partiyalar deputatlikka nomzodlarni ilgari suruvchi, saylov yakunlari bo’yicha
parlamentda va mahalliy hokimiyat vakillik organlarida o’z vakillariga ega
bo’luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va
dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatlar yaratuvchi
asosiy
institut
hisoblanadi.
Shunday ekan, fuqarolik jamiyati instituti hisoblanuvchi siyosiy partiya, birinchi
navbatda, vakillik demokratiyasining muhim bo’g’ini bo’lib, quyidagi vazifalarni
amalga
oshiradi:
- saylovlarda
fuqarolarning
ongli
va
faol
ishtirokini
ta’minlash;
- turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishda davlat hokimiyati va fuqarolik
jamiyati
institutlari
o’rtasida
vositachilik
qilish;
- o’z elektoratining tegishli manfaatlarini himoya qiluvchi konsepsiya, loyiha va
dasturlarni
ishlab
chiqish
va
ilguri
surish.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishlari uchun partiyalarga qonunchilikda quyidagi
huquqlar
belgilangan:
- o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va
qarorlarini
targ’ib
qilish;
- saylab qo’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni
tayyorlashda
ishtirok
etish;
- qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat
hokimiyati
organlari
saylovlarida
ishtirok
etish;
- partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni
o’tkazish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis
etish
va
boshqa
ommaviy
axborot
vositalaridan
foydalanish;
- O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular
bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish
Do'stlaringiz bilan baham: |