O’zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari. Reja: I. Kirish. II. Asosiu qism


O’zbekistonda turizmni rivojlantirish (Xorijy tajriba asosida)


Download 32.71 Kb.
bet3/5
Sana27.03.2023
Hajmi32.71 Kb.
#1298712
1   2   3   4   5
Bog'liq
5.xizmatlar ref essey-

2. O’zbekistonda turizmni rivojlantirish (Xorijy tajriba asosida)
Turizmni rivojlantirish omillariga chiptalarining narxi arzon bo‘lgan
aviakompaniyalar - loukosterlar (lowcosters) ham ta'sir ko‘rsatadi. Pol'shada
turizm rivojlanishiga aviakompaniyalarning ta'sir etuvchi jihatlari o‘rganilganda,
tadqiqot natijasiga ko‘ra, loukosterlar unchalik mashhur bo‘lmagan joylarda
turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shgan hamda kichik shaharlarda ushbu sohaning
taraqqiy etishiga xizmat ko‘rsatgan. Mazkur tadqiqotda boshqa omillar ham
o‘rganilgan. Masalan, qishqi turizmga nisbatan talabning yuqori darajasi hamda
yangi yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatuvchi loukosterlarning yangi marshrutlari
paydo bo‘lgani sababli 2005 yilda Norvegiyaga keluvchi sayyohlar soni keskin
oshgan. 2005 yilda turizm manzillari o‘rtasida ulkan muvaffaqiyat qozongan
shaharlar sifatida Valensiya, Barselona (Ispaniya) hamda Dubrovnikni (Xorvatiya)
misol qilib keltirish mumkin. Sayyohlar sonining jadal oshishiga chipta narxlari
past aviakompaniyalar sonining jadal ortishi sabab bo‘ldi, natijada Buyuk
Britaniyadan keluvchilar soni ikki barobar o‘sdi.
Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyat
va sharoitlardan samarali foydalanishda qiyinchiliklar bo‘lib, xalqaro turizm
yo‘nalishida respublikaga tashrif buyuruvchilarning talab ehtiyojlarini qondirish
talab darajasida emas. Buning asosiy to‘siqlaridan biri, hali bu sohada
infrastrukturaning yetarli darajada rivojlanmaganligi va turizmni davlat tomonidan
boshqarishning eng samarali usullarini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar chuqur o‘rganilmaganligidir. Mazkur tadqiqot doirasida,
Respublikamizda turizm sohasini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini tahlil qilish natijasida quyidagi nomuvofiqlik va muammolar mavjudligiga guvoh bo‘ldik:
1. Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarda xizmat ko‘rsatuvchi
gidlar faoliyati, ularga qo‘yiladigan talablar, ularni sertifikatlashtirish hamda
malakasini oshirish masalalari bo‘yicha maxsus tartiblar ishlab chiqilgan. Ammo
mustaqil tarzda gidlik faoliyati bilan shug‘ullanish, ularga qo‘yiladigan talablar,
ularning huquqiy maqomi va ularning malakasini oshirish bo‘yicha sohaga oid
birorta yuridik hujjatda to‘xtalib o‘tilmagan.
2. Turistlarga mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, tarixiy shaxslar, davlatning
hududiy va ma'muriy tuzilishi, shuningdek, urf-odatlar va an'analar to‘g‘risida
ma'lumot beruvchi gid-tarjimonlar o‘zlari berayotgan ma'lumotlarning to‘g‘riligi
va asoslanganligi uchun shaxsan javobgarligi masalasi hamda ularga beriladigan
jazo turi qonun va qonun osti hujjatlarida aniq belgilab qo‘yilmagan va hokazo.
Yuqorida keltirib o‘tilgan kamchilik va nomuvofiqliklarni bartaraf etish bevosita sohaning yanada rivojlanishi va mazkur faoliyatning huquqiy asoslarini
yanada mustahkamlanishiga yordam beradi. Tadqiqot doirasida Avstriya Respublikasining turizm tizimi va sohani davlat tomonidan huquqiy tartibga solish
masalalari tahlil qilindi hamda o‘rganish natijalari asosida O‘zbekiston
Respublikasida turizm sohasini tartibga solish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab
chiqildi.
Avstriya Federativ Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan davlat
bo‘lib, 9 ta federal hududlardan tashkil topgan. Mamlakat turizm sohasida
dunyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanib, mamlakat YaIM ning 35 %
turizm sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning turistik markazlari Vena va
Zalsburg shaharlari hisoblanadi.
Avstriya Federal Respublikasida turizm sohasini huquqiy jihatdan tartibga
solish bo‘yicha maxsus federal qonun qabul qilinmagan. Lekin har bir federal
hudud bo‘yicha maxsus qonunlar va qonun osti hujjatlari qabul qilingan.
Mamlakatdagi turizm sohasini rivojlantirish va tartibga solish masalalari soliq
qonunchiligi, bojxona qonunchiligi, xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlar
qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
Avstriyada turizm sohasini davlat tomonidan huquqiy tartibga solish
borasidagi eng asosiy hujjat “Evropa turizmini raqobatbardosh va barqaror tarzda
rivojlantirish bo‘yicha” Yevropa ittifoqi Dasturi hisoblanadi. Avstriya Yevropa
Ittofoqiga a'zo davlat sifatida bu Dasturning bajarilishini ta'minlaydi.
Mamlakatda turizm sohasi Avstriya milliy turizm tashkiloti (Austrian
National Tourist Office, Österreich Werbung) hamda Avstriya Iqtisodiyot, oila va
yoshlar vazirligi (Ministry of Economy, Family and Youth) tomonidan
rivojlantiriladi va tartibga solinadi. Bunda Avstriya milliy turizm tashkiloti
mamlakatda turizm marketingi sohasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi va
mazkur soha bo‘yicha eng asosiy tashkilot hisoblanadi. Avstriya Iqtisodiyot, oila
va yoshlar vazirligi esa turizm sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash,
tartibga solish, nazorat qilish, moliyalashtirish va boshqa vazifalarni bajaradi.
Avstriyada turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur qabul qilingan
bo‘lib, u davlat tomonidan turizmni qo‘llab quvvatlashning huquqiy va iqtisodiy
mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Dasturdagi asosiy vazifalar:
Soliq imtiyozlari, subsidiya va dotasiyalar;
Turizm sohasini rivojlantirish va turistik xizmatlar iste'molchilarining
huquqlarini himoya qilishni qo‘llab quvvatlovchi milliy qonunchilik va normativ
hujjatlarni takomillashtirish;
Mamlakatga kirish va undan chiqish paytida viza cheklovlarini
kamaytirish;
Narxlarni qisqartirish va boshqa turli imtiyozlar berish yo‘li bilan
nomavsumiy turizmni rag‘batlantirish;
Ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
Turistlar havfsizligiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytirish va va bu
sohadagi huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish;
Davlat tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish, madaniy va tarixiy
merosni asrab-avaylash bo‘yicha qonunchilikni mustahkamlash. Shu o‘rinda
ta'kidlash joizki, mamlakatimizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan
davlat dasturlari birmuncha keng va atroflicha, ammo Avstriya davlat dasturida
ko‘proq samaradorlik va innovasiyaga e'tibor qaratilgan. Yuqorida keltirilgan,
O‘zbekistonda turizm sohasini davlat tomonidan huquqiy tartibga solish borasidagi
muammo va nomuvofiqliklar bo‘yicha Avstriya tajribasini o‘rganish natijalarini
keltirib o‘tamiz:
1. Avstriyada turizm sohasini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi va
rivojlantiruvchi tashkilotlar huquqiy maqomi bo‘yicha nomuvofiqliklar mavjud
emas, ya'ni Avstriya Iqtisodiyot, Oila va Yoshlar vazirligi sohani davlat tomonidan
tartibga soluvchi, nazorat qiluvchi va qo‘llab quvvatlovchi davlat organi
hisoblanadi. Avstriya Milliy Turizm Tashkiloti esa mamlakatda turizm sohasini
rivojlantirishni uslubiy jihatdan ta'minlovchi tashkilot hisoblanadi. U nazorat va
lisenziyalash vakolatlariga ega emas hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilot
hisoblanadi.
2. Tahlil jarayonida shuning guvohi bo‘ldikki, Avstriya Respublikasiga
xorijiy sayyohlarning kelish tartibi, Avstriyalik sayyohlarning chet davlatlarga
chiqish tartibi va mamlakat ichkarisida shaharlararo harakatlanuvchi turistlarning
harakatlanish tartibi to‘g‘risida alohida aktlar qabul qilingan.
3. Turizm sohasi xodimlarini (gidlarni) sertifikatlashtirish hamda ularning
malakasini oshirish masalalari bilan bog‘liq talablar Avstriya milliy turizm
tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va Avstriya Iqtisodiyot, oila va yoshlar
vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanib, amalga oshirilishi ta'minlanadi. Mustaqil
gidlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha masalalar alohida federal hududlar
qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Masalan, Yuqori Avstriya federal parlamenti tomonidan 1992 yilda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida” gi qonunda mustaqil gidlik faoliyati bilan shug‘ullanish va gidlar tayyorlash markazlarini tashkil etish masalasi keltirib o‘tilgan.
4. Turistlarga mamlakatdagi tarixiy obidalar, tarixiy shaxslar, davlatning
hududiy va ma'muriy tuzilishi to‘g‘risida ma'lumot beruvchi gid-tarjimonlar o‘zlari
berayotgan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun shaxsan
javobgarligi masalasi hamda ularga beriladigan jazo turi Avstriya qonunchiligida
ham o‘z aksini topmag


Download 32.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling