O’zbekistonda to’liq va samarali bandlik muommosi Reja: Kirish


II.  Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi)


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana13.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1350012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’zbekistonda to’liq va samarali bandlik muommosi

II. 
Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) 
ishlovchilar. 
2
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 
th 
edition. America, New York: McGraw-Hill, 
2008. page 75.


Shamsiddinov N. 
III. 
Balog‘at yoshiga etmagan ishlovchi o‘smirlar (16 yoshgacha 
bo‘lganlar). 
Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nafaol aholi qatlamlaridan iborat 
bo‘ladi.
Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. YAlpi ishchi 
kuchining miqdor o‘lchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (iehnat 
resurslarining) umumiy sonidir. 
YAlpi ishchi kuchining sifat o‘lchami esa ularning bilimi, malakasi, mahorati, 
ko‘nikmasi va ish tajribasining o‘rtacha ko‘rsatgichlarida mujassamlashadi.
Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror xosil qilib turilishi kerak, 
bunga tor va keng ma’noda qarash mumkin. 
Ishchi kuchini tor ma’noda takror xosil qilish insonning jismoniy va aqliy 
qobiliyatlarini uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat 
malakasini, umumiy bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o‘stirib 
borish hamda ishchi avlodini tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladigan jarayondir. 
Keng ma’noda ishchi kuchini takror xosil qilish esa quyidagilarni anglatadi: 

aholining tabiiy harakati, tabiiy o‘sishning umumiy shart-sharoitlari 
yaratish; 

xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va bo‘shatish; 

mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar o‘rtasida taqsimlash 
hamda qayta taqsimlash; 

aholining ijtimoiy, ma’naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish; 

ishchi kuchini to‘liq va samarali bandligini ta’minlash.
Har bir milliy iqtisodiyotning asosiy maqsadlaridan biri to‘liq ish bilan bandlikni 
ta’minlash hisoblanadi. “To‘liq bandlik” va “samarali yoki oqilona bandlik”ni 
ham taqozo qiladi. 
Ish bilan to‘la bandlik mehnatga layoqatli bo‘lgan va ishlashni hohlagan barcha 
kishilarning ish bilan ta’minlanganini anglatadi. SHuningdek, ish bilan to‘la 
bandlik bir tomondan iqtisodiyotda ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud bo‘lishini 


Shamsiddinov N. 
inkor etmaydi, boshqa tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha kishilarning ishlab 
chiqarishga jalb etilish zarurligini anglatmaydi. 
Bandlik miqdor o‘lchamda qancha kishi va qancha vaqt ish bilan mashg‘ul 
bo‘lishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqt davomida qancha miqdorda 
tovar va hizmatlar yaratilishi, ular qanday narxda sotilishi, natijada qancha pul 
daromad olinishini bildiradi. To‘liq bandlik belgilangan ish kuni, xaftasi yoki ish 
oyi davomida har doim ish bilan mashg‘ul bo‘lishini bildiradi. Agar shu kuni 7 
soat, ish xaftasi 5 kun bo‘lsa, bir oyda 22 ish kuni, jami 154 soat (7x22=154) 
ishlaganda va shunga tegishli haq olganda to‘liq bandlik mavjud bo‘ladi. Agar 
kuniga 5 soat, xaftasiga 4 kun, bir oyda 80 soat ishlansa, to‘liq bo‘lmagan bandlik 
kelib chiqadi. 
Sifat jihatdan samarali yoki oqilona va samarasiz
bandlik mavjud bo‘ladi. Oqilona bandlik bu yuqori 
mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori 
daromad keltiradigan va ishlovchining mehnatdan 
qoniqishini ta’minlovchi bandlikdir. Samarasiz 
bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va 
ishlovchi 
o‘z 
mehnatidan 
qoniqmagandagi 
bandlikdir. Bunday bandlikda texnologiya yuqori 
bo‘lmaydi, malakasi va ish tajribasi kam 
kishilarning mehnati talab qilinadi. Oqilona bandlikka misol qilib kampyuter 
dasturchisining bandligini olish mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, 
uning mehnati maxsus iste’dod va tayyorgarlik talab qiladi va ish haqi ham 
boshqalarnikidan ancha yuqori bo‘ladi. Samarasiz bandlikka misol qilib qishloq 
xo‘jaligi ishchisi bandligini olish mumkin. Ish bilan samarali bandlik
xodimlarning o‘z mehnati natijalaridan to‘liq iqtisodiy manfaatdorligining 
ta’minlanishi zarurligini anglatadi. Bu o‘z navbatida mehnat resurslarining oqilona 
band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv turiga tayanishini taqazo qiladi. 
Bandlik mehnat qiluvchi uchun ahamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi 
bandlikka bo‘linadi. Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, ya’ni daromadning 
Bandlik darajasi ishlashga 
qobiliyati va ishtiyoqi 
bo‘lganlarning qanchasi 
amalda ishlab turishlarini 
bildiradi. 


Shamsiddinov N. 
asosiy qismini beruvchi faoliyat turi bilan band bo‘lishidir. Ikkilamchi bandlik 
qo‘shimcha ish bilan, ya’ni qo‘shimcha daromad beruvchi faoliyat bilan band 
bo‘lishidir. Ko‘pchilik ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil bo‘ladi, u keltirgan 
daromad ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi bandlikka harakat qiladi. 
Ikkilamchi bandlik o‘rindoshlik asosida ishlash shaklida ro‘y beradi. Mehnat 
bozordagi holatni faqat ish haqi miqdori emas, balki bandlik darajasi ham ifoda 
etadi. Bu daraja taklif etilgan mehnatning qanchasi sotilganini bildiradi. 
Bandlik darajasi ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi bo‘lganlarning qanchasi amalda 
ishlab turishlarini bildiradi.
Bandlik darajasi iqtisodiyotda band bo‘lganlarning mehnat resurslariga 
nisbatan hisoblanadi. Bunda mehnat qobilyati borlarning hammasi ishlashni 
xohlaydi deb taxmin qilinadi. Bandlik darajasi (Bd) ishlovchilarning (I) mehnat 
resurslaridagi (Mr) xissasi bo‘lib, foizda ifodalanadi. Bunda Bd=I/Mr•100%. Agar 
mehnat resurslari 120 ming, ishlovchilar esa 108 ming bo‘lsa 
Bd=(108/120•100%)=90% ga teng bo‘ladi. Bandlik darajasi mamlakatning 
iqtisodiy salohiyatiga va iqtisodiyotining ishlab chiqarish imkoniyatiga bog‘liq 
bo‘ladi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish yuz 


Shamsiddinov N. 
berayotgan sharoitda bandlik yuqori bo‘lib, ya’ni taklif etilgan ish kuchining katta 
qismiga talab bildiriladi. Mazkur mamlakatlar uchun mehnatga layoqatli aholining 
94%ining band bo‘lishi bandlikning tabiiy darajasi deb qabul qilingan.
Keyns nazariyasiga ko‘ra bandlik darajasi samarali talabning funksiyasidir.
Boshqacha aytganda bandlik yalpi talab miqdoriga bog‘liq. Iste’mol va 
investitsion tovarlarga talabning o‘sishi jamiyatning samarali talabini ko‘paytiradi 
va shu asosda bandlik tartibga solinadi. Keyns davlat tomondan ijtimoiy 
ahamiyatga molik ishlarni (yo‘l qurish, ko‘priklar va boshqa infrastrukturani) 
tashkil etish orqali faol aholini ish bilan band qilish masalasini ilgari suradi.
Bandlikni ta’minlashda sotsial-demografik jarayonlarning ahamiyati ham muhim 
hisoblanadi. Jumladan, respublikamizda mehnat resurslari nisbatan ko‘p, aholining 
tabiy o‘sishi yuqori. Lekin, ular hududlar, tarmoqlar va faoliyat turlari bo‘yicha 
notekis taqsimlangan. 
YAratilayotgan ish joylari soni mehnatga layoqatli aholining o‘sish 
sur’atlaridan birmuncha farq qiladi. Xo‘jalik aloqalarining murakkablashuvi, ishlab 
chiqarish tarmoqlarida o‘sish sur’atlarining notekisligi, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy 
o‘zgarishlar bandlik sohasidagi muammolarni biroz keskinlashtirdi. 
Ko‘pincha aholining bilim va malaka darajasi bozor munosabatlarining yuqori 
talablariga to‘liq javob beravermaydi. Ayniqsa, yoshlarning ishga layoqatli 
qismida ish bilan ta’minlanmaganlar mavjud bo‘lib qoladi. 
Bu muammolarning aqilona echimi – kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish hisobidan 
yangi ish joylari sonini keskin ko‘paytirish hisoblanadi. Bu yo‘l katta investitsalar 
va vaqtni talab qilmaydi.
Respublikada yaqin istiqbolda ish o‘rinlarini tashkil qilishda quyidagi masalalarni 
hal qilish muhim o‘rin tutadi: 

tarmoq dasturlarini amalga oshirish; 

korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash; 

ishlab chiqarishni mahalliylashtirish; 


Shamsiddinov N. 

qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish; 

transport va kommunikatsiya tizimini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini 
jadal rivojlantirish; 

aholi yashash joylarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish. 
Moliyaviy mablag‘lar taqchilligi sharoitida yangi ish joylarini yaratish uchun zarur 
resurslarni jalb qilish quyidagi yo‘nalishda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: 

xususiy kapitalni, aholining shaxsiy jamg‘armalarini jalb qilish
fuqorolarning shaxsiy va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini xar tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, ularga qonun doirasida ko‘proq erkinliklar berish;

chet el kapitalini jalb qilish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun 
sharoit yaratib (huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) borish; 

faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning yangi ish joylarini yaratishga 
qaratilgan mablag‘lari jamg‘arilgan qismini ko‘paytirishni xar tomonlama qo‘llab-
quvvatlash ; 

sermehnat soxalarni kengaytirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish 
uchun uzoq muddatli kredit mablag‘larini ko‘paytirish; 

shaxsiy mablag‘lar hisobiga yoshlarning oliy va o‘rta mahsus ta’lim 
olish imkoniyatlarini kengaytirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv 
maskanlari tarmog‘ini kengaytirish. 
Aholi bandligini ta’minlash orqali mehnatning qo‘llanish doirasi kengayadi, tovar 
ishlab chivarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ko‘payadi, kishilarning turmush 
darajasi ko‘tariladi, jamiyatdagi ijtimoiy tanglik yumshatiladi.   

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling