O`zbekistonda Sun`iy intelektning rivojlanish bosqichi va o`rni Reja Kirish


Download 35.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.05.2023
Hajmi35.24 Kb.
#1421824
Bog'liq
AIarticle





 
O`zbekistonda Sun`iy intelektning rivojlanish bosqichi va o`rni 
 
Reja 
 
Kirish. Sun`iy intelektning dolzarbligi va ahamiyati 
Asosoy qism
1. Sun`iy intelektning O`zbekiston iqtisodiyoti va siyosatida tutgan o`rni 
2. Sun`iy intelekt turlari va imkoniyatlari 
3. Talaba va yosh kadrlar o`quv dasturlariga sun`iy intelekt kiritish
Xulosa. Information Texnologiyalar bilan kelajak poydevorini qurish. 


“Sun`iy intelekt” termini birinchi bor ilk kompyuterlar yaratilgandan 10-15 yil o`tib paydo bo`la 
boshlagan. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad odamlarga o`xshab fikr yurituvchi dastur yaratish 
bo`lgan. Bu harakatlar 1980-yillarga kelib to`xtagan. O`sha davrda sun`iy intelektni algoritmlar 
yordamida yaratish imkonsiz edi va hozirgi sun`iy intelekt texnologiyalari algoritmga emas, 
balki, ma`lumotlarga tayangan holda ish ko`radi. Ya`ni biz massiviy ma`lumotlarni ombori 
yordamida keraksiz ma`lmotlar ichidan kerakli ma`lumotlar to`plami va hattoki yangi 
xulosalarni ham qo`lga kiritishimiz mumkin.
Rivojlangan davlarlarning bari sun`iy intelekt texnloiyalarini hayotning barcha javhalariga tadbiq 
qilib ulgurdi. Bu texnologiyalar orqali ilm-fan, tibbiyot, sport, iqtisodiyot, siyosat, qishloq 
ho`jaligi va hattoki kndalik yuushlarda ham foydalilik xususiyatini o`zida saqlaydi. 
Bugungi kunga kelib, Sun`iy intelekt o`zining yuqori samaradorlikka ega ekanligini butun dunyo 
bu turdagi texnologiyalardan keng ko`lamda foydalanib kelayotganidan ko`rishimiz mumkin.
O'zbekiston iqtisodiyoti hozirgi kunda yuqori tezlikda rivojlanayotgan, va bu rivojlanishning 
keyingi bosqichlarida sun'iy intelekt katta ahamiyat kasb etadi. 
Sun`iy intelekt, biznes jarayonlarini optimallashtirish, ta'lim va fan sohalarida rivojlanishni 
yaxshilash, ma'lumotlarni tahlil qilish va aniqlash, iqtisodiyotda rivojlantirish va boshqa ko'plab 
sohalarda ishlatilishi mumkin. 
Sun'iy intellekt turlari 
⠀ 
Sun'iy intellekt deganda ko'pchilik filmlaridagi yovuz robotlar, terminator filmlaridagi kabi 
qahramonlarni tushunishadi. Aslida esa sun'iy intellektning ham klassifikatsiyalari mavjud. 
Quyida sun'iy intellekt (artificial intelligence) turlari mavjud
⠀ 
ANI (Artificial Narrow Intelligence) — kuchsiz sun'iy intellekt sifatida tanilgan bo'lib, 
ma'lum bir vazifa uchun kodlangan va o'z buyruqlaridan tashqariga chiqa olmaydigan sun'iy 
intellekt turidir. Bunga misol qilib, Siri, Googel asistenti, Alisa kabilarni keltirish mumkin. 
⠀ 
AGI (Artificial General Intelligence) — bu turdagi sun'iy intellektni kuchli sun'iy intellekt 
sifatida ham ta'riflashadi. Bu turdagi sun'iy intellekt inson qilishga qodir bo'lgan barcha 
mashg'ulotlarni bajarish imkoniga ega deb hisoblanadi. Hozirda kompyuter texnologiyalar 
ma'lumotlarni insonlardan bir necha yuz barobar tez qayta ishlay olishiga qaramasdan, haligacha 
fikrlash qobiliyatiga ega emas. AGI sohasida hali ham ko'plab izlanishlar olib borilmoqda. 
⠀ 
ASI (Artificial Super Intelligence) — Terminator va Matritsa kabi filmlarda tasvirlangan 
turdagi sun'iy intellekt uchun ishlatiladigan termin. ASI — sun'iy intellekting barcha sohalarda 
insonlardan yuqori natijalar ko'rsatishi nazarda tutilgan, lekin bu sohada hali ko'rinarli yutuqlarga 
erishilgan emas.
Sun`iy Intelekt yordamida, bizneslar, start-uplar o'z muvaffaqiyatlarini ko'paytirish uchun 
mijozlarining talablariga mos tovar va xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bunda 
mijozlar bilan to'liq muloqotda qilish, ularning talablariga mos maxsulot va xizmatlar taklif etish 
va kelajakda yana qanday xarajatlar yuzaga kelishi mumkinligini aniqlashda Sun`iy intelekt
asosiy o'rni beqiyos darajada desak adashmagan bo`lmaiz 
Tijorat markazlari, Sun`iy intelek yordamida mijozlarga xizmat ko'rsatishda, ma'lumotlarni 
to'play olish va bir -biriga qiyoslashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Sun`iy intelek
yordamida, mijozlarning xaridlariga oid statistik ma'lumotlar to'plananadi va mijozlarning 


talablariga mos mahsulotlarni tayyorlashda foydalaniladi. Shui ham ta`kidla o`tish joizki, hozirgi 
kunga kelb, kompaniya va fabrikalar asosiy fokusini katta miqyosda tovar va xizmatlar turini 
ko`paytirish o`rniga, o` mijozlari nimani istashlarini inobatga olgan holda, mahsulot va xizmatlar 
taklif bildirishmoqda 
Sun`iy intelek ta'lim sohasida ham katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchilar va ilg'orlarning 
Sun`iy intelek yordamida yaratilgan ta'lim dasturlari, talabalar va o'qituvchilar uchun zarur 
ma'lumotlarni taqdim etish va ta'lim jarayonini optimallashtirishda katta yordam beradi. 
Shuningdek, Sun`iy intelek masofaviy tibbiyot sohasida ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Bizneslar, siyosiy va iqtisodiyot tashkilotlari, hokimiyatlar va shaxslar uchun tibbiyot 
xizmatlarini taklif etishda SI yordamidan foydalanishadi. 
Sun`iy intelektni ilm-fan va ta`lim tizimiga olib kirish katta miqyosdagi tejamkorlik va ta`lim 
sifatini yaxshilanishiga sabab bo`ladi. Misol qili aytadigan bo`lsak : talim tizimida o'quv va 
o'qitishni avtomatlashtirish, ta'limga yo'naltiriladigan resurslar va dasturlar tuzish, ta'limga ta'sir 
qiladigan sharoitlarni baholash, talim muassasalarining rejalashtirilishini tahlil qilish va 
talabalarining talim yutuqlarini baholashda yordam berishga qaratilgan. Bu holat SI yordamida 
ta'lim muassasalarining moliyaviy ehtiyojlarini kamaytirish va talim tizimini yanada samarali 
hollarda tashkil qilish imkonini beradi. 
Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021—2022-yillarda 
O‘zbekiston sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni 
loyihasi e’lon qilindi. 
Qarorda, 2021–2022-yillarda O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini amalga 
oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ochiqlandi. 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida 
Artificial Intellegence and Data Science ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish mo‘ljallanmoqda. 
Bunda : 
-Artificial Intellegence and Data Science ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish qaror loyihasini 
ishlab chiqish; 
qarorda ilmiy-tadqiqot faoliyatining mashinaviy o‘rganish (Deep learning, Neural network), 
kompyuter yordamida ko‘rish (Computer vision) va ma’lumotlar tahlilchisi (Data analyst) 
yo‘nalishlarini doktorant va mustaqil tadqiqotchilarni tayyorlash uchun qo‘shimcha kvotalar 
ajratishni belgilash; Shuningdek, Sun’iy intellekt sohasida mahalliy va respublikadagi xorijiy 
oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining o‘zaro hamkorligidagi ilmiy tadqiqot loyihalari 
faolligini oshirish va respublikada STEM ta’lim yo‘nalishlari va ilmiy tadqiqot faoliyatlarini 
2030-yilgacha tizimli rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. 
-Sun’iy intellekt sohalarida normativ-huquqiy va axloqiy munosabatlarni tartibga solish 
masalalarini Qonunchilik palatasi tarkibidagi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot 
texnologiyalari masalalari qo‘mitasining faoliyatlari tartibidan biri etib belgilash tavsiya etiladi. 
-Sun’iy intellekt sohasidagi startap loyihalarini jahon tajribasi asosida kraudfanding (jamoaviy 
moliyalashtirish) tizimi orqali moliyalashtirishning normativ-huquqiy asoslarini ishlab chiqiladi. 
-Umumta’lim maktablarida “Axborotlashgan jamiyat va unda sun’iy intellekt o‘rni” mavzusida 
ochiq darslar tashkil etish rejalashtirilgan 


Tadqiqotlarga ko‘ra, keyingi o‘n besh yil ichida Sun`iy intelekt texnologiyalari jamiyat hayotiga 
boshqa har qanday erishilishi mumkin bo‘lgan yutuqlardan samaraliroq natija beradi va global 
inqilob darajasidagi o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Bir narsa aniqki. Texnika asrida Information 
texnologiyalar bilan hamohang tarzda yashash va ularni turli soh ava javhalarda qo`llash 
inqilobiy rivojlanishni yuzaga keltiribgina qolmay, bularsiz zamon talablariga mos raqobat 
muhitini yaratishni iloji amri maholdir. 

Download 35.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling