Mavzu: Sotsiologik tadqiqotlarda testlar Reja: Tadqiqot dasturining nazariy asoslari
Download 24.46 Kb.
|
Teshayeva Dilnoza
Mavzu: Sotsiologik tadqiqotlarda testlar Reja: 1. Tadqiqot dasturining nazariy asoslari 2. Sotsiologik tadqiqot usullari 3. Intervyu. Test usuli 1. Tadqiqot dasturining nazariy asoslari Ijtimoiy - ma'naviy, iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat hayotining turli jabxalariga zamonaviy texnik vositalar va yangi texnologik jarayonlarning singib borishi, yangi istiqlol mafkurasi oliy maktab tizimidagi ta'lim - tarbiya ishlari darajasining oshib borishiga sabab bo’lmokda. «Bozor munosabatiga o’tish davrida, -deb ta'kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov,-ijtimoiy soha sog’liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va san'at, shuningdek, ilm-fan ayniqsa mushkul ahvolda qolmoqda. Hozirgi murakkab davrda bu tarmoqlarni qat'iy qo’llab quvvatlash, shu sohalarda ishlayotgan kishilar mehnatini munosib baholash uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishi zarur (I.Karimov. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat, T. «O’zbekiston» 1992 y, 32-bet). Sotsiologik dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va ma'lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob'ekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarini aniqlash, ma'lumotlarni to’plash va taxlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shunday qilib, dastur, asosan ikki katta bo’lim, ya'ni metodologik-nazariy va amaliy-uslubiy bo’limlardan iborat. 1. Nazariy-metodologik bo’lim mavzu tanlash, tadqiqot ob'ektini xarakterlash, maqsad va vazifalar faraz hamda predmetni aniqlash kabi qismlarni o’z ichiga oladi. 2. Nazariy-uslubiy esa, ma'lumotlarni to’plash usullarini bayon etish, yig’ilgan materiallarni qayta ishlash, taxlil qilish va tavsiyalar tayyorlash singari amaliy faoliyatlarini mujassamlashtiradi. Tadqiqot dasturida qo’yidagilar bo’lishi lozim: 1. Tadqiqot o’tkazishdan maqsad. Tadqiqot natijalari asosida oliy maktab ma'muriyati, tegishli vazirliklar va keng jamoatchilikka kasb mahorati sirlarini egallash uchun zarur hisoblanuvchi omillarga bag’ishlangan amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqish. 2. Tadqiqot ob'ekti. Oliy o’quv yurtlaridagi o’quv - tarbiyaviy jarayon hisoblanib, bu sohadagi umumiy ahvol, muammolar, istiqbol mo’ljallari tuliq o’rganib chiqiladi. (boshqa sohalarga ham xuddi shunday). 3. Tadqiqot predmeti. Kasb maxoratini shakllantirish jarayonida tashkiliy-pedagogik, ijtimoiy-ruxiy omillarning o’rni va ta'siri masalalaridan iboratdir. 4. Asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili. Tadqiqot maqsadiga, mavzu ob'ekti va predmeti talablariga muvofiq, ilmiy izlanishning analitik xususiyatga ega ekanligini e'tiborga olib, «umumiy rivojlanish», «kasbiy rivojlanish», «kasbiy mahorat» kabi tushunchalarni tahlil etish, ularning mazmunan o’ziga xosligini aniqlab chiqish. 5. Tadqiqot gepotezasi (farazi). Asosiy ilmiy taxmin. 6. Tadqiqot vazifalari. Sosilogik tadqiqotlarning sifat darajasini oshirish uchun empirik ma'lumotlarning ishonchli ekanligini, ilmiy asoslanganligini ta'minlash uchun uning metodologik asosiga alohida e'tibor qaratilmog’i lozimdir: 1. Sotsiologik tadqiqotni tayyorlash va tashkil etish.(yuqorida qayd etganimizdek, buyurtma va ob'ektning mavjudligi). 2. Amaliy tadqiqot ishlari olib borish jarayoni. 3. Empirik ma'lumotlarni sifat va aniqlik darajasini nazorat qilish. 4..Olingan ma'lumotlarni taxlil qilish umumlashtirish. (Biz bunga sal keyinroq to’xtalib utamiz). Tadqiqot dasturi ichki tuzilish jarayoni qo’yidagicha bo’ladi: I. Nazariy metodologik qism. a). Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash. b). Ob'ekt va predmetini belgilash. c). Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish. d). Predmetning dastlabki taxmini. e). Ishchi farazni ishlab chiqish. II. Amaliy sotsiologik tadqiqot ish jarayoni. a). Tadqiqotning umumiy rejasi. b). Asosiy amaliy ish jarayonlari. c). Tanlov ishlari. d). Dastlabki olingan ma'lumotlarni tahlil qilish. e). Natijalarni umumlashtirish. Yuqoridagi tushunchalar mazmunining atroflicha ochib berilishi dastur farazini tuzish uchun keng yo’l ochilishiga imkon yaratadi. Download 24.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling