O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar


partiyalar strategiyani belgilashga, fuqarolarni muqobil va boshqa xatti-


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana20.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1789780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning-fayllar.org


partiyalar strategiyani belgilashga, fuqarolarni muqobil va boshqa xatti-
harakatlarning 
ham 
mumkinligiga 
ishontirishga 
intiladilar;
- ijtimoiy manfaatlarni ifoda etish va saralash. Manfaatlarni guruhlar ham ifoda 
etishlari 
mumkin, 
lekin 
faqat 
partiyalargina 
ularni
markaziy davlat organlarining qarorlariga ta’sir ko’rsatadigan shaklda bir butun 
qilib 
birlashtira 
oladilar;
- fuqarolarni safarbar qilish va ijtimoiylashtirish. Partiyalar o’z faoliyatining uzoq 
muddatli ijtimoiy va g’oyaviy-psixologik asosini yaratadilar, ommaviy axborot 
vositalaridan foydalangan holda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantiradilar;
- hukmron elitani shakllantirish. Hokimiyatning mahalliyorganlarini, hukumatning 
avval yashirin, so’ngra esa real tarkibini shakllantiradilar; hokimiyatning vakolatli 
organlari bilan jamiyat o’rtasidaga aloqalarni ta’minlaydilar; boshqa siyosiy 
institutlar bilan birga davlat boshqaruvi va ijtimoiy boshqaruv mexanizmini 
shakllantiradilar, hukumat tuzilmalari va mexanizmlarining barqarorligini 
ta’minlaydilar;
- siyosiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish. Siyosiy partiyalar faoliyatining 
asosiy yo’nalishlari orasida dasturiy qoidalarni, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
strategiyani ishlab chiqishni alohida ajratib ko’rsatish lozim bo’ladi. Hozirgi zamon 
strategiyasini 
ishlab 
chiqishga 
malakali 
kadrlar 
jalb 
etiladi.
Partiyalarning fuqarolarni ijtimoiylashtirish borasidagi faoliyati ularning pirovard 
maqsadlari va ularga vakolat bergan ijtimoiy guruhlarning manfaatlari bilan 
bog’liq. Hukmron partiyalar ular himoya qilayotgan qadriyatlarning ijobiy qabul 
qilinishini, ular tutayotgan yo’lning keng ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishini 
ta’minlaydigan 
ijtimoiylashuvni 
amalga 
oshirishga 
intiladilar.
Har bir partiya uchun tegishli ijtimoiy birlashmalarning manfaatlarini himoya qilish 
vakolati juda muhimdir. Ushbu funksiyaning mazmunini mazkur manfaatlarni 
ifodalashning siyosiy vositalarini ta’minlash, ularni maqsadlar va ideallar shaklida 


bayon qilish hamda siyosatning boshqa subyektlari bilan o’zaro ta’sir jarayonida 
himoya qilish tashkil etadi. Manfaatlarni ifoda etish vakolati funksiyasi turli 
qatlamlar va guruhlarning o’ziga xos manfaatlarini muvofiqlashtirish asosida 
ijtimoiy birliklarning umumiy manfaatlarini jamlash yo’li bilan hamda davlat 
organlarini egallash va ular ustidan nazorat o’rnatish yoki siyosiy qarorlar qabul 
qilish va amalda hukmronlik qilish jarayonida ushbu organlarga tazyiq 
o’tkazishning 
turli 
shakllari 
vositasida 
amalga 
oshiriladi.
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling