O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi


Download 0.65 Mb.
bet13/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1619547
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
2023-DISSERTATSIYA45

II bob bo‘yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda paxta tozalash sanoati korxonalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib,bu sohada Samarqand viloyati iqtisodiy rayonining asosiy tarmog‘ilaridan biri hisoblangan. Jumladan, bu davrda mazkur paxta tozalash sanoati korxonalari hissasiga butun mahsulotning 60 foizdan ko‘proq qismi to‘g‘ri kelgan. Samarqand viloyati iqtisodiy rayonida paxtachilikni rivojlantirish maqsadida paxta tozalash sanoati korxonalarini ko‘paytirish, ta’mirtalab zavodlarni rekonstruksiya qilish ishlari jadallik bilan olib borildi. Qolaversa ipakchilik sohasi, to‘qimachilik sanoati (sintetik va sun’iy tola ishlab chiqarish va b.) ip-gazlama va shoyi gazlama korxonalarini rivojlantirilishga alohida e’tibor berildi. Lekin, mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik paxta tozalash sanoati korxonalari faoliyatida ham ayrim kamchiliklarga sabab bo‘ldi. Masalan, korxonalarni kerakli asbob-uskunalar va mashinalar bilan ta’minlash jarayonida rejalar bajarilmay, uzilishlar kuzatildi.
Tadqiq etilayotgan yillarda respublika paxta tozalash sanoati korxonalarini takomillashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lsada, biroq, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikalar orasida sanoati eng kam rivojlangan respublikalar qatorida turgan bo‘lib, paxta tozalash sanoati korxonalari mahsulotlari ittifoqdosh respublikalardan keltirilgan edi. Keyinchalik Toshkentda, Farg‘onada, va Samaqandda paxta tozalash sanoati uchun asbob uskunalar ishlab chiqarila boshladi.
Sanoat korxonalarini joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar soni ko‘p. Ular asosan, xomashyo, yoqilg‘i, energetika, iste’mol, ishchi kuchi, iqtisodiy geografik o‘rin va boshqalardir. Paxta tozalsh sanoati korxonalarini hududiy tashkil qilishda xomashyo, ishchi kuchi va zavod uskunalari yetakchi ro‘l o‘ynaydi. Masalan, paxta tozalash va pillachilik zavodlari, jun yoki terini yuvish kabilar bevosita xomashyo hududlarida joylashtirildi. Sababi, ulardan olinadigan mahsulot birligiga juda ko‘p xomashyo sarflanadi. Paxta tozalash sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulot turli xil korxonalarga yuborilib, uyerda aholi uchun turli xil to‘qimachilik sohalariga yo‘naltiriladi. Shuningdek, aholi sanoat mahsulotlarining iste’molchisidir, ular esa hamma uchun har doim kerak. So‘nggi yillarda paxta tozalash sanoati korxonalari tarmoqlari tarkibida quydagi o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda:
-sanoat tarmoqlarining yanada parchalanib borishi, yangi-yangi tarmoqlarning vujudga kelishi:
-tarmoqlar orasida integratsiya jarayonlarining rivojlanishi, tarmoqlararo majmualarning shakllanishi:
-fan-texnika yutuqlari bilan bevosita bog‘liq tarmoqlarining tezroq rivojlanishi.
Sanoatning tarmoqlar tizimini baholashda, eng avvalo uning turlanganligini hamda yangi texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarining mavjudligi e’tiborga olish kerak. Sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etish o‘ziga xos xususiyatga ega. Ular iqtisodiy geografik makonda yoki kartada nuqtasimon shaklga ega. Demak, mazkur tarmoqda ishlab chiqarish va hududiy mujassamlashuv darajasi ancha yuqori. Bu esa sanoat ishlab chiqarishning qishloq xo‘jaligiga ko‘ra iqtisodiy samaradorligini yuqori bo‘lishiga olib keluvchi sabablardan biridir. Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoati korxonalari ko‘p tarmoqlarga ajratilgan edi. Biroq, paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishda ba’zi muammolar bo‘lganki, bu O‘zbekistonga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Hususan, tashqariga chiqarilgan xomashyo mamlakatning boshqa mintaqalarida tayyor mahsulotga aylantirilib, yana qaytib O‘zbekistonga keltirildi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda aholining o‘sib borishi bu yerda mehnat resurslarining oshib borishiga ham sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda paxta tozalash sanoat korxonalarining qurilishi aholini ish bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan holda, respublikaning o‘zida sanoat korxonalarining nooqilona joylashtirishi ishsizlar sonini oshib borishiga ham sabab bo‘ldi. O‘zbekistondagi mavjud iqtisodiy rayonlarinng o‘zida sanoat korxonalarining nooqilona joylashganligini ko‘rish mumkin. 1940- 1980 yillar oxiriga kelib, O‘zbekistondagi sanoat korxonalarining texnik ahvoli ittifoqdosh respublikalardagi texnik uskunalarga qaramlik darajasi yuqori bo‘lgan. Natijada, sanoat korxonalari o‘z-o‘zidan iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lgan va texnik talablarga javob beraolmay qolgan. Bunday holatlar ijtimoiy-iqtisodiy tanglikni vujudga keltirdi. O‘zbekistonda olib borilgan iqtisodiy islohotlar faqat markaz manfaati uchun bo‘lib, iqtisodiy rivojda inqiroz aniq edi, chunki rivojlangan davlatlarda bir tomonlama rivojlanish har qanday davlatni qoloq darajaga tushirgan. Jumladan, sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonda sanoatining nomutanosib qurilishlari oxir-oqibat o‘zini o‘nglab bo‘lmas inqirozga duchor etdi, paxtachilik bilan bog‘liq sanoatlashtirish, paxta rivojidagi kimyolashtirishning salbiy ta’siri atrof-muhit ekologiyasini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling