O'zbekistonda metallurgiya. Cho'yan va po'lat ishlab chiqarish


Download 269.5 Kb.
bet3/3
Sana08.05.2020
Hajmi269.5 Kb.
#104173
1   2   3
Bog'liq
Dars ishlanma. Cho'yan va po'lat ishlab chiqarish.


Po’lat ishlab chiqarish. Xalq xo‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan po‘lat, asosan, cho‘yanni qayta ishlab olinadi. Po‘lat olish jarayonining asosiy mohiyati cho‘yan tarkibidagi uglerodni kamaytirish hamda oltingugrt, fosfor, kremniy, marganeslarni iloji boricha yo‘qotishdan iboratdir. Buning uchun havo kislorodi yordamida temirning ma’lum bir qismi oksidlanib, temir (II)-oksidiga va hosil bo‘lgan temir (II)-oksidi yordamida cho‘yan tarkibidagi qo‘shimchalar oksidlanadi.
2Fe + O2 → 2FeO + Q

5FeO + 2P → 5Fe + P2O5 + Q

2FeO + Si → 2Fe + SiO2 + Q

FeO + Mn → Fe + MnO + Q

FeO + C → Fe + CO↑ + Q
Uglerod CO va CO2 gazlari ko‘rinishida chiqarib yuboriladi. Kremniy, marganes va boshqa metallarning oksidlari shlak tarkibiga o‘tadi.

Oltingugurt — cho‘yan tarkibida FeS ko‘rinishda bo‘ladi va u CaO yordamida CaS shakliga o‘tadi. Fosfor esa cho‘yan tarkibidagi fosforni oksidlanishida hosil bo‘lgan P2O5 ni ohak bilan ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘lgan Ca3(PO4)2 shaklida shlak tarkibiga o‘tadi.


FeS + CaO = CaS + FeO

3CaO + P2O5 = Ca3(PO4)2


To‘yingan cho‘yandan po‘lat olish jarayoni kislorod konvertori, marten pechi yoki elektr yoyi pechlarida amalga oshiriladi (3- va 4- rasmlar).

Bekobod metallurgiya zavodida marten usulidan foydalaniladi.


3-rasm. Marten pechi (kesmasi).



4-rasm. Kislorod Konvertori.



Po‘latning xossalari. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra po‘lat uglerodli va legirlangan po‘latlarga bo‘linadi. Legirlangan po‘latlar tayyorlashda po‘latning xossalarini kuchli tarzda o‘zgartirish xususiyatiga ega bo‘lgan turli legirlovchi qo‘shimchalar: xrom, nikel, titan, molibden, vanadiy, volfram va boshqalar qo‘shiladi. Hamma po‘latlar umumiy bo‘lgan mustahkamlik va plas-

tiklik xususiyatlariga ega. Ularni bolg‘alash, yoyish, shtamplash, sim qilib cho‘zish mumkin. Po‘latlar texnikada ishlatilish sohalariga qarab, konstruksion, asbob-uskunabop turlarga ham bo‘linadi.



Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi. Cho‘yan olish va uni qayta ishlovdan o‘tkazib, po‘lat olish murakkab jarayonlardan iborat va atrof-muhitning chang, qurum, zaharli gazlar, shlaklar, oqova suvlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Shuning uchun rudalardan temir va po‘latni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olish usullarini ishlab chiqish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu jarayonlarda qaytaruvchi sifatida koksdan foydalanilmaydi, uning o‘rniga vodorod va tabiiy gaz kabilar ishlatiladi.

Rudalardan olinadigan g‘ovak temir juda toza bo‘lib (uglerod va boshqa qo‘shimchalar tutmaydi), marten va elektr pechlarida po‘lat va kukunsimon po‘lat olishda keng qo‘llanilmoqda.

Temir rudalaridan kokssiz temir olish usuli qora metallurgiyada yangi chiqindisiz texnologiyalar qo‘llashga misol bo‘ladi. Bunda sezilarli darajada suv sarfi va oqova suvlar miqdori ham da qattiq chiqindilar va atmosferaga chiqariladigan gazlar

miqdori ham kamayadi.




IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Test asosida.




1) Domna pechining balandligi necha metrgacha bo’ladi?

A) 10 000

2) Domna pechi necha yil tanaffussiz ishlaydi?

B) 4,5

3) Domna pechining bir kecha-kunduzdagi mahsuldorligi qancha tonna cho’yanni tashkil qiladi?

C) 10

4) Cho’yanda uglerod necha foizgacha bo’ladi?

D) 2

5) Po’latda uglerod necha foizgacha bo’ladi?

E) 31

Kalit: 1E 2C 3A 4B 5D
V. Oquvchilar bilimini baholash.

O’quvchilarning dars davomida olgan ballari qayd qilib boriladi va umumiy ballga ko’ra g’olib guruh aniqlanadi. O’quvchilar esa dars davomidagi ishtirokiga ko’ra baholanadi va baholar sinf jurnali bilan o’quvchilarning kundalik daftarlariga qo’yiladi.



VI. Uyga vazifa:

1) Mavzuni o’qish (165-171-betlar).

2) Mavzu oxiridagi savollarga javob yozish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. I. R. Asqarov, K. G’opirov, N. X. To’xtaboyev.

9-sinf uchun darslik. (Toshkent-2019)

2. I. R. Asqarov, K. G’opirov, N. X. To’xtaboyev.

9-sinf uchun darslik. (Toshkent-2010)

3. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.

5-qism.


« Табиатин барои инсон

мулки бебаҳо аст!»
«Ватан — монанди

саҷдагоҳ муқаддас аст!»




Download 269.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling