O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari nimalardan iborat Reja
Download 62.74 Kb.
|
O‘zbekistonda parlamentarizm asoslarining shakllanishi va rivojlanishi.
O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari nimalardan iborat Reja ; Kirish
O’zbekistonda parlamentarizm`asoslarining shakllanishi. Parlamentarizmning rivojlanishi. Oliy majlisning konstiutsiyaviy maqomi. Xulosa Foydalaniladigan Adabiyotlar Kirish. Parlament, odatda, bir palatali yoki ikkipalatali bo’lishi mumkin (kamdan-kam holatlarda parlament uch yoki undan oshiq palatali bo’lishi mumkin). Ikki palatali parlament tizimida (strukturasida) quyidagi ikki prinsip, ya’ni palatalarning tengligi prinsipi, shuningdek yuqori va quyi palata prinsipi qo’llaniladi. Ikki palatali parlamentni tuzishning juda ko’p usul va yo’llari mavjud. Biroq, eng avvalo, aholining umumiy siyosiy madaniyatini yuksaltirish, siyosat bilan professional darajada shug’ullanuvchi shaxslar qatlamini vujudga keltirish, parlament qurilishi tajribasini orttirish va ko’paytirish zarur. Jahon tajribasida ikki palatali parlament tizimining ikki asosiy ko’rinishi - kuchsiz yuqori palata yoki kuchli yuqori palata tizimlari farqlanadi.Kuchsiz yuqori palata o’zi norozi bo’lgan parlament qarorlarining qabul qilinishini orqaga surishi mumkin, xolos; ammo unga to’sqinlik qila olmaydi.Ko’pincha bu qonunchilik jarayoniga tegishlidir. (1911-yil qabul qilingan Parlament to’g’risidagi akt 1-moddasining 1-qismi hamda 1911-yilgi Parlament to’g’risidagi aktga o’zgartishlar kiritish haqidagi 1949-yilgi Aktning 1-moddasi).Polsha Seymi qabul qilingan qonunga Senat bildirgan e’tirozni mutlaq ko’pchilik ovoz bilan rad qilishi mumkin (Kichik Konstitutsiyaning 17-moddasi, 4-qismi).O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2000-yil 25–26-may kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida O’zbekiston parlamenti– Oliy Majlisni doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali tizimga o’tkazish to’g’risidagi g’oyani ilgari surdi. Ikki palatali parlamentga o’tilishi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o’rtasidagi vakolatlarning chinakam demokratik taqsimlanishga olib keldi. O’zbekistonda ikki palatali parlamentning qaror topishi jo’shqin siyosiy islohotlarning markaziy voqeasi bo’ldi va u davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi desak, aslo mubolag’a bo’lmaydi. Download 62.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling