O'zbekistonda saylov qonunchiligi reja
Saylovlar bo`yicha xalqaro tamoyillar
Download 55.5 Kb.
|
O\'ZBEKISTONDA SAYLOV QONUNCHILIGI
7. Saylovlar bo`yicha xalqaro tamoyillar
Saylovlar bo`yicha xalqaro tamoyillar quyidagilar. Birinchisi, umumiylik tamoyili deyilganda ham saylovchilar uchun, ham nomzodlar uchun kamsitishlikdan holi bo`lgan samarali, g`arazsiz qayd etishlik tushuniladi. Yoshi yetgan fuqarolar saylovlarga qatnashish huquqiga ega bo`lishlari lozim. Bu huquqlarning de facto fuqarolarga aloqadorligi qo`llab-quvvatlanadi. Ikkinchisi, tenglik tamoyili barcha ovozlar teng vakolatni ta`minlash uchun teng salmoqqa ega bo`lishini talab etadi. Bu hol ovoz berishning majoritar tizimida turli saylov okruglaridagi saylovchilar miqdori orasidagi farq 10% dan ortiq bo`lmasligi lozim. Proporsional vakillik tizimida saylov uchastkalaridagi saylovchilar miqdori turlicha bo`lishi mumkin, lekin har bir okrugdan vakillar miqdori saylovchilar miqdoriga proporsional bo`lishi kerak. Saylovchilar saylov uchastkalarida tenglik va samarali asosda bo`lishlari lozim. Uchinchisi, Adolatlilik tamoyili saylov jarayoni barcha qatnashchilari uchun teng sharoitlarni, lekin kamida, u saylovchilarni barcha nomzodlar va ularning programmalari xususidagi axborotga ega bo`lishlarini ta`minlashi kerak. To`rtinchisi, yashirinlik tamoyili shu vaqtga ta`minlanishi mumkin, qachonki, faqat saylovchilar byulletenni tashlash yopiq xonada, to`ldirilgan byulleten saylov qutisiga tashlanish jarayonida ko`rib qolinmaydigan sharoitda tashlangan taqdirdagina ta`minlangan bo`lishi mumkin. Beshinchisi, erkinlik tamoyili fuqarolarga o`z saylashligini qo`rquv tufayli amalga oshirmasligi, shuningdek ularning o`zining namoyon etishi, yig`inlar va assosatsiyalarda qatnashish erkinligi huquqi butun saylov jarayoni mobaynida amal qilinishiga bo`lgan ishonchni ta`minlash lozim. Oltinchisi, oshkoralik tamoyilida barcha uchun umumiy va oshkoralik tamoyillari asosida qonunga muvofiq tarzda saylovlar o`tkazishni ko`zda tutadi. Oshkora jarayon saylov vaqtida aldashlik imkoniyatlarini cheklaydi; shunday qilib, ovozlarni sanash saylov uchastkasi darajasidan boshlanib, saylov komissiyasi o`rta bo`g`inida davom etib davlat saylov hokimiyatida tugallanguncha oshkora va tasdiqlay olinadigan bo`lishi shart. Yettinchisi, ma`sullik tamoyili barcha saylanuvchilar o`zlari saylangan lavozimni egallar ekanlar, saylovchilar oldida o`z mas`uliyatlarini tan olishlari lozim Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling