O`zbekistonda sun`iy intellektning rivojlanish istiqbollari


Download 25.71 Kb.
bet1/2
Sana06.02.2023
Hajmi25.71 Kb.
#1170662
  1   2
Bog'liq
O`ZBEKISTONDA SUN`IY INTELLEKTNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI BBI


O`ZBEKISTONDA SUN`IY INTELLEKTNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Toshkent moliyainstituti
Baholashishivainvestitsiyalar”
kafedrasi k. o’q.S.K.Qosimova
BBI-50 guruhtalabasiO’tkirov O.R


Sunʼiy intellekt — informatikaning alohida sohasi boʼlib, odatda inson ongi bilan bogʼliq imkoniyatlar: tilni tushunish, oʼrgatish, muhokama qilish,masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shugʼullanadi.
Sun'iy intellektning ideal xususiyati – bu aniq maqsadga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish qobiliyatidir. Ko‘pchilik sun'iy intellekt atamasini eshitganda, birinchi navbatda ko‘z oldiga robatlar keladi. Ammo robatlar sun'iy intellektning kichik bir ko‘rinishi hisoblanadi. Odatda, robotlar deganda, koʼpchilikning koʼz oldiga insonlardek gaplasha oladigan, ularning oʼrniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi. Аmmo bu nisbatan kengroq tushuncha. Аslida, mobilь qurilmangizdagi dasturlar: google-tarjimon, lugʼatlar, turli xil oʼyinlar va hokazolar ham sunʼiy intellektga yaqqol misol boʼla oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq boʼlib, maʼlum bir yoʼnalishdagina sizga yordam bera oladi.
Texnologiyalar rivojlanib borgan sari sun'iy intellektni belgilaydigan oldingi ko‘rsatkichlar eskirib bormoqda. Xususan, kompyuter yordamida matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish, bugungi kunda kompyuterning bir funksiyasi sifatida qaraladi.
Sun`iy intellekt barcha sohalarga kirib borayotgan bir vaqtda, O`zbekiston Respublikasida ham bu borada bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sun`iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risidagi PQ-4996-sonli qarori orqali “Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasiga muvofiq hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo`nalishlari belgilab berildi. Qarorga ko`ra:
-sun’iy intellektni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillarini, shuningdek, yaqin va uzoq istiqbolda ushbu sohani kompleks shakllantirish uchun shart-sharoitlarni belgilovchi Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
-aholi manfaatlari yo‘lida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlashda davlat organlarining samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish;
-sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llovchi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga raqamli ma’lumotlardan foydalanish uchun sharoit yaratish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining tegishli ma’lumotlarini tezkor raqamlashtirishni ta’minlash;
-sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning investitsion jozibadorligini shakllantirish, shu jumladan tovarlarning (ish va xizmatlarning) ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish;
-qo‘shma xalqaro tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, respublikamizning nufuzli reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash maqsadida sun’iy intellekt va uni qo‘llash texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
-Innovatsion rivojlanish vazirligiga sun’iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa bir qancha vazifalar belgilab berildi.
Bugungi kunda sun`iy intellekt sohasida yurtimizda birmuncha ishlar amalga oshirildi.
Misol uchun,bank sohasida tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari ko'rsatish sifatini tahlil qilish, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llash vazifasi belgilangan. 2021 yilda O‘zbekcha matnni o‘qib beruvchi birinchi o‘zbek nutq sintezatori yaratildi. Ushbu dastur ko‘zi ojizlarga o‘zbekcha matn bilan ishlashda qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan.Undan tashqari sun’iy intellekt yordamida ko‘krakbezi saratoniga tashxis qo‘yilishi nazarda tutilgan loyiha ustida ish olib borilmoqda.1 Kadrlar sohasida ham salmoqli ishlar ko`zlangan. Hisob-kitoblarga ko'ra, 2035 yilga kelib mamlakatning mehnat salohiyati o‘rtacha 400-430 kishiga kamayadi. Yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish, texnologiyaga asoslangan raqamli transformatsiya narsalar internet, robototexnika, biotexnologiya, sun'iy aql, amalga oshiriladigan milliy markaziy pozitsiyasi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat. Bugungi kunda yurtimizning ayrim korxona-idoralarida Face-control tizimi yo`lga qo`yilganligi ham sun`iy intellekt jarayonining bir bo`lagi hisoblanadi. Yaqin kelajakda O`zbekistondagi bog`chalarda dasturlashni o`rgatadigan robotlar paydobo`ladi. Bu haqda Maktabgacha ta`limvazirligida o`tkazilgan tadbirda ma`lum qilindi.2 Albert va Genibot robotlari butun O’zbekiston bo’ylab 53 ta TMTga taqsimlanadi. Joylarda ustozlarni o’qitish va pilot loyihasi natijalarini monitoring qilishishlari MTV huzuridagi Axborot va pedagogic texnologiyalar innovatsion markazi tomonidan olib boriladi.

Download 25.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling