O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasi avvalgidek emasligi, endilikda, u ilm-fanga asoslangan, zamonaviy yo'nalishlardan biriga aylanib borayotgani haqida ko'p gapiryapmiz. Chindan ham bugungi qishloq xo'jaligi tizimi bir necha yil oldingisidan tubdan farq


Download 1.5 Mb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1463660
1   2   3
Ma'lumot olishning tezkor usuli
So'nggi vaqtlarda uchuvchisiz boshqariladigan qurilma — dronlar xizmatidan turli yo'nalishlarda foydalanish ancha ommalashib ulgurdi. Zamonaviy texnologik yangilikning imkoniyatlari odamlarning ularga bo'lgan talabi tobora ortib borishiga turtki bermoqda. Masalan, ilgari yuqori plandan turib tasvirga tushirish, qidiruv ishlari va shu kabi jarayonlarga anchagina vaqt va sarf-xarajat talab etadigan samolyot yoki vertolyot jalb qilingan bo'lsa, endilikda, bu vazifani dronlar yordamida bemalol uddalash mumkin. Bundan tashqari, bu turdagi qurilmalar yildan yilga takomillashtirilib, ularning bajaradigan vazifalari, qo'llanish doirasi yanada kengayib boryapti.
Qishloq xo'jaligida dronlardan foydalanish yurtimiz tajribasi uchun yangilik, deyishimiz mumkin. Odatda dala maydonlari holatini kuzatish va monitoring qilish ishlariga bir necha kishi jalb qilinib, jarayonlar kunlab davom etadi. Bu vazifalarni dronlar yordamida amalga oshirish orqali esa ortiqcha vaqt va ishchi kuchini tejab qolish mumkin. Mutaxassislar tajriba-sinov ishlarini olib borayotgan ilmiy-amaliy loyihaning maqsadi ham shundan iborat. Uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar yordamida qisqa vaqtda ekinlar holatini kuzatish, ularda mavjud kasalliklarni aniqlash, ekin ekilgan maydonlar va dala xaritasini tuzish, shuningdek, zararkunandalarni o'rganish va monitoring qilish ko'zda tutilgan.
— Ilmiy-amaliy loyiha doirasida dron texnologiyalari orqali qishloq xo'jaligida mavjud muammolar o'rganilib, ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi, — dedi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Munis Abdullaev. — Shudgor qilingan erlardagi tuproqning unumdorligi, g'alla maydonlari, bog'dorchilikda mavjud turli xil kasalliklar, zararkunanda hashoratlar aniqlanib, ular to'g'risida ma'lumotlar bazasi yaratiladi. YAna bir ahamiyatli jihati, dronlar orqali olingan va qayd qilingan amaliy ma'lumotlar kompyuter dasturlari yordamida qayta ishlanib, ular asosida zaruriy yechimlar qabul qilinadi. Bu qarorlar ekinlarning bir xilda rivojlanishi hamda agrotexnik ishlarda yo'l qo'yiladigan chetlanish va buzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Kompyuter ekranidagi tasvirlar orqali ekinlarning kasalikka uchragani, sug'orish ishlaridagi xatoliklar hamda qaerda zararkunandalar ko'payib ketgani to'g'risidagi ma'lumotlarni ham aniqlash imkoni mavjud. Bundan tashqari, olingan ma'lumotlar, tasvirlar yordamida kuchli yomg'ir, do'l va shu kabi tabiiy ofatlar etkazgan zarar hamda bo'lajak hosil miqdorini hisoblab chiqish mumkin. Mutaxassislarning aytishicha, qayd qilinayotgan ma'lumotlar kompyuterga hozircha an'anaviy usullar orqali o'tkazilmoqda. Ammo jarayonni takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar kelgusida qaydlarni uzluksiz ravishda onlayn tizim orqali kompyuterga uzatib borishga sharoit yaratadi.

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling