O’zbekistonda menejment nazariyasi qachon shakllangan. Usul nima. Boshqaruv usullarichi Korporativ boshqaruvning axamiyati


Korporativ boshqaruvning axamiyati-


Download 24.48 Kb.
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi24.48 Kb.
#260442
1   2   3
Bog'liq
BXA 59-2 Joniqulov Baxrom menejment

Korporativ boshqaruvning axamiyati- Ma'lumki, iqtisodiyotda turli boshqaruv shakllariga ega bo‗lgan tadbirkorlik tashkilotlari yonma-yon amal qilib keladi. Shular orasida korporativ shaklda boshqariluvchi tuzilmalarning boshqaruv tizimi anchayin murakkab va koproq diqqatga sazovordir. Ta'kidlash joizki, korporativ boshqaruv tuzilmalarining samarali faoliyat yuritishi, ular aksiyadorlarining manfaatlari toalaqonli bolishi, investitsion jozibadorligi, moliyaviy inqirozga uchramasligi kop jihatdan korxonada amal qilayotgan korporativ boshqaruv tizimiga bog‗liq. Shunday ekan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini tashkil etish hamda ushbu tizimni takomillashtirish yo‗llarini o‗rganish muhim vazifalardan biri sanaladi.

Yurtboshimiz ta‘biri bilan aytganda, “2014 - yil yuqori o‟sish sur‟atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‟zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‟ladi”2. Shunday ekan, Korporativ boshqaruv tizimini tegishli tartibda o‗rganish bugungi kunning muhim strategik yo‗nalishlaridan biridir. Zero, mamlakatimizda hali to‗la – to‗kis tadqiq etilmagan mazkur sohani iqtisodiyotda keng targ‗ib etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda korporativ tuzilmalarning roli va ahamiyatini oshirish borasida hali ko‗plab vazifalarni amalga oshirish lozim. Bu esa istiqbolda mazkur boshqaruv shaklidan samarali foydalanish maqsadida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida amal qilib kelayotgan korporativ boshqaruv usullarini teran tahlil etish lozimligini ko‗rsatadi.

Mulkchilik shakllarining turli-tumanligi va ularning huquqiy jihatdan tеngligi milliy iqtisodiyotda bozor munosabatlari qaror topishining eng muhim sharti hisoblanadi. Rеspublikamizda bosqichma-bosqich olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va davlat mulkini хususiylashtirish natijasida yakka mulkchilikka barham bеrildi va yangi mulkchilik shakllari, хususan, aksiyadorlik jamiyatlari rivojlana boshladi. Ayni vaqtda хususiy korхonalar, mas‘uliyati chеklangan jamiyatlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi tuzilmalar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar va huquqiy asos yaratildi. Buning natijasida tobora kеng ko‗lamda faoliyat yuritayotgan korporativ tuzilmalarni samarali boshqarish va rivojlantirish dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Shuningdek bugungi kunda ham mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish yo‗nalishidagi vazifalarni hal etishda modеrnizatsiya qilinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalarining korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish muhim rol o‗ynamoqda.

Mamlakatimizda korporativ boshqarishning milliy modelini shakllantirish jarayonlari davom etmoqda, shu sababli ushbu bitiruv malakaviy ishida korporativ

Korporativ boshqaruvning paydo bolishi va rivojlanishi iqtisodiyot evolyutsiyasi qonuniyatini ozida aks ettiradi. Bu boshqaruv shakli tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish shakllari va tamoyillariga yangi talablar qoyilishi, tadbirkorlik birlashmalarini tashkil etishga yondashuvlarning rivojlanishi bilan vujudga kelgan.



Korporativ boshqaruv tarixining yana bir bosqichi sifatida mustaqil yuridik shaxslar va monopoliyalar korinishidagi xojalik birlashmalarini tashkil etish hisoblanadi. Bu ko‗rinishdagi birinchi birlashma 1882-yilda Jon R. Rokfeller tomonidan bir necha neft korporatsiyalarini qoshish yoli bilan tashkil etgan ―Standart Oil‖ kompaniyasi bo‗ldi4. Yuqorida keltirilgan shaxs va tahlillardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, korporativ boshqaruvning paydo bo‗lishi va rivojlanishi uyushmalar, shirkatlar, korporatsiyalar va aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvi bilan bogliqdir.
Download 24.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling