O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir


Download 52.87 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi52.87 Kb.
#1580120
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida asos solindi. O‘zbekiston XDP o‘zini asosan ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishi, mamlakat siyosiy kuchlarining so‘l qanoti sifatida faoliyat yuritishini e’lon qildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga ehtiyojmand fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bular – iqtisodiyotda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlar; doimiy ish joyi va muqim maoshga ega bo‘lmagan aholi qatlami, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, pensionerlar hamda imkoniyatlari cheklangan kishilar. O‘zbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko‘zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni o‘zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo‘llab-quvvatlashiga umid bog‘laydi;

–katta hayotga kirib kelayotgan yoshlarning kasb-hunar tanlashi, ta’lim olishi va o‘qishni bitirganidan keyin ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun adolatli, barcha uchun teng hamda ijtimoiy ochiq shart-sharoitlar yaratish; pensionerlar, mehnatga layoqatsiz nogironlar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga kafolat beradigan pensiya ta’minoti va ijtimoiy nafaqalar tizimini shakllantirish;

-xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining hududiy ish o‘rinlari yaratish hamda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga moslashtirilgan xizmat va tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash borasidagi tashabbuslarini yanada rivojlantirish; shu o‘rinda mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud resurs hamda talab asosida xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda227.

SHuningdek, partiya butun jahon demokratik harakati so‘l qanotida qabul qilingan TENGLIK, OZODLIK, ADOLAT, BIRDAMLIK, DEMOKRATIYA VA INSON HUQUQLARI, TINCHLIK prinsiplari hamda xalqimizga xos bo‘lgan milliy va umuminsoniy gumanistik hamda demokratik qadriyatlarga amal qilishini asosiy maqsadlardan biri sifatida qabul qilgan. Partiyaning ijtimoiy ideali – O‘zbekistonda sotsial demokratik davlatni bunyod etishdir. “XXI asrda kuchli O‘zbekiston!” g‘oyasi partiyaning bu maqsadga erishishdagi asosiy g‘oyasi hisoblanadi228.

Hozirgi davrda O‘zbekiston XDP oxirgi saylovlarga o‘z safida 424.5 mingdan ziyod a’zolari bilan qantnashdi. Partiya a’zolarini bevosita birlashtiradigan 9955 ta boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatadi. Partiyaning Qonunchilik palatasida 21 ta deputatdan iborat fraksiyasi faoliyat olib boradi.

Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari: o‘zbek tilida chop etiladigan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi; rus tilida chop etiladigan “Golos Uzbekistana” haftaligi. 


Download 52.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling