O’zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari. Reja: I. Kirish. II. Asosiu qism
Download 32.71 Kb.
|
5.xizmatlar ref essey-
II.Asosiu qism.
1. O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalari Jahon tadqiqotlarida turizm sohasida alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, hozirgi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy tadqiqotlarida turizm sohasini ularning iqtisodiyotiga, ijtimoiy sohasiga, ekologiya va boshqa sohalarga ta'siri o‘rganish bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar olib bormoqdalar. Ushbu tadqiqotlarning asosiy mazmunida ijtimoiy kapitalning turizm yo‘nalishida olib borilayotgan siyosatga mos tushadimi. Ushbu jumboqni ochib berishda bir nechta olimlar AQSh 3 ta shtati, Avstraliya va Okeaniya mamlakatlarida 74 qiziqish bildirgan tomonlar bilan tadqiqot o‘tkazilgan. Ushbu tadqiqot natijasiga ko‘ra ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib ijtimoiy kapitalning o‘sishi turizm sohasini rivojlanishiga bilvosita ta'sir o‘tkazishi asoslangan. Ayrim olimlar tadqiqotlarida Mal'div orollarida dayving-turizmni rivojlantirish muhimligini asoslab beradilar. Ularning fikricha akulalarni ko‘paytirish dayv-turizmga 58 mln. AQSh dollari foyda olib kelishini tadqiq etishgan. Turizm sohasini rivojlantirishda turli texnologiyalarni joriy etish turistlarga qulayliklar yaratish imkonini berishi keltirib o‘tilgan. Xitoylik olimlar tomonidan Xitoyda turizmning rivojlanishida mehmonxonalarni qurish, ularda xizmat ko‘rsatish va qabul qilishda turli usullarni qo‘llashda yangi innovasion g‘oyalardan foydalanish asoslari tahlil qilib berilgan. Kujel Yu. o‘zining darsligida turizm sohasini mamlakat ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishdagi rolini ochib bergan. Bunda mamlakatning eng tez rivojlanadigan sohasi sifatida turizmga alohida e'tibor qaratish zarurligini keltirib o‘tadi. Rossiyalik olimlar N.Morozova va M.Morozovning fikriga ko‘ra zamonaviy turizm industriyasi yangi komp'yuter texnologiyalarini joriy etilishi bilan ulkan o‘zgarishlarga ega bo‘ldi. Har qanday tashkilotni turistik biznes bozorida zamonaviy axborotlar texnologiyasidan foydalanilmasdan muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi amaliyotda mumkin emas. A.Abduvohidovning fikriga ko‘ra, mamlakatimizda turizm salohiyatini dunyoga namoyon qilishda, xalqaro turistik oqimlarni barqarorlashtirish, uni mavsumiylik hususiyatlaridan xoli qilish maqsadida internet tarmog‘i orqali turistik salohiyatimizni ko‘rsatib beruvchi veb sahifalarni xalqaro tajribalar asosida o‘zgartirib borish lozim. Ko‘rib o‘tilgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, turizm sohasini rivojlantirish mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy faoliyatini rivojlanishiga bevosita ta'siri yuqori ekanligi asoslab berilgan. Hozirgi kunda mamlakat turizm salohiyatini rivojlangan davlatlar foydalanayotgan innovasion g‘oyalar asosida hamda bizda mavjud bo‘lgan turistik salohiyatdan foydalanish orqali dunyoga namoyon qilish zarur hisoblanadi. Keyingi yillarda respublikamizda turizm sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarni ijobiy baholash mumkin. Jumladan, sayyoh sifatida tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga o‘sish tendensiyasini saqlab qolmoqda. Ma'lumot uchun, 2017 yilda O‘zbekistonga qariyb 2 million 700 ming, 2018 yilda 5 million 300 mingdan ortiq turist kelgan. Ammo bu ko‘rsatkich yetarli emas, 2025 yilga borib O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga oshirish belgilangan. Jahon davlatlarida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha bir necha yillardan beri Fransiya davlati yetakchilik qilmoqda 2018 yil 1 yanvar' holatiga ko‘ra ushbu mamlakatga 86,9 mln. dan ortiq sayyohlar tashrif buyurgan. Rivojlangan davlatlarda turizm sohasiga alohida e'tibor qaratish orqali yildan-yilga tashrif buyuruvchilar soni ortib borgan. Shuning bilan birga MDH davlatlarida ham keyingi yillarda o‘sish tendensiyasi saqlanib qolgan. Ayniqsa Gruziya davlatining turizm sohasidagi olib borayotgan islohoti keyingi yillarda sayyohlar sonini oshishiga olib kelgan. Gurziya davlati asosiy e'tiborini tog‘ turizmiga e'tibori ushbu ko‘rsatkichning oshishiga ya'ni ekoturizm sohasini rivojlantirish orqali erishgan. Gruziya davlatining YaIM turizmning ulushi 2018 yil 1 yanvar' holatiga ko‘ra 31% ni tashkil etgan bo‘lib, 173 davlat ichida 16 o‘rinni egallagan. Quyidagi jadvalda turli davlatlarda turizmning YaIM dagi ulushi keltirilgan. Respublikamiz YaIM turizm ulushi 2018 yil 1 yanvar' holatiga ko‘ra 2,7 foizni tashkil etgan xolos. Bundan tashqari davlatning turizm sohasidagi xarajatlari to‘g‘risida tahlil qiladigan bo‘lsak 173 davlat orasida respublikamiz 2018 yil 1 yanvar' holatiga ko‘ra 1,0 % ni tashkil etgan holda 145 o‘rinni egallagan. MDH davlatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu ko‘rsatkich Qozog‘istonda-4,2%, Armaniston-3,8%, Gruziya-3,4%, Ozarbayjon-2,9%, Tojikiston-2,9%, Rossiya-2,7%, Qirg‘iziston-1,8% ni tashkil etgan. Bundan tashqari davlatning turizm sohasidagi xarajatlari to‘g‘risida tahlil qiladigan bo‘lsak 173 davlat orasida respublikamiz 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 1,0 % ni tashkil etgan holda 145 o‘rinni egallagan. MDH davlatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu ko‘rsatkich Qozog‘istonda-4,2%, Armaniston-3,8%, Gruziya-3,4%, Ozarbayjon-2,9%, Tojikiston-2,9%, Rossiya-2,7%, Qirg‘iziston-1,8% ni tashkil etgan. Download 32.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling