O‘zbekistonda oila pedagogikasi fanining rivojlanishi tarixi


Yevropada ma’rifat g‘oyalarining targ‘ib etilishida fransuz mutafakkiri, gumanist va demokrat Jon-Jak Russo (1712-1778 yy.)


Download 0.58 Mb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1546912
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 семинар. Оила педагогикаси

Yevropada ma’rifat g‘oyalarining targ‘ib etilishida fransuz mutafakkiri, gumanist va demokrat Jon-Jak Russo (1712-1778 yy.)

  • Uning erkin tarbiya borasidagi g‘oyalari 1762 yilda nashr etilgan “Emil yoki tarbiya haqida” asarida o‘z aksini topgan. U ham boshqa ma’rifatparvarlar singari oilada bolani tarbiyalashda yosh va individual xususiyatlarni hisobga olishni, bolani har tomonlama chuqur o‘rganishni talab qildi. Jonn Jak Russoning fikricha, bola tabiati еtuklikni aks ettira olishi, uning o‘zida tabiiylikni namoyon eta olishi uchun g‘amxo‘rlik qilish zarur. Ota-ona yoki tarbiyachi o‘z qarashlari, e’tiqodlari yoki tayyor axloqiy qoidalarni bolaning ongiga singdirishi kerak emas, balki unda tabiat tomonidan inom etilgan xususiyatlarning tobora rivojlanib, boyib borishi uchun imkoniyat yaratib berishi lozim. Tabiiy tarbiya – erkin tarbiyadir. Ko‘pchilik ma’rifatparvarlar singari Jonn Jak Russo ham shaxsning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi quyidagi to‘rt davrni ajratib ko‘rsatadi: 1-bosqich – tug‘ilgandan ikki yoshgacha, to nutq hosil bo‘lgungacha bo‘lgan davr. Bu davrda bolaning jismoniy tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim. 2-bosqich – ikki yoshdan o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan davr. Jonn Jak Russo bu davrni obrazli tarzda “bolaning aqlga ega bo‘lish davri” deb ataydi. 3-bosqich – o‘n ikki yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan davr. Bu yoshda asosiy e’tiborni bolalarning aqliy jihatdan rivojlanishiga va ular tomonidan mehnat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishiga qaratish zarur. 4-bosqich – 14 yoshdan balog‘atga еtgungacha bo‘lgan davr. Jonn Jak Russoning iborasi bilan aytganda, bu bosqich “shiddat va tug‘yon davri” sanaladi.

Jonn Jak Russo o‘zining “Emil yoki tarbiya haqida” asarida qizlar tarbiyasiga ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Jonn Jak Russoning fikricha, ona bo‘lish uchun qizlar ro‘zg‘orni yurita olishlari, oilada saranjom-sarishtalikka erishishlari, kiyinish, yurish-turish va muomalada turmush o‘rtog‘iga yoqa olishlari kerak. Qizlarning tarbiyasida o‘g‘il bolalarning tarbiyasida qo‘llaniladigan farq usullardan foydalanishga e’tibor qaratish lozim. Oila muhitida qizlarni tarbiyalashda ularda itoatkorlikni, garchi ularga yoqmasa-da, biroq, shaxsiy faoliyatni tashkil etishda boshqalarning nuqtai nazarlarini inobatga olish ko‘nikmasini tarbiyalash kerak.

  • Jonn Jak Russo o‘zining “Emil yoki tarbiya haqida” asarida qizlar tarbiyasiga ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Jonn Jak Russoning fikricha, ona bo‘lish uchun qizlar ro‘zg‘orni yurita olishlari, oilada saranjom-sarishtalikka erishishlari, kiyinish, yurish-turish va muomalada turmush o‘rtog‘iga yoqa olishlari kerak. Qizlarning tarbiyasida o‘g‘il bolalarning tarbiyasida qo‘llaniladigan farq usullardan foydalanishga e’tibor qaratish lozim. Oila muhitida qizlarni tarbiyalashda ularda itoatkorlikni, garchi ularga yoqmasa-da, biroq, shaxsiy faoliyatni tashkil etishda boshqalarning nuqtai nazarlarini inobatga olish ko‘nikmasini tarbiyalash kerak.
  • Ma’rifatparvarning fikricha, ayol go‘zal, latofatli bo‘lishi, sog‘lom, ruhan tetik, jismonan baquvvat bolalarni dunyoga keltira olishi uchun jismoniy mashqlarni bajarishi, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi zarur. Qizlarning voyaga еtishlarida jiddiy aqliy mashg‘ulotlar ular uchun ahamiyat kasb etmaydi. Jonn Jak Russoning qizlar tarbiyasiga oid qarashlarida ayollarning mustaqilligi, erkinligiga nisbatan konservativ yondashuvi inobatga olinmasa, boshqa barcha fikrlari amaliy xarakterga ega.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling