O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari


Download 5.11 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.11 Kb.
#1536577
Bog'liq
PAXTA ISHI UNING RESPUBLIKA SIYOSIY VA MANAVIY HOLATGA TASRI

PAXTA ISHI UNING RESPUBLIKA SIYOSIY VA MANAVIY HOLATGA TASRI

Reja:

1. SSSR va O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi o‘zgarishlar

2. Paxta ishi – sovet rejimining O‘zbekistondagi so‘nggi qatag‘on siyosati.

3. Paxta ishining o‘zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati

Mamlakat siyosiy hayotida 1982 – 1985-yillarda ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Siyosiy rahbariyatdagi bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi.

1985-yil 11-martda Mixail Gorbachyov KPSS MK Bosh sekretari, 2-iyulda Andrey Gromiko SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlariga saylandi. 1985-yildan mamlakatda qayta qurish siyosati boshlandi.

1983 – 1988-yillarda Inomjon Usmonxo‘jayev, 1988-1989- yillarda Rafiq Nishonov O‘zbekistonga rahbarlik qildi


1983-yil oktyabrda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari Sharof Rashidov vafot etdi. U respublikani qariyb chorak asr davomida boshqargan edi.
Rafiq Nishonov

O‘zbekiston iqtisodiyoti katta xomashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega bo‘lishiga qaramasdan SSSRning markaziy hududlaridan ancha ortda qola boshlagan.

O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo‘lgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol o‘ynadi.

Aynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O‘zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag‘onlar boshlandi.

SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus tergovchilar guruhi “Paxta ishi” sud majlisi tuzilib, ularning dastlabkisi 1983-yil boshlarida O‘zbekistonga yuborilgan edi.


Ana shunday maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi.

O‘sha paytda “desantchilar” va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko‘plab xodimlari katta yordam bergan.

1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Paxta ishining o‘zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati.


Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi.
Bu siyosiy kompaniyani O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi.

Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida O‘zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O‘zbekiston tanlandi.

Kommunistik mafkuraning qatag‘on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi.

Qatag‘on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan.


Download 5.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling