O‘zbekistonda mustaqillik yillari zarafshon vohasi hududida yoshlar tashkilotlarining bandlik sohasidagi olib borilgan faoliyati (2017-2022)
Download 67.5 Kb.
|
Макола Хайитов Ш.А., Норов Ш.С.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlari
O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARI ZARAFSHON VOHASI HUDUDIDA YOSHLAR TASHKILOTLARINING BANDLIK SOHASIDAGI OLIB BORILGAN FAOLIYATI (2017-2022). 1Xayitov Sh.A., 2Norov Sh.S. 1-Buxoro davlat universiteti 2-Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti Annotatsiya. Tadqiqotning asosiy maqsadi Zarafshon vohasi hududida yoshlarni ish bilan ta’minlash sohasidagi yoshlar tashkilotlari faoliyatining tarixiy jarayoni. Manbaga asoslangan, tarkibiy-funksional, qiyosiy-tarixiy usul ishlatilgan. Muammoni o‘rganish xronologik ketma-ketlik, qiyosiy tahlil va mintaqaviy yondashuv bo‘yicha amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi kabi yoshlar tashkilotlari yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbir rejalari asosida Samarqand Buxoro va Navoiy viloyatlarida ish olib borilganligi taqqoslanib, tarixiy tahlil qilingan. Kalit so‘zlari: yoshlar, yoshlar tashkilotlari, qonunchilik, bandlik, turizm, muammolar, chora-tadbirlar. Yosh avlod har doim davlat strategiyasining muhim o‘rinlaridan birida e’tirof etiladi. Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab yoshlar soni allaqachon 2 milliarddan oshgan. Markaziy Osiyo davlatlarida 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 50-60% tashkil etadi [1]. Shunga ko‘ra, yoshlarni har tomonlama rivojlantirish, kelgusida ularni yaxshi mutaxassis bo‘lishiga ko‘maklashish va ish bilan ta’minlash, albatta, barcha davlatlar hukumatlarini qiziqtirishi va doimiy nazoratida bo‘lishi lozimdir. Ushbu tadqiqotda tarixiy tahlil sifatida ochib berilishi kerak bo‘lgan vazifalardan biri bu yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularni yanada hal qilish bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar manfaatlarining har tomonlama munosabatlariga tizimli yondashuvni shakllantirishdir[2]. Yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq ushbu tarixiy voqealarni ochib berish maqsadida Zarafshon vohasi hududini ilmiy asoslab, vohaning Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari misolida tarixiy taqqoslanilgan. Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida sanoat korxonalari va turli ishlab chiqarish korxonalar mavjudligini hisobga olgan holda yosh kadrlarni ishga qabul qilish tartibi tizimli ravishda tashkil etilgan [3]. Ta’kidlash joizki, Navoiy viloyati misolida ushbu korxonalar qatoriga eng yirik bo‘lgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kiradi. Ushbu ulkan korxona 1958 yilda tashkil topganidan buyon nafaqat Zarafshon vohasi hududida, balki butun O‘zbekiston Respublikasida ham yoshlar bandligining katta qismi ish bilan ta’minlangan [4, 47-bet]. Ma’lumki, Samarqand va Buxoro viloyatlari turizm rivojlangan shaharlar sifatida ajralib turadi ushbu sohada yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha mazkur viloyatlar ulkan salohiyatga egadir[5]. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda o‘z vaqtida amalga oshirilayotgan islohotlar bandlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, mehnat bozorini takomillashtirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi yondashuvlarni joriy etish, ishsiz aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan [6]. 2016 yilda qabul qilingan yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi yangi qonun bandlik va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga keng еchim bo‘lib xizmat qildi [7]. Yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasini hal etishda yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi kabi yoshlar tashkilotlarining roli ham faol namoyon bo‘lmoqda. Xususan, yoshlar tashkilotlarining ish bilan ta’minlash bo‘yicha harakat rejalarida sezilarli darajada namoyon bo‘lmoqda[8]. Yoshlar tashkilotining tarkibiy bo‘linmasidagi bandlik bo‘limlari Zarafshon vohasi hududlarida bandlik muammosini tezkor hal etish imkonini beradi. Xususan, Buxoro, Samarqand va Navoiy yoshlar tashkilotlaridan ishlab chiqilgan “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi asosida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, respublikaning chekka hududlarida yoshlar orasida tadbirkorlikka, dehqonchilikka qiziqish tobora oshmoqda [9]. Tizimli yondashuvning ushbu shakli, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etishda ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash sohasida yoshlar tashkilotlari faoliyatini shakllantirish imkonini beradi[10]. O‘zbekistonning halqaro hamkorlikdagi harakatlari ham yoshlarni ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish imkonini bermoqda. Masalan, 2019 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi tomonidan Rossiya Federatsiyasi trast jamg‘armasi - taraqqiyot uchun BMT tomonidan “O‘zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish” dasturining ishga tushirilishi ular uchun ish joyini yaratish orqali kerakli miqdordagi yoshlarni qamrab olish imkonini berdi[11]. Loyihaning maqsadi-mehnat unumdorligini oshirish orqali yoshlarni rag‘batlantirish va har tomonlama muvozanatli ish bilan ta’minlashni kafolatlaydi hamda O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi [12]. Xulosa qilib aytganda Zarafshon vohasi rivojlantirishda ro‘y berayotgan taraqqiyot xarakatlari va takomillashtirish dasturlarini o‘z vaqtida amalda joriy qilingani, yoshlarning bandligini ta’minlaydi va kelajak avlodga barqaror zamin yaratib beradi. O‘z o‘rnida yoshlar tashkilotlari – “O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi”, “Yoshlar ishlari Agentligi” “Yoshlar-kelajagimiz”davlat dasturi asosida amalga oshirayotgan ishlari maqsadga muvofiqdir. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling