid. General Skobelov uning xarbiy gubernatori kilib tayinlandi.
1973 yil dekabrida O`zbekiston Kompartiyasi markaziy komitet va respublika xukumati “Respublika ukuv yurtlarida jismoniy tarbiyaning axvoli va sportni rivojlantirish to`g`risida” karor kabul kilindi.
Bunda barcha ukuv yurtlarida jismoniy tarbiya ishlarini rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash, sport inshootlarini kurish, sport jixozlari yulga kuish vazifalari kuyildi. Kompartiyaning birinchi kitobi SHarof Rashidov ba`zi tug`atish borasida katta vazifalar kuydi.
1974 yil aprelda Respublika partiya faollarining navbatdagi yigilishi bulib, unda “Respublikada fizkultura va sportning axvoli hamda KPSS XXIV s`ezdi karorlari asosida uni yanada rivojlantirish”. tadbirlari to`g`risida masalasi kurib chikildi. Barcha partiya, davlat, kasaba uyushmalari, sport va boshqa tegishli tashkilotlar, maxkamalar, idoralar zimmasiga jismoniy tarbiya va sport ishlarini yanada yaxshilash vazifalari yuklatildi.
1977 yil noyabrda yana Respublika partiya xujalik faollari yigilishida “Ommaviylik va maxorat uchun” masalasi kun tartibda muxokama kilindi.
SHu yili dekabrda esa “Respublikada yengil atletikaning axvoli va uni yanada rivojlantirish tadbirlari to`g`risida”ga masala Respublika partiya va xukumati tomonidan kurib chikildi va karor kabul kilindi.
SHuni e`tirof etish kerakki, SHarof Rashidov yirik sportchilar mutaxassilar va tashkilotlarning raxbarlari bilan tez-tez uchrashib turar, muammoli masalalarni yirik anjumanlar kun tartibiga kuyib, muxokama qilishga dav`at etar. Unda bevosita uzi boshchilik qilar edi.
1979 yilning kuzida Respublika partiya va xukumati “O`zbekiston sportchilarining SSSR xalqlari VII yozgi Spartakiasida katnashishiyakunlari va 1930 yilgi XXII Olimpiada o`yinlariga tayyorgarllik tadbirlari to`g`risida”gi masalani kurib chikdi. Unda golib sportchilar ularning tarbiyachilari munosib ravishda ragbatlantirildi. SHuningdek, Xalqaro Olimpiada o`yinlarida respublika sharafini ximoya qilish uchun puxta tayyorgarlik kurishga yordam berishni tavsiya etdi.
1979 yil 14 oktyabrida turmush madaniyatini oshirish buyicha Respublika kengashining yigilishi buldi. Unda “Kommunistik turmush kullab-kuvvatlanib, unga e`tibor berilsin” degan masala muxokama kilindi. Kenagash raisi SHarof Rashidov unga boshchilik kildi. SHunga uxshash yigilishlar 1980 yil 18 iyulda, 1982 yil 19 fevralda bulib utdi. Ularda asosan axolining turmush darajasini yaxshilash, uy-joy kurish, madaniyat xizmatlarini jonlantirish, ta`lim-tarbiya, soglikni saklash, ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishga sharoitlar yaratib berish vazifalari keng muxokama kilindi, tegishli karorlar kabul kilindi.
SHuni eslatish lozimki, usha davrlarda juda muxim karorlar ikarilib, axolining turmush tarzini yaxshilashda jismoniy tarbiya va sportning asosiy vositalaridan biri ekanliiga aloxida e`tibor berilgan. Bu esa uz navbatida axoli o`rtasida ma`lum darajada jismoniy tarbiya va sport uz mazmunini topdi va shakllanib bordi.
1981 yil 11 sentyabrda Ittifok partiya va xukumat tomonidan “Fizkultura va sportning ommaviyligini yanada oshirish to`g`risida”, 1985 yil 12 iyunda “Klub muassasalari va sport inshootlaridan foydalanishni yaxshilash tadbirlari” xakida karorlar kabul kilindi. Bu karorlarida kuzda tutilgan asosiy masalalarni hayotga singdirish maksadida O`zbekiston partiya va xukumati ham zarur tadbir va choralarni belgiladi.
E`tiborli tomonlaridan yana biri shundaki, 1984-1985 yillarda Respublika partiya xujaligi faollari yigilishi, axolining turmush madaniyatini oshirish Respublika Kegashining rasmiy yigilishlari bulib utib, ularda avvalgi kuyilgan vazifalarni bajarish, belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda ma`lum darajada ishlar olib boriladi. Ba`zi bir kursatgichlar bunga misol bula oladi (1-2 jadvallar).
Sobik Ittifok mikyosida olib borilgan kayta kurish ishlari Uzbekistnda ham demokratik harakatlarni yulga solishga birmuncha xissa kushdi. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga raxbarlik kiluvchi Respublika sport kumitasi Davlat kumitasiga aylantirildi. (1986). Kasaba uyushmalari koshidagi 7 ta sport jamiyati yagona sport jamiyatiga birlashtirildi (1987). Lekin bu uzgarishlar maksaddagidek natija bermadi. Sportdagi ommaviylik sustlashdi, sport tadbirlari kam darajada utkazila boshladi. Moliyaviy xarajatlar kamaydi. Ishlab chikarishdagi jismoniy tarbiya yetarli e`tibor bermadi. Ukuv yurtlarida, ayniksa, umumta`lim maktablarida sport buyumlari yetishmay koldi. Kishlok axolisi o`rtasida sport deyarli unutila boshladi.
Sport tarixiga nazar solsak, 1965 yillar respublikada sport eng yukori darajaga yetgn davr xisoblandi. Sobik Ittifok va jaxon mikyosidagi sport musobakalarida O`zbekiston sportchilari yaxshi xalqaro olimpiada o`yinlarida O`zbekistonning shuxrati uchun kurashga “Paxtakor” komandasi “Andijon” charim xokkey komandasi, “Avtomobilchi” komandalari va boshqalar tarkibiga katnashgan Respublika sportchilarning soni 500 dan oshib ketdi.
Respublika sport kumitasining rasmiy ma`lumotlariga kura, 1991 yilda 36 ta sportchi xalqaro sport ustasi buldi, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor buldi. 157 sportchi sobik SSSR terma komandalari tarkibida uynaydilar. 1992 yildagi xalqaro Olimpiada o`yinlarida katnashish uchun 22 nafar sportchi saralab olindi.
Ma`lumki 1992 yilning yozida Ispaniyada (Barselona) yozgi XXV xalqaro Olimpiada o`yinlarida O`zbekistonning 17 nafar sportchisi sobik SSSR tarkibida sunggi bor katnashdilar. Ular orasida R.Galiyeva, O. CHusovtina (gimnastika) M. SHmonina (engil atletika) oltin medal, S.Oprsov (ogir atletika), A.Asrabayev (uk otish) kumush medal va V.Zaxarevich (kilichbozlik) bronza medali sovrindorlari bulishdi. Afsuslanarli yeri shundaki birorta ham maxalliy millat vakillari bu o`yinlarda katnashishga muyassar bulishmadi.
O`zbekiston mustaqilligini kulga kiritgach, uz istikbol va istikloli uchun kat`iy harakat kilmokda. Bu taraqqiyotlar ichida jismoniy madaniyat va sport ishlari ham aloxida urin tutadi. 1992 yil 21 yanvarda O`zbekiston milliy Olimpiya kumitasining ta`sis anjumani bulib, u rasmiy tashkilot deb e`lon qilishdi. 1992 yil 9 martda esa O`zbekiston milliy Olimpiya kumitasining tarkibi 133 kishidan iborat bulib, uni ijroiya kumitasi boshqaradi. Uning tarkibida 23 kishi faoliyat kursatdi. Milliy Olimpiya kumitasining Prezidenti kilib O.N.Nazirov, uning yordamchisi kilib S.O. Ruziyev, I.Barabanov, bosh kotib kilib A.K. Hamrakulov saylandilar.
SHuni e`tirof etish kerakki O`zbekistonning mavkei tobora oshib bormokda. Utgan bir yil davomida 20 dan ortik sport turlari buyicha xalqaro sport uyushmalariga a`zo bulib kirdi. 1994 yilda O`zbekiston terma jamoalari Rossiya o`yinlarida katnashishga taklif etildi. Xozirgi kunda respublikaning kurash, Futbol, voleybol va boshqa bir kator milliy terma jamoalari bu o`yinlar katta kutarinkilik ruxida tayyorgarlik kurishmokda. Bu esa O`zbekistonning mustaqillikka erishish sharofati va ishonchli istikbolning dalilidir.
Bunday imkoniyatlar respublikada milliy kurashlar kuch sinashish, ot o`yinlari va turli milliy o`yinlarni chukur urganish, ularni kishlok joylarda keng kullash, rivojlantirishda muxim ahamiyatga kasb etadi.
Uz urnida uktirish lozimki, 1992-93 aprel-may oylarida utkazilgan milliy xalq o`yinlari sayli va bayralari butun respublika axolisini dikkat-e`tiborida buldi. Oynai jaxonda namoyish qilingan kizlarning “Tukkiz tosh” (lapta) yigitlarning otda poyga, kupkari (ulok), tosh kutarish, arkon tortish va boshqa kupgina o`yinlarni xalq sevib tomosha kildi. Bu bilan milliy o`yinlarimizning jozibali tomonlari namoyish qilingan bulsa, xalqimiz kadr-kimmatining oshishi kuzda tutildi. Bunday o`yinlarning maktab O`quvchilarining jismoniy tarbiya darslari, soglomlashtirishda tadbirlari va sport musobakalarining tarkibiy kismiga ustalik bilan singdirish lozim. CHunki bu milliy xalq o`yinlari yoshlarda kuch-kuvvat, epchillik, chidamlilikni tarbiyalash bilan birga, ularda dustlik, jasurlik kabi insoniy sifatlar hamda jismoniy kamolotni ham mustahkamlaydi. J.T.Toshpulatov, K.A. Alimov (Termiz), X.N. Rajabov, X.B.Botirov (Buxoro), M.F.Isxokov (Kukon), T.Xoldorov, B.Buriboyev, X.A, Meliyev (Jizzax) qabilarni aloxida kursatish joizdir.
SHuningdek Samarkand, Termiz, Oxangaron, Kosonsoy pedagogika bilim yurtlarining rezervlari bilim yurtini o`rta ma`lumoti mutaxassis xodimlarni tayyorlashdagi xizmatlarini eslatish urinlidir.
Ma`lumki viloyatlardagi sport kumitalari sport jamiyatlari, xalq ta`limi bulimlari va turli xil tashkilotlar koshidagi olimpiya rezervlari, oliy sport maxorati va oddiy sport maktablari faoliyat kursatadi. Ularning soni 200 dan ortik bulib, 1,5 mingdan ortik maxoratli trenerlar xizmat kiladi.
Respublika sportining ravnaki va erishilgan natijalar kup jamiyatdan sport inshootlari bevosita chambarchas boglangandir. Respublikada 185 ta o`yingox, 125 ta suv xavzasi. 4414 ta sport zali bor. 2831 ta jamoada 11028 soglomlashtirish guruxlari tashkil kilinib ularda 242067 kishi shugullanadi. Ularning uchdan bir kismini kishlok axolisi tashkil etadi.
O`zbekistondagi eng ommaviy sport turi voleybol bulib, u bilan 263433 kishi shugullanadi. Ularning ixtiyorida 14193 ta urin maydonlari mavjud. Futbol bilan shugullanuvchilar soni esa 266767 kishi bulib, ularga 5664 o`yingox xizmat kiladi.
Ma`lumki, uzok yillar davomida Toshkent, Samarkand, Navoiy va boshqa shaxarlarda sobik Ittifok mikyosidagi yoki jaxon birinchiliklari turnirlari ham utkazilib kelindi. SHu tufayli respublikada yirik sport inshootlari kurilib, ularda ommaviy musobakalar. Ommaviy sport turlari utkazilib turiladi.
Bularga Toshkentdagi markaziy “Paxtakor”, “Mexnat rezervlari” spor kombinatlari, “Dinamo”, “Start”, “Tukimachi”, “Kibray” markazlari va “Alpomish” (sobik “YUbileyniy”) sun`iy yaxmalak sport saroyi Mitrofanov nomidagi suv xavzasi. Samarkanddagi eshkak eshish kanali, Navoiy shaxaridagi suv sport va boshqalar maktovga sazovordir.
O`zbekistondagi jismoniy madaniyat va sport harakati tabora rivojlanmokda. Bu faoliyatlarni tashkil etish va boshqarishda Respublika Davlat jsmoniy tarbiya va sport kumitasi maxsus boshqaruv organi sifatida amal kilmokda. Uning barcha ish turlarida Respublikadagi “Dinamo”, “Mexnat rezervlari” kasaba uyushmalarining “O`zbekiston” sport jamiyatlari, “Vatanparvar” (DASAAF), sayoxat markaziy kengashi turli sport uyushmalari katta kumak bermokda. Bu davlat va jamoa tashkilotlarining viloyatlar, tumanlar, shaxarlardagi tarmoklari uz xududlarida barcha sport ishlarini tashkil qilishga raxnamolik kiladilar.
Ana shu sport tashkilotlarida va ularning xodimlar Respublika sportining rivojlantirish va uning sharafini jaxonga tanitish ulkan vazifalarni amalga oshirmokda. Sobik SSSR xalqlarining 10 ta spatakiyadasida va 1952 yildan buyon xalqaro Olimpiya o`yinlarida respublika sportchilari O`zbekistonning dongini jaxonga taratadi. Ularda katnashgan va sovrindor sportchilarning ba`zi birlari bilan (G.SHamray, E.Sa`diy, S.Dinamidov - gimnastika; S.Ruziyev - kilichbozlik; R.Riskiyev-boks; E.SHagayev- suv polosi; A.Fadzayev, M.Xadarsev - kurash; K.Fatxulin-kurash; R.Gataulin - yengil atletika va boshqalar) tanishtirilgan edi. Jaxon birichiliklari, turnirlari, chempionatlari, natijaga erishdi. “Paxtakor” futbol komandasining oliy tabakasida katnashishi va uning yutuklari respublikada futbolning ommalashishga olib keldi. Jaxon va Olimpiya o`yinlari goliblari O.Kurbonov (kurash), R.Rixinev (boks), M. Ismoilov (ot sporti), S.Xodiyev (kurash), E.Sa`diy (gimnastika), E.Karimov (ogir atletika), E.SHagayev (suvda suzish), R.Salimova (basketbol), A.Fadziyev, M.Xodarsev, B.Fayziyev (kurash) va boshqalarning shuxrati jaxonga tanildi.
O`quvchi yoshlar uz tafakkurlari bilan tushunishlari, mustaqil O`zbekistonning istikboliga xissa kushish uchun bor imkoniyatlarini ishga solib. Uz burchlarini ado qilishlari kerak. Ma`lumki, Respublika Oliy Kengashining sessiyasida (1992) “Ta`lim to`g`risida”konun kabul kilinib, unda Ta`lim oluvchilarning salomatligini muxofaza qilish va mustahkamlashni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratish, ukish. Mexnat qilish, da olish uchun ta`lim muassasalari mas`uldir deyilgan.
O`quvchi yoshlarning ta`lim olishlari va ularning doimo soglom bulishlai davlat konunlari bilan muxofaza kilinadi. SHu tufayli barcha O`quvchi yoshlar kayerda ta`lim olmasin, ularga berilgan imtiyozlardan maksad yulida foydalanish, jismoniy kamolotni ta`minlash zarur buladi va bu bilan jismoniy tarbiyaning ijtimoiymoxiyatini yanada kutargan, uni imkon boricha inson hayotidagi yuksak omilkor ekanligini kelajakka meros kilib koldirishga hayotiy tajriba va amaliyot asos buladi.
XIX asrning II-yarmida ruslarning Turkistonga kelib urnashib olishi natijasida bu yerlarda erlar va kizlar gimnaziyalari maktablar tashkil kilindi. SHu sababdan bu ukuv yurtlarida jismoniy tarbiya mashgulotlari berila boshladi.
Turkiston ulkasida 1890-1900 yillarda maktablarda jismoniy tarbiya mashqlarini utkazish ancha jonlandi. Xarbiy maktab va bilim yurtlarida gimnastika, kilichbozlik va turli o`yin mashgulotlari tashkil kilinib, u asta-sekin maxalliy millat yoshlarining faoliyatiga uta boshladi. Bu paytlarda maxsus ukuv yurtlari, xarbiy xizmat joylarida gimnastika, laun-tennis va boshqa turlardan kichik musobakalar utkaziladi.
1916 yil 1-oktyabrda “sport safarbarligi” degan tashkilot ish boshlaydi. bunga erlar gimnaziyasi, semnariyasi, real bilim yurti, kommersiya (tijorat) va xunar bilim yurtlarining talabalari bir oy muddatga safarbar etilar edi. Xarbiy kushinlar uchun muljallangan jismoniy tarbiya dasturi bu kursda kullanilgan. Buning asosiy maksadi yoshlarni xarbiy jismoniy tayyorlash va kurikdan utkazish bulgan.
Bu davrlarda toshkentda velosport, kolichbozlik, gimnastika, yengil atletika buyicha utkazilgan saralash musobakalarida fakat xarbiy, rus amaldorlarigina ishtirok etishgan. Ularning asosiy Stokgolmda utkaziladigan (1912 yil) Xalqaro Olimpia uyilarida katnashish uchun rus komandalarini tuldirish kerak edi.
“Toshkent xavaskor velosipedchilar jamiyati” (1895), “Toshkentgimnastika va jismoniy mashq xavaskorlar jamiyati” (1904), “SOKOL” (lochin, 1906), yengil atletika gruxi tashkil eitilishi va ularda bir tudagina kishilar shugullansada, Turkiston ulkasida sport bilan shugullanishga asos soldi deb e`tirof etish mumkin.
1913 yilda tashkil etilgan “Toshkent sport xavaskorlar jamiyati”, Turkiston ulkasidagi eng yirik sport tashkiloti edi.
1911 yildan boshlab bu chempionatlarda uzbek polvonlari ham katnasha boshladilar. Turkistondagi sirklarda millik kurash musobakalari ham utkazilar edi.

Asosiy adabiyotlar:





Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling