O'zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi reja valyutaning tayyorlanish bosqichlari so’mning qabul qilinishi
Download 36.41 Kb.
|
O\'zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi-fayllar.org
Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Sobiq Ittifoq (Rossiya)da 1922—23 yillarda eski 1 mln. rubl yangi 1 rublga, Germaniyada Birinchi jahon urushi va undan soʻnggi davrlarda pulning haddan tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924-yilgi Pul islohotlari davrida yangi 1 marka eski 1 trln. markaga, Gretsiyada 1944-yil noyabr da 50 mlrd. draxma yangi 1 draxmaga almashtirilgan edi. Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi arafasida va undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda Pul islohotlari (Belgiya — 1944-yil, Fransiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya — 1945-yil, Yaponiya — 1946-yil, Avstriya — 1947-yil) amalga oshirildi. Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim Pul islohotlari Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan oʻsha davrgacha muomalada boʻlgan mayda mis tangalar oʻrniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq boʻlgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar boʻlganligi va ularda zarb etilgan tangalar Yevropada ham mashhur boʻlganligi haqida koʻp maʼlumotlar bor. Birgina Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1428-yil amalga oshirilgan Pul islohotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada boʻlishi taqiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Ter-mizda yangi tangalar zarb etila boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, fakat Buxorodagi zarbxona faoliyati saklab qolinib, qolganlari yopilgan. Shayboniylar davrida ham tangalar zarb kilishda yangilik kiritilgan. Ol-dingi xukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamgʻalar zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu davrda, asosan, dinor nomi bilan yuritilgan juda koʻp miqdordagi mis tangalar va vazni 3 g boʻlgan kumush tangalar muomalada boʻlgan. 19-asrning boshlaridan Buxoro amirligida vazni 4,5 g lik "tillo" nomi (oltin) bilan tangalar zarb etilgan. Kumushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari 1920-yilga qadar muomalada yurgan. Buxoro amirligida 1918-yildan boshlab muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 va 10000 tangalik qogʻoz pullar chiqarilgan. 1921-yilda Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda koʻrsatilgan qogʻoz pullarni chiqara boshladi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega boʻlgan. 1922-yilda Buxoro Xalq banki tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pulning nominali yuzlab marta kamay-tirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarildi. Ammo koʻp oʻtmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul belgilari bozor ehtiyojlarini qondira olmadi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar bosib chiqarildi. 1920—21 yillarda Xorazm Sovet Xalq Respubli-kasi (XSXR) tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl nominalida ipakdan qoʻlda toʻqilgan maxsus pul belgilari chikarilgan. Ushbu pullar XSXR tugatilganga qadar, yaʼni 1924-yilgacha muomalada boʻlgan. Yuqori inflyasiya natijasida 1922 — 23 yillarda XSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi no-minalini koʻrsatuvchi tamgalar bosilgan. 1921—22 va undan keyingi yillarda Pul islohotlarini oʻtkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923—24 yillarda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl chervon) bilan almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921-yil 1-yanvar dan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul islohotlari oʻtkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947-yilda sobiqSSSRda Pul islohotlari oʻtkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona tartib oʻrnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirildi. 1950-yilga kelib oltin tovar za-xirasining koʻpayishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi oʻzgarishi 1961-yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishiga olib keldi. Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq It-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Bi-rinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-yildagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻmkupon" muomalaga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 soʻmkupon qogʻoz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994-yil 1-iyulidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm 1 soʻm = 1000 soʻmkupon nisbati bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm boʻlgan bank qogʻoz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin boʻlgan metall tangalar chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish im-konini berdi. Hisobkitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997-yildan boshlab muomalaga 200 soʻmlik, 1999-yildan 500 soʻmlik va 2001-yildan 1000 soʻmlik bank qogʻoz pullari (banknotlar) muomalaga chiqarildi adimgi Turon — Turkiston, shu jumladan, bugungi Oʻzbekiston davlatchiligi tarixini yoritishda tanga pullarning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻplab arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, Oʻzbekiston — Markaziy Osiyo tarixida nafaqat ilk shaharsozlik madaniyati va davlatchilik anʼanalari vujudga kelgan hududlardan biri‚ balki mintaqadagi miloddan avvalgi ming yillikning IV-III asrlarida dastlabki mahalliy tanga pullar zarb qilina boshlangan mintaqadir. Tovar ayirboshlashning eng qulay vositasi boʻlmish tanga zarb qilish anʼanasi Turonda ikki ming yillik oʻtmishga ega. Turli qimmatbaho metallar — mis, kumush va oltindan tanga yasash ishlari ilk bor miloddan avvalgi III-II asrlarda Baqtriyada, keyinchalik Kushonlar saltanati (mil. I-III asrlar) davrida, milod boshlaridan Soʻgʻd va Xorazmda, IIIIV asrlarda esa Choch vohasida yoʻlga qoʻyiladi. Ilk oʻrta asrlarda birin-ketin Fargʻona, Ustrushona, Oʻtror va Yettisuvdagi sulolalar oʻz tangalarini chiqara boshlaydilar. Bu davr tangalarining aksariyati soʻgʻdiy yozuvda, boshqalari qadimgi xorazm, boxtar, pahlaviy (oʻrta fors) va qadimgi turk-run yozuvidadir. Tangalarni tarixiy manba sifatida oʻrganishning ahamiyati shundaki, birinchidan, turonlik hukmdorlar ismi va unvonlarining xitoy, yunon, arabfors va boshqa tillardagi yozma manbalarda uchrab, ushbu tillarga moslashtirib yuborilgan va asli qanday boʻlgani tushunarsiz boʻlib qolgan mahalliy shaklini tanga yozuvlariga tayanib tiklash imkoniyati boʻlsa, ikkinchidan, tangalardagi yozuv, tasvir va turli belgilar orqali oʻsha davr madaniyati boʻyicha muayyan tasavvur hosil qilish mumkin. Ilk oʻrta asrlarda mintaqa xalqlari davlatchiligida yuz bergan tub oʻzgarishlar pul munosabatlarida ham oʻz aksini topgan boʻlib, bu davrda kuchli saltanatlarga asos solgan eftaliylar (420-565), Turk hoqonligi (552-744) bilan bir vaqtda Choch, Oʻtror, Fargʻona, Ustrushona, Soʻgʻd, Buxoro, Toʻxoriston, Xorazm, Marv singari vohalar hukmdorlari ham oʻz tangalarini zarb qilgan. Asosan mis, qisman kumushdan yasalgan tangalarda koʻpincha ularning aynan qaysi hokimlikka tegishli ekanini bildiruvchi joy nomi, boshqaruvchisining ismi va unvoni bilan birga hokimiyat va davlatchilik anʼanalarini aks ettiruvchi belgilar — tamgʻa, oʻq-yoy, ilohiy timsollar, taxt tasvirlari bor. Turon tangalari boʻyicha XX-XXI asr boshlarigacha amalga oshirilgan izlanishlarda anchagina ilmiy yutuqlar qoʻlga kiritilgan. Shu bilan birga, koʻplab tanga yozuvlari oʻnlab yillar davomida oʻqilmasdan qolgani yoki ularning qaysi hukmdorlikka tegishliligi masalasi yechilmasdan kelganini ham aytib oʻtish kerak. Shuningdek, ayrim tangalar boʻyicha notoʻgʻri talqinlar bildirilib, mamlakatimiz tarixining ayrim davrlariga nisbatan asossiz tushunchalar kelib chiqqanini ham eʼtibordan qochirib boʻlmaydi. Ilk oʻrta asrlar tangalarining tarixiy manba sifatida oʻrganilishi davomida koʻplab yutuqlar qoʻlga kiritilganiga qaramay, bir qator muammolar ham bor. Ayrim tadqiqotlarni istisno qilsak, bu soha dunyo, xususan, Gʻarb tarixshunosligida oʻz oʻrnini yetarlicha topgani yoʻq. Mintaqamizning islomdan oldingi tarixi boʻyicha Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya va Fransiyada oʻnlab yirik mutaxassislar yetishib chiqqaniga qaramay, ularning ishlarida tangashunoslik boʻyicha ilmiy yangiliklar oʻz ifodasini deyarli topmagan. Holbuki, Turonning janubiy hududlari va unga tutash tarixiy oʻlkalar — Shimoliy Afgʻoniston, Xuroson va Shimoliy Hindistonda ilk oʻrta asrlarda zarb qilingan boxtariy, pahlaviy (oʻrta fors) va qadimgi hindcha yozuvli xioniy (xun), eftaliy va ashinaliylar sulolasiga tegishli yuzlab tangalar topilgan. XX asr ilk choragida ularni oʻrganishga keng koʻlamda kirishilishi natijasida yuzlab maqola va oʻnlab asarlar yozilgan. Biroq mintaqaning soʻgʻdiy, xorazmiy va qadimgi turk-run yozuvli tangalari oʻrganilishi borasida bunday deyish qiyin. Toʻgʻri, mustaqillikdan oldin bunday tangalarni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻrganish imkoniyati boʻlmagan, shu bois ham dunyo tangashunoslari bu masalada eʼtiborni janubiy hududlarga qaratgan boʻlishlari mumkin. Ammo bugungi kunga kelib ahvol oʻzgardi, chet ellik tadqiqotchilarning yurtimizga kelib, ilmiy adabiyotlar va muzeylardagi tangalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tanishish barobarida arxeologiya qazishmalarida qatnashishlari uchun yoʻl ochildi. Mustaqillik yillarida oʻzbek tangashunosligi oʻzining yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Xususan, mazkur mavzuda 1990-yillardan bugungi kungacha yuzlab maqola va asarlar chop etilishi bunga dalil boʻla oladi. “Numizmatika Sentralnoy Azii” jurnali nashr qilinib kelinayotgani ham diqqatga sazovor. Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy banki toʻplamida saqlanayotgan tangalar fihristi 4 jildda oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr qilindi. Yaqin yillargacha aksariyat tadqiqotlarda VIVIII asrlarga taalluqli tangalarning bir boʻlagini “Qadimgi turk tangalari” guruhi tashkil qilishiga urgʻu berilsa-da, ularning qaysi hukmdor yoki sulolalarga tegishliligi masalasi hal qilinmagan. Hatto “hoqonlik tanga zarb qildirganmi yoki yoʻqmi” mazmunidagi fikr deyarli oʻrtaga tashlanmagan. Koʻpchilik tadqiqotchilarda ilk turkiy tangalar Turgash hoqonligi tomonidan chiqarilgan, degan qarash shakllangan. Qariyb yigirma yillik izlanishlar natijasida Turk hoqonligining mamlakatimiz va jahon tangashunosligi xabardor boʻlmagan bir necha oʻnlab turdagi tangalari aniqlanib, ilmiy muomalaga kiritildi. Bugungi kunda asosan Toshkent, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlaridagi islomdan oldingi davrlarga tegishli shaharlar qoldiqlaridan topilayotgan yuzlab tangalar sinchiklab oʻrganilganda, ularning hoqon, xotun, jabgʻu, jabgʻu hoqon, tegin, tutuq, tarxon kabi oʻnlab turkiy unvonlar bilan zarb etilgani aniqlandi. Ushbu tangalarning sezilarli qismi toʻgʻridan-toʻgʻri hoqonlik, bir qismi esa hoqonlik bilan aloqador sulolalar tomonidan zarb etilgan. Jumladan, VI–VIII asrlarda Choch (Toshkent) vohasida zarb etilgan mis tangalarning kattagina qismi gʻarbiy ashinaliy hoqonlarga tegishli boʻlib, old tomonida qadimgi turklarga xos qiyofadagi hukmdor tasviri va teskari tomonida soʻgʻdiy yozuvda jabgʻu, jabgʻu hoqon kabi unvon va vasflar, hukmdorlarning Tardu hoqon, Yelbi Ishbara jabgʻu hoqon, Ilohiy Tun jabgʻu hoqon singari ismlari va hoqonlikning etnosiyosiy nomi sifatida Turk hoqon iborasi uchrashi ularning aynan hoqonlikka tegishli tangalar boʻlganidan darak beradi. Shu oʻrinda aytib oʻtish kerak, Turk xoqon unvoni bilan zarb etilgan tangalar oʻziga xos jihatlari bilan boshqalaridan birmuncha ajralib turadi. Birinchidan, ular Chochning koʻpincha 2 sm. oʻlchamli boʻlgan boshqa tangalaridan yirik ekani (4 sm.) hukmdor tasvirining ustomonlik bilan chizilgani, salmogʻi ham ancha ogʻirligi (4 gr.) bilan diqqatni tortadi. Ikkinchi tomondan, barcha turkiy ellarni birlashtiruvchi nom boʻlgan turk etnonimi — elat nomi yozma yodgorliklar orasida ilk bor tangalarda uchraydi. Bungacha ushbu atama aynan shu koʻrinishda milodiy VIII asrning ilk oʻn yilliklariga tegishli Oʻrxun-Enasoy bitiktoshlari va VII asr oʻrtalarida yaratilgan xitoy yilnomalarida uchrab, uning koʻplab tillardagi yozma manbalarda keng oʻrin ola boshlashi oʻrta asrlarga toʻgʻri kelar edi. Demak, aytib oʻtilgan Choch tangasining VI asrning soʻnggi oʻn yilliklariga toʻgʻri kelishi esa turk etnonimi qadimiyatini yana bir-ikki asrga uzaytiradi. Yaqin yillarda aniqlanib, ilmiy muomalaga kiritilgan tangalar qatoriga VI-VIII asrlarda Samarqandda zarb qildirilgan Turon hukmdori unvonli tangalarni ham kiritish mumkin. Oʻng tomonida qadimgi turklarga xos uzun sochli hukmdor tasviri, teskari tomonida esa islomdan oldingi Samarqand hukmdorlariga tegishli tamgʻa va yozuv oʻrin olgan ushbu tangalarning ilk nusxalari allaqachon topilib, ilm ahliga tanitilgan boʻlsa-da, ulardagi soʻgʻdiy yozuv turlicha oʻqilgan va bu tangalarning hoqonlik bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida bir ogʻiz soʻz aytilmagan edi. Ushbu tanga yozuvlarida Turon atamasi uchrashi yurtimiz nomining oʻsha chogʻlardayoq Turon — Turkiston deb atalganini yana bir bor tasdiqlamoqda. Endilikda “Turon va Turkiston atamalari oʻzaro bogʻliq emas”, deb jar solib kelgan ayrim xorijlik izlanuvchilarning oʻy-xayollari chippakka chiqdi, deya olamiz. Demak, bundan ming yil oldin buyuk ota-bobolarimiz Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Yusuf Xos Hojib yozib qoldirgan Turon — turklar yurti, Mazduron asli Marzi Turon, turk oʻlkalarining chegarasi demakdir” mazmunidagi maʼlumotlar ushbu tangalar orqali oʻz tasdigʻini top moqda. Oʻzbekiston numizmatikasida qoʻlga kiritilgan yutuqlardan yana biri mustaqillik yillariga toʻgʻri kelib, qariyb bir asrdan beri yozuvlari toʻliq oʻqilmasdan, qaysi sulolaga oidligi aniqlanmay kelayotgan Choch tangalaridan sezilarli bir qismining Choch teginlari sulolasi (605-750-y.y.) tomonidan zarb qilinganining aniqlanishi boʻldi. Ushbu tangalarda oʻng tomonida qadimgi turklarga xos uzun sochli, dumaloq yuzli, biroz qisiq koʻzli hukmdor tasviri, teskari tomonida sulolaviy tamgʻa va uning tegrasida “Choch hukmdori teginning puli” jumlasi oʻrin olgan. Shu tariqa Xitoy yilnomalarida Shi-go van Dele (Choch davlati hukmdori tegin) shaklida uchrab, 605750-yillar orasida vohani boshqargan sulola nomi Choch teginlari boʻlgani va ular oʻz tangalarini zarb qilgani ayon boʻldi. Tangashunosligimizda yutuqlar bilan birga qator muammolar ham bor. Birinchidan, bu sohada izlanishlar olib boruvchi yosh mutaxassislar ancha kamchilikni tashkil etsa, ikkinchi tomondan, jahon tangashunoslarining bu sohaga jiddiy eʼtibor bermasligidir. Misol uchun, bugungi kunda yuzlab nusxalari topilayotgan xorazm tangalari bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchilar deyarli yoʻq. Shuningdek, osori-atiqa toʻplovchilar tomonidan turli yoʻllar bilan yigʻilayotgan tangalarning koʻpi chet ellik toʻplovchilar qoʻliga borib tushayotgani ularni tariximizning qimmatli va zarur manbasi sifatida oʻrganish imkoniyatini qiyinlashtiryapti. Tangalardan oʻrin olgan har bir yozuv, tasvir, belgi va boshqalar oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy turmushi — tarixiy voqeliklar bilan chambarchas bogʻliq. Yangi tangalar topilishi va ulardagi yozuvning toʻlaqonli oʻqib chiqilishi esa shu paytgacha qorongʻu boʻlib qolayotgan masala va mavzularni yoritishga xizmat qilishi kerak. http://fayllar.org Download 36.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling