O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi


Samarqand viloyati paxta tozalash sanoatida kadrlar tayyorlash siyosati va uning oqibatlari


Download 0.65 Mb.
bet15/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1619547
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
2023-DISSERTATSIYA45

3.2. Samarqand viloyati paxta tozalash sanoatida kadrlar tayyorlash siyosati va uning oqibatlari.
XIX asrnig oxiri XX asrning boshlarida paxta yakka hukmronligi poydevori barpo etilib, o‘lka Rossiyaning xomashyo va tayyor maxsulotlar bozoriga aylantirildi. Chunonchi, 1890-yilda o‘zbek paxtasi rus to‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan paxtaning 8 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 1916-yilga kelib bu ko‘rsatkich 72 foizga ko‘garildi98. O‘rta Osiyoda paxtachilikning rivojlanishi bilan bir qatorda ipakchilik va to‘qimachilikda xam ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Biroq bu soxalarda ishlatiladigan uskunalar talabga javob bermasdi. Masalan, o‘z stanogida 17-18 soat ishlagan to‘quvchi usta bor-yo‘gi 4-8 arshin (bir arshin 71-12 sm ga teng) mato to‘qirdi99. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi ishlab chiqarish mashinalarining paydo bo‘lishi unumdorligining ortishiga sabab bo‘ldi. 1914-yilda Turkiston tarkibidagi paxtachilikka ixtisoslashgan uchg viloyatning ishlab chiqarish korxonalarida 15 ming ishchi xodim ro‘yxatga olindi. 208 ta paxta tozalash zavodida ishlovchi xodimlar 8000 nafarni tashkil qilardi,Shu tarzda o‘lka ishlab chiqarish tarmoqlarida maxalliy axolidan 49,5 ming kishi mexnat qila boshladi. Paxta tozalash sanoatining o‘sishi bilan unda qo‘llanuvchi mashina va uskunalar kam takomillashib bordi. Ishlab chiqariladigan maxsulot xajmi oshdi.
Urush yillari O‘zbekistondagi paxta zavodlarida qator muammolar vujudga keldi. Ulardan uskunalarni ta’mirlashda zarur bulgan zaxira qismlari yetishmas, qurilish materiallari va erkaklarning aksariyat qismi frontga jo‘nab ketgandi. Urush yillarida mexanizatorlarning umumiy soni o‘n marta kamaydi. Shu tufayli xotin-qizlar va yoshlardan mexanizatorlar tayyorlashga aloxida axamiyat berildi. Jizzax va Kattaqo‘rg‘on shaxarlarida mashina-traktor stantsiyalari qoshida tashkil etilgan mexanizatorlik kurslarida 1941-1945-yillar davomida 415 nafar mexanizator tayyorlandi. Paxtadan yanada ko‘proq xosil olish maqsadida respublika jamoa, davlat xo‘jaliklari va MTS larning moddiytexnika bazalarini mustakkamlash uchun 1944-1945 yillarda 2300 ta yangi traktor, 3000 ta yuk avtomobili, 70 mingdan ortiq qishloq xo‘jalik inventari, 660 ta ta’mirlash asbob-uskunalari va 375 ming tonna mineral o‘g‘it ajratildi100.
O‘lkada dastlabki ishlab chiqarish firmalari vujudga keldi. Biroq paxtachilik va paxta tozalash sanoatidagi yutuqlardan qatiiy nazar, soxada bitta asosiy muammo bor edi. Ya’ni ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarda texnikaga oid bilimlar yetishmasdi. 1930-1940-yillar mobaynida ko‘plab paxta zavodlari ta’mirlandi va mexnat jarayonlari mexanizatsiyalashtirildi. Mutaxassislar tayyorlash, texnologik uskunalarning yangilanishi kabi masalalarga axamiyat qaratildi. Urush yillarida tarmoqda ishchi kuchlarining yetishmasligi tufayli paxta tozalash sanoatidagi aylanma maxsulot xajmi pasayib ketdi. Biroq, shunga qaramasdan, paxta tolasi va lint zarur xomashyo sifatida yetarli miqdorda ishlab chiqarildi va frontga jo‘natib turildi. Urush dan keyingi yillarda, ya’ni, to‘rtinchi va beshinchi besh yillik davrida asosiy e’tibor yangi paxta tozalash zavodlarini barpo qilishga qaratildi. Paxta xomashyosining umumiy hajmi yildan-yilga oshib boradi. Tarmoqning rivojlanishi asnosida qo‘shimcha zavodlarni eskilarini ta’mirlash ishlari davom etdi. 1950-yilda esa paxta tozalash sanoatida murakkab va ko‘p xarajat talab etuvchi dizellardan voz kechildi. Paxta zavodlari yagona elektr tarmog‘iga ulandi. Zavodlarga ancha qudratli gidravlik presslar, lentali transportyor, kuchli ventilyatsiya qurilmalari, XDD, XDG markali yangi, zamonaviy jinlar keltirildi.
Mashinalaridan foydalanish paxtachilikning rivojlanishida muxim bosqich bo‘ldi. Paxta tayyorlash maskanlariga paxta topshirish surati oshdi paxta tozalash zavodlarida esa 1955-yildan quritish-tozalash sexlari qurila boshladi. 1960-yilgacha O‘zbekistonda 226 ta quritish-tozalash sexi ishladi. 1960-1965-yillarda paxta tozalash sanoatida tayyorlanayotgan tola sifatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qo‘llanildi101.
1966-1970-yillarda quritish-tozalash sexlarining texnologik jixatlari takomillashtirildi. Tozalash samaradorligi 45 foizgacha bo‘lgan kuchli ZOVP tola tozalagich, CHX-ZM va 6A12M rusumli takomillashgan paxta tozalagich yaratildi, ROV rusumli paxta tolasi regeneratori qo‘llanildi. Yangi sharoitda paxta tozalash sanoati kadrlariga extiyoj orta boshladi. Endilikda ishlab chiqarishni oliy yoki o‘rta-texnik ma’lumotga ega bo‘lgan kishilar boshqarishlari lozim edi. Ammo bunday kadrlar faqat 27 ta paxta zavodida mavjud edi. Aytib o‘tish joizki, texnik va boshqa sabablar tufayli 1933-yili Xorazmdagi 90-sonli paxta zavodi 1560- soatlik davlat rejasini bajarolmay qoldi. 700 soatlik ish rejasini zimmasiga olgan Zirabuloqdagi 80-sonli zavodda xam aynan shu holatni kuzatish mumkin edi. Shu kabi kamchiliklar 1934 yilda ham kuzatiladi natijada 1933-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston paxta zavodlarida 20178 nafar xodim ishdan chetlatildi va 15683 ta yangi ishchi qabul qilindi. Bir misol Kataqo‘rg‘on paxta zavodida xodimlar tarkibi bir yilda ikki marta o‘zgardi. Urush yillari O‘zbekistondagi paxta zavodlarida qator muammolar vujudga keldi. Uskunalarni ta’mirlashda zarur bo‘lgan zaxira qismlari yetishmas, qurilish materiallari va erkaklarning aksariyat qismi frontga jo‘nab ketgandi. Birgina Kattaqo‘rg‘on paxta zavodidan 404 ta odam urushga ketganligi ma’lum102. Oqibatda zavod 1941-yili rejadagi 14000 tonna o‘rniga 11000 tonna paxta tolasini tayyorlay oldi. 1942 yilda ayrim sabablarga ko‘ra zavoddagi asbob-uskunalar ma’lum vaqtd faoliyati to‘xtadi. Oqibatda zavod o‘sha yili rejadagidan ancha kam 7,6 ming tonna paxta tolasini tayyorlab berdi xolos. Xalq, xo‘jaligidagi rivojlanishlar brogan sari respublikada ishchi-xizmatchilar soni xam to‘xtovsiz ortib borardi. 1940-yilda respublika xalq, xo‘jaligida band bo‘lgan ishchi xizmatchilar soni 696 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 1950-yilda 852 ming ishchi xizmatchi ro‘yxatga olindi. 1950-yilda 66 ming yangi ishchi kuchi tayyorlandi. Bundan tashqari texnikum va boshqa o‘rta-maxsus bilim yurtlarida yana 33,8 ming nafar bo‘lg‘usi ishchilar ta’lim olishdi va oliy o‘quv yurtlarida esa 31,6 ming talaba bor edi.
Samarqand viloyati paxta tozalash sanoat korxonalarida kadrlar tayyorlash va uning oqibatlari xaqida aytish mumkinki paxta tozalash korxonalaridagi muammolarni keltirib o‘tish joiz zavodlarda texnologik asbob uskunalarning unumdorligi pastligining sababi katta ortiqcha to‘xtab qolishlar bo‘lib reja umummiy vaqtning 10,9%ni tashkil etgan bo‘lsa amalda 12,1%ni tashkil etdi. Ayniqsa Samarqand zavodida to‘xtab qolishlar juda katta bo‘lib, bu jadvaldan 50 foizga oshib ketdi. Quritish tozalash sexlari namlik va ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan paxta xomashyosini to‘liq qayta ishlashni ayniqsa mashina terishni taminlay olmagani buning natijasida paxta xomashyosining qarib 69 foizi paxta tolasi bilan yig‘ishtirib olingani ham uskunaning ishlashiga ta’sir ko‘rsatdi.Yuqori namlik qayta ishlandi. Texnologik asbob-uskunalarning unumdorligi pastligi shuningdek, ishlab chiqarish birigadalari jintiklar, linterlar, sozlagichlar uchun malakali kadrlar yetishmasligi, ishchilar yetishmasligi bilan izohlanadi. Ayniqsa Samarqand, Jomboy va Kattaqo‘rg‘on paxta zavodlarida 12-60 km asbob uskunalaridan foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi103. Kuzgi qishgi mavsumlarda ob-havo sharoiti yomon bo‘lganligi sababli ishchilarning smenaga kechikishi tabiiy ravishda tehnika unimdorligiga ta’sir qiladi. Zavodda kolxozlardan ishga qabul qilingan past malakali yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmagan ishchilar ishlaganligi sababli profilaktika ishlari yetarli emas edi.
Shuni ham takidlash kerakki zavodlar ishlab chiqarishni ishga tayyorlash jarayonida tamirlash ishlari ko‘pincha sifatsiz arra va silindirlarni almashtirish jadvali buzilgan. Yana Ishlab chiqarish ishidagi kamchiliklardan biri ishlab chiqarish hajmining kamayishiga olib keladi va ishlamay qolishining ko‘payishiga olib keladi. Elektr tizimi va paxta zovodlari xatosi tufayli elektr tizimida nosozliklar bo‘lgan. O‘tgan yil davomida jami 21 ta silindr mavjud bo‘lib shu 289 soat miqdorida ish vaqtining vaqtining umumiy yo‘qolishi bilan energiya tizimining aybi bilan 7 ta holat kuztildi104. Takidlash joiski paxta tolalari ommaviy ehtiyot qismlar bilan qoniqarsiz ta’minlangan. Shunday qilib mablag‘largaga qarshi uzun panjaralar 89% va va linter 90% bilan taminlangan. Umuman olganda reja mobaynida qadoqlash materyallarini istemol qilishda tejamkorlikni taminladi biroq alohida zavodlarda haddan tashqari oshirib yuborish holatlari ham kuzatildi. 1971-yilga mo‘jallangan rejada 1060 tonna paxta tejamkorligini ko‘rishimiz mumkin. Natijada 1969-yilga nisbatan 1970-yilda yaxshi natijaga erishildi. Agar 1969-yilda standart 12049 tonnga oshgan bo‘lsa 1970-yilda 1964 tonnani tashkil etgan bo‘lsa 1971-yilda pozitsiyani tejash 1060 tonnani tashkil etdi. 1980-yilda iyul ma’lumotiga ko‘ra Samarqand viloyatida 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilar soni105 (beshinchi ilovaga qarang).
Zavodlarda jami 1446 ta ishchi bo‘lgan. Samarqand paxta zavodida trestdagi korxonalarida ishchilar ma’lumotiga ko‘ra 25 ta o‘rta maxsus xodimi 11 ta tehnikomni bitirgan yoshlar ishlagan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling