O'zbekistonda milly bozorni shakllantirish va rivojlantirish muammolari Kirish I bob. O`zbekistonda milliy bozorni shakillantirish
O’zbekistonda milliy bozor vazifalari
Download 23.8 Kb.
|
1 2
Bog'liqO
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Bob. O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muammolari
1.2. O’zbekistonda milliy bozor vazifalari
Xozirgi davrda sub’ektning rivojlanishi va barqarorligida mahsulotlarni oldindan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqarish va sotish muxim urin tutadi. Ushbu tartib sub’ekt faoliyatining iktisodiy ko‘rsatkichini belgilashda va xo‘jalik faoliyatining samaradorligini belgilash va belgilangan iaqsadga muvofikligini isbotlashda asosiy ko‘rsatkichlar majmuasi hisoblanadi. Sub’ektning mahsulotni sotish xajmi ko‘rsatkichini aniklashda unga kiymatining kelib tushishidan kat’iy nazar sotilgan va jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlari va kursatgan xizmatlarining umumiy summasidan foydalanadilar. Tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar sub’ektning mablag‘lari katorida hisoblangani uchun ushbu jarayon xo‘jalik faoliyatining oxirgi boskichi hisoblanadi va xo‘jalikka tegishli mablag‘larning doiraviy aylanishini ta’minlaydi. Ushbu jarayon natijasida tayyor mahsulotlar ishlab chikiladi, ular, ishlar va xizmatlar iste’molchilarga yetqazib beriladi va sub’ektga pul mablag‘lari shaklida yoki almashuv natijasida boshqa moddiy resurslar kelib tushadi. Natijada davlat oldidagi budjetga to‘lanadigan soliq majburiyatlari, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar, mol yetqazib beruvchilarga, banklarga, ishchi va xizmatchilarga va boshqa sub’ektlarga bulgan qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatini yaratadilar. Tayyor mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan rejalarni bajarmaslik esa salbiy natijalarga olib keladi. Sub’ektning aylanma mablag‘larining doiraviy aylanishini sekinlashtiradi, iste’molchilar oldidagi majburiyatlarni bajara olmasligi natijasida jarimalar to‘lashga olib keladi, boshqa to‘lovlarni (soliq, ajratmalar, mehnat haqi va boshqalar) uz vaqtida tulay olmaslikka, umuman olganda sub’ektning moliyaviy xolatining pasayishiga olib keladi. Sub’ektlar mahsulotni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish rejalarini tuzayotganda ushbu faoliyat natijasida olinadigan (kutilayotgan) foyda xajmini xam belgilaydilar. Chunki shartnomada kelishilgan baho kursatilganda uning tarkibiga mahsulotning tannarhi va soliqlardan tashqari tegishli mikdorda foyda summasi xam kushiladi. Bu summani shartnomada kursatilgan tayyor mahsulotlarning mikdoriga ularga kushilgan foyda summasi kushilsa umumiy kutilayotgan foyda xajmi aniklanadi. Ushbu kutilayotgan foyda summasi asosida to‘lanadigan bыnaklarning mikdori- budjetga soliq bo‘yicha to‘lanadigan summa aniklanadi. Olingan foydaning xaqiqiy summasi esa belgilangan tartibda, asosan oyning va yilning oxirida aniklanadi- sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va kursatilgan xizmatlarning kelishilgan sotish bahosi bilan ularning tulik xaqiqiy tannarhi (ishlab chiqarish tannarhi va ularni sotish bilan boglik sarflar) urtasidagi fark summasidan kushilgan kiymat va aksiz soliqlarini chegirilgan xoldagi fark summasi hisoblanadi. Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi tezkor buxgalteriya usuli bo‘yicha tashkil kilinadi, ya’ni xar bir mahsulot nomenklatura rakamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (M-17 shakli). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanok, ombor xodimi xujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib kuyadi va xar bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab kuyiladi. Buxgalter xar kuni tugagan sutka uchun yoki belgilangan grafik bo‘yicha ombordan xujjatlarni kabul kilib olishi kerak (kabul kilish-topshirish yukxati, tovar-transport yukxatlari). Ombor hisobining tugri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasi asosida xar oyda tayyor mahsulotning nomenklaturasi, ulchov birligi, mikdoriga asoslangan xolda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi baholari bo‘yicha qoldiqlar aniklanadi. Mahsulotning kirimi va chikib ketishi bilan boglik muomalalar rasmiylashtirilgan dastlabki xujjatlar ombor varakalariga yozilgandan so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda xujjatlar tekshiriladi, guruxlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot xarakatining pul kurinishda ifodalangan hisobi buxgalteriyada ombor mudirining hisoboti ma’lumotlari asosida yuritiladi. Xarajatlarning salmogi ishlab chikarilgan mahsulot tannarhiga, tannarh esa korxonaning daromadiga ta’sir kiladi. Shu sababli ularni tugri hisobga olish muxim axamiyatga ega. Shu iaqsadda xarajatlarning tarkibi va turlarini bilish zarur. Xozirgi vaqtda respublikamizning xamma korxonalarida, shu jumladan, sanoati korxonalarida ularning faoliyatini hisobga oluvchi asosiy xujjat -"Mahsulot (ish, xizmat) tannapxiga kushiladigan, uni ishlab chiqarish va sotish bilan boglik bulgan xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi” Nizom hisoblanadi. Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishda katnashadigan xarajatlarni guruxlarga tugri va anik bulish buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining sifatini oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari uz navbatida bir necha kursatkichlari bo‘yicha guruxlarga ajratiladi. Korxonalarda xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari va favkulodda (kuzda kutilmagan) xarajatlarga bulinadi. Ishlab chiqarish xarajatlari uz vazifasiga karab elementlari va kalkulyatsiya moddalariga bulinadi. Elementlari bo‘yicha guruxlash ishlab chiqarish xarajatlarini ularning iktisodiy ma’zmuniga kura aniklash va tegishli smetalar tuzish uchun xizmat kiladi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha guruxlash esa mahsulot tannarhini hisoblash uchun kerak buladi. Korxonalarda xarajatlar ishlab chiqarishda katnashishiga karab ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga bulinadi. Ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita mahsulotni tayyorlash va kayta ishlash bilan boglik xarajatlar, ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga esa madaniy-maishiy ob’ektlar xarajatlari kiradi. Korxonalarda mahsulot tannarhiga kushilishiga karab xarajatlar tugri va egri xarajatlarga bulinib, tugri xarajatlarga mahsulotni tayyorlash va kayta ishlash bilan bevosita boglik bulgan material, ish haqi va boshka xarajatlar kiradi. Egri xarajatlarga esa mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita boglik bulmagan xarajatlar, masalan, sex boshkaruv xarajatlari, asbob-uskunalarni saklash va foydalanish xarajatlari va boshkalar kiradi. Mahsulot ishlab chiqarish xajmiga nisbatan uzgarishiga karab xarajatlar uzgaruvchan va doimiy xarajatlarga bulinadi. Uzgaruvchan xarajatlarga mikdori mahsulot ishlab chiqarish xajmining uzgarishi bilan uzgaradigan xarajatlar, masalan, xom ashyo, texnologik iaqsadlar uchun muljallangan yokilgi, energiya va boshkalar kiradi. Doimiy xarajatlarga esa mikdori mahsulot ishlab chiqarish xajmi uzgarishi bilan uzgarmaydigan xarajatlar kiradi. Unga boshkaruv xodimlarining ish haqi, boshkaruv binolarini saklash xarajatlari va boshkalarni misol kilib keltirish mumkin. Korxonalarning uziga xos xususiyatiga kura xarajatlar tayyorlov va kayta ishlash xarajatlariga bulinadi. Tayyorlov xarajatlariga xom ashyoni sotib olish, saklash, junatish va boshka xarajatlar kirsa, kayta ishlash xarajatlariga esa mahsulotni kayta ishlab mahsulotlar olish bilan boglik xarajatlar kiradi. Yukorida ta’kidlanganlar buxgalteriya hisobi tizimida xarajatlar turli xil yunalishdagi iaqsadlar uchun guruxlanishidan dalolat beradi. Bu narsani amaliyotda keng joriy etish boshkaruvchilarga ishlab chiqarishni boshkarish borasida asoslangan karorlarini kabul kilish imkonini beradi. Ishlab chiqarish va davr xarajatlarining ajratilishi moddiy ishlab chiqarish zaxiralari qoldiqlari kiymatini aniklash uchun zarur bulib, davr xarajatlari tegishli bulgan hisobot davrida hisobdan chikariladi va sotilmagan mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish koldigida kelgusi davrlarga utkazilmaydi. Bu narsa korxonada baho siyosati soxasida asoslangan karorlarni kabul kilishda muxim axamiyatga egadir. Bundan tashqari ishlab chiqarish tannarhi va davr xarajatlarining alohida ajratib kursatilishi: a) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati; b) ma’muriy va ishlab chiqarishdan tashqari faoliyati oxirgi natijaga kanday ta’sir kursatganligini baholash imkonini beradi. Korxonalarida, yukorida berilgan elementlardan tashqari, xarajatlarning moddalari bo‘yicha xam hisob yuritish muxim axamiyatga ega. Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisobga olish, u yoki bu xarajat turi kanday iaqsadlarga sarflanayotganligini bilish, mahsulotning ayrim turlari tannarhini kalkulyatsiya kilish imkonini beradi. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (kurilgan zarar) ko‘rsatkichi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot (ish, xizmat) ko‘rsatishi bilan faoliyatiga baho berish, uni o‘rganishga yordam beradi. Ushbu ko‘rsatkichni taxlil etish orqali, korxonaning hisobot davridagi va kelgusidagi moliyaviy faoliyatiga baho beriladi. Mazkur moliyaviy ko‘rsatkich ya’ni mahsulot sotishdan olingan foyda moliyaviy hisobot №2 shakli bo‘yicha “Moliyaviy natijalar tugrisidagi hisobotda” keltiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan foyda, sotishdan olingan sof tushum va ushbu mahsulotning ishlab chiqarish tannarhi sifatida aniklanib, korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish tannarhini imkoniyat darajasida kamaytirish ichki va tashki omillarini izlash, topish, xamda ularni korxona xo‘jalik faoliyatiga tadbik etish zaruriyatini yuzaga keltinradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, xaridor talabini chukur o‘rganish bilan birga, bozorni xar tomonlama marketingini xam o‘rganish, o‘tqazish lozim. Aytaylik, bozorning fakat talabi o‘rganilib shu talabdan kelib chikib, taklif sifatida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chikishdi. Ammo xuddi shu taklif bilan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xam bozorga chikishlari mumkin. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining yana biri-asosiy faoliyatdan kurilgan foyda bulib, unga davr xarajatlari, xamda asosiy faoliyatdan kurilgan boshqa zaralar salbiy ta’sir kursatsa, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar ijobiy ta’sir kursatadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning davr xarajatlari (asosan ma’muriy boshqaruv xarajatlari) kay mikdorda, asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlar, xamda kurilgan zaralar bilan boglik ko‘rsatkichlar kancha mikdorga tengligi haqida ma’lumotlar olinadi. Bizga ma’lumki, davr xarajatlari uch kismga bulinadi: 1. Sotish xarajatlari; 2. Ma’muriy xarajatlar; 3. Boshqa operatsion xarajatlar. Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar kuydagilar sifatida namoyon buladi: -turli jarima, penya, xamda yetkazilgan zararlarni kondirish bo‘yicha olingan daromadlar; -o‘tgan yillardagi, ammo hisobot yilida aniqlangan foyda; -asosiy fond va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar; -tovar moddiy boyliklari (TMB) larini qayta baholash; -davlat subsidiyalari sifatida olingan daromadlarni soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi; -beg‘araz yordam sifatida olingan daromadlar; -boshqa operatsion daromadlar. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydaga nafakat asosiy faoliyatdan olingan foyda, balki moliyaviy faoliyatdan olingan foyda, shuningdek moliyaviy faoliyat xarajatlari xam ta’sir kursatadi. Tabiiyki moliyaviyfaoliyatdan olingan daromad umumxo‘jalikdan olingan foydaga ijobiy ta’sir kursatsa, ushbu faoliyatdan xarajatlar esa, salbiy ta’sir kursatadi, Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga kuydagilar misol buladi: -O‘zbekiston Respublikasi xududida va undan tashqarida faoliyat yurituvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ulush kushishdan olingan daromadlar, kimmatli kogozlar bo‘yicha daromadlar; -olingan royaltilar; -uzok muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar; -xorijiy valyuta bilan boglik operatsiyalar bilan boglik kurs ijobiy farklari; -moliyaviy investitsiya mablag‘larini kayta baholashdan olingan daromadlar. Moliyaviy faoliyat bilan boglik xarajatlar esa, kuydagilar sifatida namoyon buladi: -kreditlar, qarzlar yuzasidan to‘lovlar; -uzok muddatli ijaraga oid foizlarni to‘lash xarajatlari; -chet el valyutasi bilan boglik operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs farklari; -sarflangan mablag‘larni kayta baholashdan kurilgan zararlar; -xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning uz kimmatli kogozlarini chiqarish, xamda tarkatish bilan boglik xarajatlar. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlaridan yana biri soliq tulaguncha foyda bulib, unga umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda, xamda favkulodda vaziyatlardan olingan foyda ijobiy ta’sir kursatsa, favkulodda zararlar esa salbiy ta’sir kursatadi. II Bob. O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muammolari 2.1 O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muammolari Download 23.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling