O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi
Download 52.87 Kb.
|
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi. O‘zbekistonda demokratik prinsiplar va fuqarolik jamiyati talablari asosida siyosiy partiyalarni tuzish faqat mustaqillik davrida amalga oshirildi. Mamlakatda rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy an’analardan kelib chiqib siyosiy partiyalarning jamiyat instituti sifatidagi huquqiy maqomi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasida siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi quyidagicha belgilangan: “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar”219. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy partiyalar “jamoat birlashmalari” sifatida e’tirof etiladi220. Mazkur Konstitutsiyaning 58-moddasida esa “davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”221, deyiladi. Bu bilan, birinchidan, siyosiy partiyalar jamoat birlashmalari kabi jamiyatning instituti ekanligi e’tirof etiladi; ikkinchidan, siyosiy partiyalarning davlat hokimiyati organlari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi konstitutsiyaviy me’yorlar bilan ta’qiqlanib, uning davlat hokimiyatiga daxldor emasligi ta’kidlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida jamiyatdagi muxolifiy huquqni himoya qilish maqsadlarida quyidagi qoida mustahkamlangan: “Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muholifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas”222. 1991 yil 14 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining huquqiy jihatlarini ta’minlab berishi natijasida mamlakatda yangi siyosiy partiyalarning shakllanish jarayonlari boshlandi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror topishida 1996 yil 25 dekabrida Oliy Majlis qabul qilgan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun muhim o‘rin tutdi. Qonun 17 ta moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat yuritishlari uchun rivojlangan mamlakatlar mezonlari talablariga xos bo‘lgan huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5-moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishiini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o‘z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”223. SHuningdek, siyosiy hayotda birinchi marta qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko‘rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: -o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish; -saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; -qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; -partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; -qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; -O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish”224. Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu - siyosiy institutlarda va siyosiy jarayonlarda turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek, huquqiy davlat fuqarolari - plyuralistik fikrlashga qobil bo‘lgan shaxslarni shakllantirishdir. SHu maqsadlarda qonunning 13-moddasida Oliy Majlisdagi partiya fraksiyalarining erkin faoliyat yuritishlari, ularning hozirgi davr ilg‘or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning siyosiy rivojlanishiga hissa qo‘sha olish darajasiga ko‘tarilishlarining huquqiy jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisidagi fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida o‘z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun tuziladi”. Siyosiy partiyalarning jamiyatdagi va siyosiy munosabatlardagi funksiyalarini to‘la bajara olish qobiliyatini shakllantirish uchun ularning faoliyatlarini moliyaviy jihatlardan ham kafolatlash tajribasi O‘zbekistonga ham kirib keldi. 2004 yil 30 aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sessiyasi “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Xususan, siyosiy partiyalarga moliyaviy yordam berish partiyalarning siyosiy raqobatdagi imkoniyatlar notengligini kamaytiradi, ularning alohida jismoniy yoki huquqiy shaxslar guruhlariga nisbatan qaramligini yo‘qotadi. Natijada siyosiy partiyalar korrupsiyaga qarshi kurashning ta’sirchan vositasiga aylanadi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, “Siyosiy partiya, agar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq Qonunchilik palatasida siyosiy partiya fraksiyasini tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini olgan bo‘lsa, o‘zining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”. SHuningdek, qonunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat mablag‘larini “olish huquqiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar o‘rtasida ularning Qonunchilik palatasida olgan deputatlik o‘rinlari miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlaydi”225. SHu bilan birga, mazkur qonunga binoan siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasi va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga saylovda ishtirok etishi, shuningdek, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalarining faoliyati ham davlat tomonidan moliyalashtirilishi belgilab qo‘yildi. 2007 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan ”Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning qabul qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalar demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratadi. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” g‘oyalarini amalga oshirish mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichi boshlanganligini anglatadi. Konsepsiyada siyosiy partiyalar rolini oshirishga doir qonunchilik asoslarini demokratlashtirish va takomillashtirishga doir vaifalarni bajarish natijasida davlat boshqaruvini xalq irodasi asosida amalga oshirishga imkoniyatlar yaratiladi. Konsepsiyasida siyosiy partiyalarga hukumatni shakllantirish sohasida muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qaror qabul qilish vakolati berish taklifi ilgari surildi: “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi”226. Ko‘rinib turibdiki, siyosiy partiyalar saylovchilar (xalq) irodasini ifodachisi sifatida namoyon bo‘lib, hukumatni shakllantirishda eng asosiy siyosiy institut sifatidagi maqomga ega bo‘ldi. Albatta, bu holat fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri bo‘lib, partiyalar vositasida shakllangan hukumat xalq irodasi asosida shakllangani uchun ham u xalqchil siyosat olib borishga intiladi. Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan siyosiy partiyalardan biri, bu - Download 52.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling