O'zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi reja valyutaning tayyorlanish bosqichlari so’mning qabul qilinishi
-2013 yillarda O`zbekiston Respublikasidada quyidagi pul birliklari muomalaga kiritilgan
Download 36.41 Kb.
|
O\'zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi-fayllar.org
1994-2013 yillarda O`zbekiston Respublikasidada quyidagi pul birliklari muomalaga kiritilgan
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining: - 1994 yilning 1 iyulidan boshlab, O`zbekiston Respublikasi milliy valyutasining 1994 yil namunasidagi qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 so`m bo`lgan banknot (qog`oz pul) lar hamda qiymati 1, 3, 5, 10, 20 va 50 tiyin bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi; - 1997 yilning 1 martidan boshlab 1997 yil namunasidagi qiymati 200 so`m bo`lgan banknotlar hamda qiymati 1, 5 va 10 so`m bo`lgan metall tangalap muomalaga kiritildi; - 1999 yilning 20 oktyabridan boshlab Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyiga bag`ishlab, 1999 yil namunasidagi qiymati 25 so`m bo`lgan esdalik metall tangalar muomalaga kiritildi; - 2000 yilning 15 mayidan boshlab 2000 yil namunasidagi qiymati 1 so`m bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi; - 2000 yilning 1 iyundan boshlab 1999 yil namunasidagi qiymati 500 so`m bo`lgan banknotlar muomalaga kiritildi; - 2001 yilning 1 sentyabridan boshlab 2001 yil namunasidagi qiymati 1000 so`m bo`lgan banknotlar va O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligiga bag`ishlab 2001 yil namunasidagi qiymati 5, 10 va 50 so`m bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi; - 2002 yilning 1 noyabridan boshlab Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga bag`ishlangan 2002 yil namunasidagi qiymati 50 so`m bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi; - 2005 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston milliy valyutasining 10 yilligiga bag`ishlab chiqarilgan 2004 yil namunasidagi qiymati 100 so`m bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi; - 2009 yilning 1 sentyabridan boshlab Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag`ishlangan 2009 yil namunasidagi ikki xil ko`rinishdagi qiymati 100 so`m bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi; - 2011 yilning 1 sentyabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag`ishlangan 2011 yil namunasidagi qiymati 500 so`m bo`lgan metall tangalar muomalaga kiritildi; - 2013 yilning 1 iyulidan boshlab 2013 yil namunasidagi qiymati 5000 so`m bo`lgan banknotlar muomalaga kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining “O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to'g'risida”gi 1994 yil 16 iyundagi farmoni bilan 1994 yilning 1 iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to'lov vositasi sifatida muomalaga chiqapilgan. Muomlaga 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so'mlik, 1997 yil 1 martdan 200 so'mlik, 2000 yil 1iyuldan 500 so'mlik, 2001 yil. 1 sentyabrdan 1000 so'mlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50 so'm qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan. Somning muomalaga kiritilishi O'zbekiston pul muomalasi va hisob –kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini ta'minlashni O'zbekiston respublikasining Markaziy banki amalga oshiradi. Download 36.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling