Pul islohotlari reja
Download 47.67 Kb.
|
9-Mavzu. Pul islohotlari reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Pul islohotini amalga oshirishning zarurligi.
Pul islohotlari REJA: 1.Pul islohotini amalga oshirishning zarurligi. 2.Pul islohotlarini amalga oshirish shart-sharoitlari. 3.Pul islohoti turlari va ularni amalga oshirish usullari. 4.Demonitizatsiya va nullifikatsiyani amalga oshirish tartibi. 5.O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ulrning o’ziga xos xususiyatlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Pul islohotini amalga oshirishning zarurligi. Pul islohoti - pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o‘zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, II Jahon urushidan keyin oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o‘tkazildi. Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning harid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib boorish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshib boradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish zarurki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi. So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’yekylarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. So’mning barqarorligini ta’minlashda undan oqilona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi. Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. Pul-kredit siyosatini shakllantirish jarayonida bir vaqtning o‘zida ikkita bir-biriga qarama qarshi vazifani xal qilishga to‘g‘ri keladi. Bir tomondan, muomaladagi pul massasining o‘zgarishini mumkin qadar moslashuvchan qilish, xo‘jalik konyukturasi (holati)dagi har qanday o‘zgarishlarga tezkor munosabat bildira olish, o‘sib borayotgan amaliy faollikni qo‘llab-quvvtlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan – muomaladagi pul massasining ko‘payishini ma’lum darajada cheklash hamda muomalaga ortiqcha bo‘lgan to‘lov vositalari massasining tushushiga yo‘l qo‘ymaslik. YUqoridagi maqsadlarga etishish uchun pul-kredit siyosatida quyidagi usullar qo‘llaniladi: bevosita (ma’muriy usul); bilvosita (iqtisodiy usul). Bevosita (ma’muriy) usullarga Markaziy banklar faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan belgilaydigan bevosita cheklovlar yoki taqiqlar kiradi. Ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashda ko‘pincha quyidagi vositalar qo‘llaniladi: turli toifadagi qarzlarni berishning va kredit resurslari jalb qilishning eng yuqori miqdorlarini joriy qilish; tijorat banklarining filiallar va bo‘limlar ochishini cheklash; vositachilik haqining, xar xil xizmatlar ko‘rsatganligi uchun ta’riflarni, foiz stavkalarining miqdorlarini chegaralash; operatsiyalarning, shuningdek ta’minotning ayrim turlarini, ba’zi xil operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan banklar ro‘yxatini belgilash. Bevosita (ma’muriy) usul vositalari hukumat tomonidan ko‘zda tutilgan pul-kredit siyosatining maqsadlarini rejalash raqamlari bevosita ko‘rsatib o‘tilgan qoidalaridan foydalanish asosida erishish uchun mo‘ljallangandir. Bozor iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatini ro‘yobga chiqarishni asosiy turlariga quyidagilar kiradi: eng kam zaxira talablarini joriy etish; tijorat banklarini qayta moliyalash miqdorlari va shartlarini belgilash; ochiq bozordagi operatsiyalar. Taraqqiy etgan davlatlarning monetar siyosat borasidagi tajribalaridan O‘zbekiston amaliyotida foydalanish uchun, fikrimizcha, quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini joriy qilish lozim. Buning natijasida qayta moliyalash siyosatining samaradorligi oshadi. 2. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira siyosatini takomillashtirish maqsadida transaksion depozitlar va korxonalarning jamg‘arma depozitlariga nisbatan amaldagi 15 foizli majburiy zaxira stavkasini saqlab qolgan holda, muddatli depozitlarni majburiy zaxira talabnomalaridan to‘liq ozod qilish lozim. 3. Fikrimizcha, xalqaro reyting agentliklarining (Standart end Purs, Mud’s) kamida VVV reytingiga ega bo‘lgan respublikamiz korxonalarining oddiy aksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari ob’ekti tarkibiga kiritish yo‘li bilan ochiq bozor operatsiyalarining hajmini oshirish lozim. Rejali iqtisodiyot davrida aqd pul oboroti va naqd pulsiz hisob- kitoblar oralig‘ida mustahkam “chegara” o‘rnatilgan. Naqd pullik hisob-kitoblar doirasi qonun, qaror yoki maxsus yo‘riqnomalar bilan belgilab berilgan. Ushbu doiradan tashqaridagi hisob-kitoblar faqat naqd pulsiz ya’ni hisobraqamlardan pul ko‘chirilishi yo‘li bilan amalga oshirilgan. Inflatsiyaga qarshi siyosat negizini pul miqdorining o‘sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o‘sishi bilan bog‘lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish zarur. Chunki xarid qilish uchun molar yetarli bo‘lmagan holda aholi qo‘lida pulning ortiqcha ko‘payib ketishi inflatsiyaning yanada avj olib ketishiga sabab bo‘ladi. Pul miqdori bilan birga narxlarning ham tobora o‘sib borishi muqarrar ravishda, uzoq davom etadigan giperinflatsiyani keltirib chiqaradi. Bu, o‘z navbatida, milliy ishlab chiqarishning izdan chiqishi, aholi keng tabaqalarining qashshoqlashishi va butun ijtimoiy tizimning barbod bo‘lishi xavfini tug‘diradi. Tovarlar taqchilligi mavjud bo‘lib turgan hozirgi bosqichda giperinflatsiyaning oldini olish uchun aholi iste’mol fondining o‘sishini ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmatning moddiy hajmi ko‘payishiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yish zarur bo‘ladi. Ichki bozorni mollar va xizmatlar bilan to‘ldirish, muomalaga o‘rinsiz ortiqcha pul chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, milliy valuta barqarorligini ta’minlash va xalq turmush darajasini o‘stirishning muhim shartidir. So‘mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o‘sishiga, aholi qo‘lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik birinchi darajali 20 ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi kerak. Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir. Bu, o‘z navbatida, import narxlarning barqarorlashuviga olib keladiki, natijada ichki bozordagi narxlar o‘zgaradi. Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko‘paytirishga ustunlik berishdir. Istiqbolda esa bu sohadagi siyosat banklararo valuta birjasidagi oborot miqdorini korxona va fuqarolar o‘z pulini xohlagan miqdorda xohlagan valutaga erkin almashtirish imkoniyatini beradigan darajaga yetkazishga qaratiladi. Bunga erishishda milliy ishlab chiqarishda eksport ulushini kengaytirish bilan birga, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «milliy valutamizning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin almashuvini, ya’ni konvertatsiyasini ta’minlash uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish»1 alohida ahamiyatga ega. Bu sharoit yaratilishi natijasida erkin almashuv amalga oshmoqda. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohalardagi islohotlardan ham asosiy ko‘zlangan maqsad barcha o‘zgarishlarning natijasi va belgisi milliy valutamiz – so‘mimizni mustahkamlash, uni bosqichma-bosqich jahonning kuchli valutalari bilan konvertatsiyalashga, ya’ni erkin almashuviga erishishdir. Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Pul kuchli qadrsizlangan vaziyatda faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o‘rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, sobiq SSSRda 192224 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi. Download 47.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling