O’zbekistonda mavjud standart kuchlanishlar, hamda kuchlanishni tanlash sohasi


Download 0.81 Mb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1019316
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ko`p massali elektr yuritmalarni hisoblash

U ном = 4,34 L+16Р


Bu ifoda, uzunligi 250 km gacha bo’lgan va uzatilayotgan quvvati 60 mVt oshmagan liniyalar uchun ma’qul.
1000 km gacha masofaga uzatiladigan katta quvvatli liniyalar uchun A.M.Zalesko ifodasi qo’llaniladi:

Oxirgi ifoda, 35 dan 1150 kV gacha bo’lgan barcha nominal kuchlanishlar shkalasi uchun qoniqarli natija beradi.
Elektr tarmog’i variantlari yoki uning alohida uchastkalari xar hil nominal kuchlanishga ega bo’lishi mumkin. odatda, boshida ko’p yuklangan bosh uchastkalarning nominal kuchlanishi aniqlanadi. Halqasimon tarmoq uchastkalari, odatda, bir nominal kuchlanishga bajarilishi kerak.
YUqoridagi usullarning biri bilan topilgan kuchlanish yakin nominal kuchlanishga yaxlitlanadi. Barcha usullar Uном ning fakat taxminiy qiymatini aniqlash imkonini beradi.
Nominal kuchlanishning Uном taxminiy qiymati aniqlangandan so’ng xar kaysi aniq tarmoq uchun turli nominal kuchlanishlar variantlarining chegarlangan soni belgilanadi va ular texnik iqtisodiy solishtiriladi.
Turli nominal kuchlanishda tarmoqning bu variantlari uchun xarajatlarni solishtirish natijasida butun tarmoqning yoki uning alohida qismlarining nominal kuchlanishini asosli tanlash mumkin.
Ko’pincha, liniya boshidagi kuchlanish U1 oxiridagi kuchlanishdan U2 yuqori, chunki liniya orqali oqayotgan tok kuchlanish yo’qotilishini U=U1-U2 hosil qiladi (1.2.2-rasm).SHuning uchun iste’molchidagi kuchlanishni U2 tarmoq kuchlanishining nominal qiymatiga Unt yaqinlashtirish va liniya oxirida energiya sifatini ta’minlash uchun generator kuchlanishi Ung tarmoq kuchlanishiga Unt nisbatan 5% ga yuqori olinadi, transformatorning ikkilamchi chulg’amidagi nominal kuchlanish esa Unt ga nisbatan 5-10% ga yuqori (transformatorning o’zida taxminan 5% yo’qotiladi).
Demak, tarmoq va iste’molchilarning nominal kuchlanishlari: 6, 10, 35, 110, 220, 500, 750 kV (O’zbekistonda 750 kV dan tashqari, hammasi ishlatiladi).
G enerator va sinxron kompensatorlarning nominal kuchlanishlari: 6,3; 10,5; 21 kV.
Transformatorlarning ikkilamchi chulg’amining nominal kuchlanishlari: 6,3 va 6,6; 10,5 va 11; 22;38,5; 115 va 121; 230 va 242 kV.
Past kuchlanishli (1000 V gacha) tarmoqlarda fazalar orasidagi (surati) va fazali (mahraji) nominal kuchlanishlar quyidagicha qabul qilingan:
-tarmoq va iste’molchilar uchun - 220/127; 380/220; 660/380 V
-manbalar uchun - 230/133; 400/230; 690/400 V
-220/127 va 230/133 kuchlanishlar iqtisod nuqtai nazaridan tavsiya qilinmaydi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling