Oʼzbekistonda narx siyosati va uning asosiy yoʼnalishlari reja: I. Kirish. II. Аsosiy qism. Narxning mazmuni va uning vazifalari
-chizma Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig’ining «sinishi»
Download 219.5 Kb.
|
OʼZBEKISTONDA NARX SIYOSATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «narx bo’yicha yetakchilik»
6-chizma
Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig’ining «sinishi» R D1 S D3 R2
R1 S D1 D2 0 Q3 Q2 Q0 Q1 Q
Oligopolist-firma o’z tovari narxini R0 dan R2 ga oshirgan taqdirda qolgan oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qo’llashlari natijasida talab egri chizig’i yana «sinadi». Oldingi D1D1 ko’rinishdagi talab egri chizig’i endi D3ЕD1 ko’rinishini oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham o’z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist-firmaning tovariga bo’lgan talab hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim bo’lsa, bunday xatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q3 ga qadar davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini yo’qotish darajasi oshib kеtadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar narxni ko’proq o’zaro kеlishish orqali bеlgilashga harakat qiladilar. O’z mahsulotlariga bozor narxini o’rnatishda oligopolistlar tomonidan «narx bo’yicha yetakchilik» xatti-harakati kеng qo’llaniladi. Bu xatti-harakat narx vositasida raqobatlashuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-firmalarning narxni shakllantirish va uni o’zgartirishda yetakchi oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma yetakchi sifatida maydonga tushadi. Narx bo’yicha yetakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo’lsada, u o’zining xatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq o’tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda yetakchi-firma boshqa ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmog’i lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, mе’yordagi foydani ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo’ladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishi natijasida bozor narxi oligopolistik kеlishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kеlmay qolsa, yetakchi firma darhol narxlarni o’zgartirishi lozim bo’ladi. Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi. Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi. Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan mono-pol narxlarni chegaralab turadi.
Download 219.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling