1-Mavzu: Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari Reja
Download 75.57 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasida quyidagilar taqiqlanadi
1-Mavzu:Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari Reja: Kompyuterdan foydalanishdagi talablar Kompyuter xonasida qo’yiladigan taqiqlar Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasida quyidagilar taqiqlanadi: · kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish; · kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish; · kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish; · nam qo’l bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash; · kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish; · kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish. 1. Informatika o’quv xonasining kengligi 6 m dan ortiq bo’lgan xonalarni ikki tomonlama yoritishda balandligi 2,2 – 2,9 m dan oshmaydigan deraza bo’lishi lozim. 2. Informatika o’quv xonasining doskasi sun’iy yoritishda ikki tomondan bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan lyuminessent yoritqichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo’llanilishi lozim. Yoritqichlar va derazalar kompyuter ekranida aks etishi mumkin emas. 3. Informatika o’quv xonalarida havoning organik tabiatli antropogen moddalar va dioksid uglerod bilan ifloslanishi sababli har qanday ob-havo‘sharoitida harorat va namlikning optimal holatda bo’lishini ta’minlay oladigan havo‘haydovchi shamollatish vositalari bo’lishi lozim. 4. Kompyuter stollariga elektr manbaining tortilishi qo’zg’almaydigan va ko’rinmaydigan bo’lishi lozim. 5. Informatika o’quv xonasida yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanish muddati ko’rsatilgan va to’ldirilgan o’t o’chirgich bo’lishi lozim. 6. Informatika o’quv xonasidagi sinf doskasi, ish stollari va javonlarning sathi nur qaytarmaydigan bo’lishi lozim. 7. Informatika o’quv xonasidagi zararli kimyoviy moddalarning havodagi miqdori havo atmosferasining sutkalik konsentrasiyasidan oshmasligi lozim. 8. Informatika o’quv xonasini yerto’lalarda joylashtirish taqiqlanadi. 9. Informatika o’quv xonasi doskasining chap yoki o’ng tomonida elektr ta’minotidan o’chirib yoqish uchun qurilma bo’lishi kerak. 10. Kompyuterning operativ xotirasida va qattiq diskida kuller (ventilyator) bo’lishi kerak. 11. Kompyuterning klaviaturasi va g’ildirakli sichqonchasi bo’lishi lozim. Download 75.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling